Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Rejalashtirish va bashorat qilishning normativ asoslari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

2.3. Rejalashtirish va bashorat qilishning normativ asoslari 
 
Erkin iqtisodiy faoliyat va tijorat rivojlanib borayotgan, biz avvalgi zavod va 
fabrikalarga qaraganda ko‗proq zamonaviy biznes va tadbirkorlik haqida 
gapirayotgan bir sharoitlarda matematika tili bilan aytganda norma va normativlar 
(normativ asoslar) «bozor» tushunchasi bilan bog‗lanishi qiyin bo‗ladi. Bugungi 
kunda ularning roli va maqomi biroz susaygan, chunki ular tadbirkorlar fikriga ko‗ra 
bozorga qaraganda ko‗proq rejali iqtisodiyot tomon yaqinroq turganday bo‗ladi. 
Aslida esa bunday emas, albatta. Norma va normativlar doimo rejalashtirish va 
xo‗jalik boshqaruvining muhim elementi bo‗lib kelgan. Har bir biznesmen va 
tadbirkor, aytaylik, do‗kon, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi sex 
qurmoqchi bo‗lsa, albatta qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni hisob-
kitob qiladi. YA‘ni u rejalashtirish bilan, to‗g‗rirog‗i xarajatlar va resurslar talabini 
ularning har bir turi bo‗yicha normalashtirish bilan shug‗ullanadi. Biznesmen ham, 
davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal bo‗lgan holda ko‗proq foyda va 
daromad olishga intilishi tabiiy. 
Xo‗jalik amaliyotida 
normalashtirish 
bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo‗lgan ishlab chiqarish va boshqa 
resurslar zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab 
chiqish va belgilash usulidir. Normalashtirish elementlari sifatida norma va 
normativlarni ko‗rsatib o‗tish mumkin. 
Norma
bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish 
uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruksiyasini 
kavsharlash uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) 
birligini tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg‗i, energiya va hokazolarning 
mutlaq (absolyut) sarflash mumkin bo‗lgan maksimal kattaligidir. 
SHu tariqa natural, qiymat va mehnat o‗lchamlari bilan belgilangan norma 
yordamida mahsulot, bizning holatda palto ishlab chiqarish bilan bog‗liq barcha 
xarajatlar tartibga solib boriladi. Agar mahsulot birligiga to‗g‗ri keluvchi xarajatlarni 
jami chiqarilgan mahsulotlar soniga ko‗paytirsak, korxonaning mazkur turdagi 
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‗liq umumiy xarajatlarini aniqlashimiz mumkin 
bo‗ladi. 
Normativ
bu nisbiy ko‗rsatkich bo‗lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki 
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o‗lchamini, mahsulot 
tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi. 
Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi 


26 
Кўрсаткичлар 
Норма ва норма-
тивлар шакли 
(модели) 
Режалаштириш 
Назорат 
Норма ва норма-
тивлар 
Хўжалик 
бошқаруви 
механизми 
(masalan, asbob-uskunalarni yuklash koeffitsienti, avtomobil shinasi bosib o‗tgan 
yo‗l koeffitsienti, sutning yog‗lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur 
xom-ashyo va materiallar, aylanma mablag‗lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar 
sonini aniqlashda ham qo‗llanadi. 
Xo‗jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o‗rni va roli quyidagicha aks 
ettirilishi mumkin (2.2-rasm): 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə