Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

 
 
11.4. Korxonaning pul oqimlari, bashorat balansi va zarar ko„rmasligini 
rejalashtirish 
 
Pul mablag‗larining harakatlanish rejasi naqd pulning shakllanishi va chetga 
chiqishi, shuningdek, korxonada qolgan pul mablag‗lari dinamikasini tavsiflaydi. U 
moliyaviy menedjerga kelgusidagi pul oqimlarini baholash, qolgan pul mablag‗larini 
optimal darajada ushlab turish hamda pulning ortiqchaligi va taqchilligining oldini 
olishga imkon beradi. 
Pul oqimlari rejasi odatda to‗rtta asosiy bo‗limdan iborat bo‗ladi: 
- pul tushumlari bo‗limi, davr boshidagi pul mablag‗lari qoldig‗i, mijozlardan 
kelib tushuvchi pul tushumi va boshqa pul tushumi moddalaridan iborat; 
- pul mablag‗lari xarajatlari bo‗limi; 
- pul mablag‗larining ortiqchaligi yoki taqchilligi bo‗limi (pul mablag‗larining 
kelib tushishi va sarflanishi o‗rtasidagi farq); 
- qarz mablag‗lari va ularni to‗lash batafsil bayon qilinuvchi bo‗lim. 
Pul oqimi rejasidagi yakuniy raqam korxona foydasini emas, balki uning pul 
mablag‗lari aylanmasi saldosini aks ettiradi. Daromad va xarajatlar rejasidan farqli 
ravishda, pul oqimlari rejasi barcha manbalardan amalda kelib tushuvchi pul 
mablag‗larini, xususan, mahsulot (ish, xizmat) sotishdan kelib tushuvchi tushumlar, 
aksiyalar va korxonaning boshqa aktivlarini sotishdan kelib tushuvchi tushumlarni 
aks ettiradi. Xarajatlarga keladigan bo‗lsak, pul oqimlari rejasiga amalda to‗lanuvchi 
barcha xarajatlar kiritiladi. 
Moliyaviy rejaning keyingi asosiy hujjati bu bashorat balansi bo‗lib, uning 
asosiy vazifasi rejalashtirish oraliqlari bo‗yicha korxona mulkining (aktivlar) 
o‗zgarishi va uning shakllanish manbalari (passivlar) dinamikasini aks ettirish 


129 
hisoblanadi. Bashorat balansi yiriklashtirilgan shakldagi buxgalteriya balansining 
an‘anaviy shaklida hisoblab chiqiladi.
Bashorat balansi korxona uchun ko‗ngilsiz natijalar keltirib chiqaruvchi 
qarorlarni aniqlash, moliyaviy koeffitsientlarni hisoblash va moliya bozori talablari 
nuqtai nazaridan ularning darajasini baholash, kelajakdagi moliyaviy manba va 
majburiyatlar tuzilmasini ajratib ko‗rsatishga imkon beradi. 
Moliyaviy rejaning, shuningdek, har qanday tadbirkorlik loyihasining 
yakunlovchi bosqichi zararsizlik nuqtasini tahlil qilish, ya‘ni mahsulotni sotishdan 
olinuvchi daromad uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‗luvchi mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini aniqlash hisoblanadi. 
Zarasizlik nuqtasi korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning 
ma‘lum bir darajasi sifatida ifodalanishi mumkin:

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə