2.2-rasm. Xo„jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o„rni va roli Norma va normativlar o‗lchash va limitlash funksiyalaridan (xarajatlarning
yuqori yoki quyi chegarasi, qo‗llash, iste‘mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish
va rag‗batlantirish funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish
va tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki
mas‘uliyat chegaralarini belgilash va uni faoliyat natijalar bo‗yicha o‗zgartirish,
erishilgan natijalarni ob‘ektiv baholash uchun asos hisoblanadi.
Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo‗yicha ishlab
chiqiladi:
mehnat sarfi normasi;
moddiy xarajatlar normasi;
vaqt normasi (asosiy, qo‗shimcha va hokazo);
mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
normasi;
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;
atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;
kapital qo‗yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi;
loyihadagi quvvatlarni o‗zlashtirish normasi;
aylanma vositalar (mablag‗lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va
hokazolar.
Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-
iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o‗tishi yoki sharoitlarning o‗zgarishi
bilan, shuningdek, fan-texnika taraqiyoti ta‘siri ostida mavjud norma va normativlar
qayta ko‗rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko‗rib chiqishda ilg‗or ishlab chiqarish
tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi lozim.
Norma va normativlar qo‗llanish miqyosi va normalashtirish ob‘ektlariga ko‗ra
farqlanadi. Normativ asoslari
qo„llanish miqyosiga ko„ra quyidagilarga
taqsimlanadi:
1.
davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;
27
2.
umumkorxona normativlari, ya‘ni korxonaning o‗zida ishlab chiqilgan va
qo‗llanuvchi normativlar;
3.
sex normativlari;
4.
predmetli, detalli va operatsion normativlar.