39
yo‗nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati,
shuningdek, gap o‗z ishini endi
boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan korxona haqida borayotganligiga
bog‗liq bo‗ladi. Agar gap barcha tashvishlar o‗z ishini boshlash va buning uchun
zarur bo‗lgan boshlang‗ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish
bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning
mazmuni va uni
tayyorlash bosqichlari ma‘lum bir (umumiy) ko‗rinishga ega bo‗lishi, yangiliklar
kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo‗lsa boshqa
ko‗rinishga ega bo‗ladi. SHunday bo‗lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan
biznes konsepsiyasi ochib beriluvchi,
taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki
xizmatlarnig o‗ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim
bo‗lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo‗limlar mavjud
bo‗ladi.
Xo‗jalik amaliyotining
dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan
biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: