Ызбеkистоh республиkаси олий ва ырта



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/11
tarix11.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#105062
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AT va TXK kurs loyiha 2012


O'ZBEKISTOH RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS

TA'LIM VAZIRLIGI




QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI



MUHANDIS-TEXNIKA FAKULTETI


«EUTT XK va UF» KAFEDRASI


5521200 "Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash" yo'nalloyihasi bo'yicha "Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish" fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yicha


USLUBIY KO'RSATMA



Qarshi - 2011
Uslubiy ko'rsatmada 5521200-"Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash" yo'nalishi bo'yicha " Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish " fanidan kurs loyihasini bajarish tartibi keltirilgan. EUTT XK va UF kafedrasining 20 yil " " _______dagi № sonli, MT fakultetining 20 yil " " _______dagi № sonli majlis qarorlari bilan tasdiqlangan.

Tuzuvchi: ass. Karimov A.A.


Taqrizchilar: EUTT XK va UF kafedrasi dotsenti Begimqulov F.E


QXM kafedrasi dotsenti Razzoqov T.

K I R I SH


Mustaqil O’zbekistonimiz mustaqillikka erishgandan so’ng , o’zining iqtisodiy islohotlarini hamma soha bo’yicha jadal rivojlantirib kelmoqda. Jumladan avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlashga oid nizomlar, qonunlar va qarorlarlaning chiqarilishining o’zi bu sohaga e’tibor qanchalik katta ekanligidan dalolat beradi.Shuningdek 1996 yilda "Avtotransportlarga texnik xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash” to’g’risidagi nizom ishlab chiqildi.1999 yilda esa davr talablari asosida qayta to’ldirilib nashrga chiqarildi.Hozirgi kunda O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan avtotransport tarmog’i korxonalarida mazkur nizom asosida ishlar tashkil qilinadi.
Uslubiy ko'rsatma 5521200-"Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash" yo'nashi bo'yicha o’qiyotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib,asosan ustahonalarning faoliyatini modernizasiyalash mavzularida loyihalash ishlari bajarilishi ko’zda tutilgan.Ya’ni har bir talaba o’ziga berilgan boshlang’ich ma’lumotlariga asosan,mavjud ustahona bo’yicha qilinadigan ishlarni o’rganib,ushbu ustaxonadagi tehnologik jihozlarning zamonaviy ravishda qayta jihozlash va ushbu zamonaviy jihozlangan ustaxonani loyihasini qilishlari lozim.
1. KURS LOYIHASINING MAZMUNI VA HAJMI.
Kurs loyihasini bajarishda asosiy xujjat topshiriq varaqasi hisoblanadi va unda qo’yidagilar aks ettirilgan bo'ladi:
- kurs loyihasining mavzusi;
- Kurs loyihasi uchun asosiy ko'rsatkichlar(Boshlang’ch ma’lumotlar);
- xal qilinadigan vazifalar ;
- Chizma qismining hajmi va mazmuni;
Kurs loyihasi hisoblash-tushuntirish va chizma qismdan tashkil topadi.

1.1.Hisoblash - tushuntirish qismi


Bu qismda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish(TXK) va ularni joriy ta'mirlash (JT) dasturini hisoblash, qabul qilingan ish sharoitlarini aks ettirish va izohlash, ish turlariga asosan ishchilar sonini aniqlash, texnologik jihozlar tanlash, ishlab-chiqarish binosidagi mintaqa, ustaxona va omborlar maydonlari yuzalarini hisoblash, ularni rejalashtirish hamda texnik xizmat va joriy ta'mir jarayonining texnologik xaritasini tuzish ishlari bajariladi. Qism 30-35 betdan iborat bo'ladi.

1.2. Loyihaning chizma qismi


Loyihaning chizma qismi 2-3 varaqdan (A1 va A2 formatli) iborat bo'ladi:
1. Korxonadagi ishlab-chiqarish ustahonasining rejasi(mavjud va takomillashgani) - 1-2 varaq
3.Texnologik hisoblashlarning natijalari jadvali -1-2 varaq

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə