Ызбекистон республикаси олий ва ырта


-rasm. Xo„jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o„rni va roli



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

2.2-rasm. Xo„jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o„rni va roli 
Norma va normativlar o‗lchash va limitlash funksiyalaridan (xarajatlarning 
yuqori yoki quyi chegarasi, qo‗llash, iste‘mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish 
va rag‗batlantirish funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish 
va tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki 
mas‘uliyat chegaralarini belgilash va uni faoliyat natijalar bo‗yicha o‗zgartirish, 
erishilgan natijalarni ob‘ektiv baholash uchun asos hisoblanadi. 
Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo‗yicha ishlab 
chiqiladi: 

mehnat sarfi normasi; 

moddiy xarajatlar normasi; 

vaqt normasi (asosiy, qo‗shimcha va hokazo); 

mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
normasi; 
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari; 

atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari; 

kapital qo‗yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi; 

loyihadagi quvvatlarni o‗zlashtirish normasi; 

aylanma vositalar (mablag‗lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va 
hokazolar. 
Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-
iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o‗tishi yoki sharoitlarning o‗zgarishi 
bilan, shuningdek, fan-texnika taraqiyoti ta‘siri ostida mavjud norma va normativlar 
qayta ko‗rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko‗rib chiqishda ilg‗or ishlab chiqarish 
tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi lozim. 
Norma va normativlar qo‗llanish miqyosi va normalashtirish ob‘ektlariga ko‗ra 
farqlanadi. Normativ asoslari 
qo„llanish miqyosiga ko„ra 
quyidagilarga 
taqsimlanadi: 
1.
davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar; 


27 
2.
umumkorxona normativlari, ya‘ni korxonaning o‗zida ishlab chiqilgan va 
qo‗llanuvchi normativlar; 
3.
sex normativlari; 
4.
predmetli, detalli va operatsion normativlar. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə