52
mehnat, moliyaviy va texnik-texnologik resurslarsiz mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonining imkoni yo‗qligi ham isbot talab qilmaydigan qoidadir.
SHu sababli
yangi yoki joriy ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida doimo resurslar bilan
ta‘minlaganlik masalasi yuzaga chiqadi. To‗g‗ri, bu vazifani hal qilish metodikasi
ko‗p jihatdan resurslar turi, ishlab chiqarish miqyosi va xarakteriga bog‗liq bo‗ladi.
Aytish kerakki, o‗tmishda, iqtisodiyotda davlat mulki asosiy o‗rinni
egallagan, korxonalarni zarur moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash
davlatning vazifasi bo‗lgan paytlarda bu masalalar korxonalarning «boshini
og‗ritmas» edi. Korxona davlatga qarashli bo‗lganligi sababli davlatning o‗zi uning
iqtisodiy barqarorligi,
jumladan, uning resurslar bilan ta‘minlanganligi uchun
javobgar bo‗lgan.
Bugungi kunda iqtisodiyotda vaziyat umuman o‗zgacha. Iqtisodiyotning
asosini mulkchilikning turli shakllari tashkil etadi. Davlat iqtisodiy faoliyat va
tadbirkorlik erkinligini, qonunda ko‗rsatilgan
hollardan tashqari, korxonalarning
ishlab chiqarish-xo‗jalik faoliyatiga aralashmaslikni kafolatlaydi, mulkchilikning
barcha shakllarining tengligi va huquqiy himoya qilinishini ta‘minlaydi. Korxona
o‗ziga tegishli bo‗lgan mulkni o‗z hohishiga ko‗ra boshqaradi. SHu bilan bir paytda u
ishlab chiqarishni zarur resurslar bilan ta‘minlash
masalalarini mavjud qonun-
qoidalarni buzmasdan, aylanma vositalarni tovar-moddiy boyliklarda band qilib
qo‗ymasdan hal qilishi lozim bo‗ladi.
SHuni qayd etib o‗tish joizki, biznes-reja tuzish bo‗yicha, ayniqsa, xorijiy
tavsiyalarda ishlab chiqarish rejasi, menejment, moliyaviy va boshqa masalalarni hal
qilishda bo‗lgani kabi, resurslar ta‘minotiga bag‗ishlangan maxsus bo‗lim yo‗q.
Xorijda va mamlakatimizda to‗plangan tajribalarning ko‗rsatishicha, har
qanday ish, har qanday ishlab chiqarish moddiy, material
va boshqa resurslar etarli
bo‗lgan hollardagina rivojlanishi va kutilayotgan natijalarni berishi mumkin.
SHuning uchun ham resurslar, ayniqsa, moddiy resurslar butun yil davomida
ishlab
chiqarish sur‘atining bir maromda bo‗lishini ta‘minlash uchun sifat va miqdor
jihatidan etarli bo‗lishi kerak. Bunda zahiralarning normativdan oshib ketishiga ham
yo‗l qo‗ymaslik kerak, chunki bu korxonaning pul resurslarini «ushlab» turadi va
ularning xo‗jalik aylanmasida ishtirok etishiga yo‗l qo‗ymaydi.
Biznesning (tadbirkorlikning) resurslar bilan to‗liq ta‘minlanganligi ishlab
chiqarishning barcha bosqichlarida chiqarilayotgan mahsulot sifatiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatmagan va belgilangan texnologik jarayonlarni buzmagan holda moddiy
resurslarni tejash bilan bog‗liq bo‗lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning
resurslar ta‘minoti sohasidagi siyosati resurslarni tejash siyosati bilan uyg‗unlikda
olib borilishi lozim bo‗lib, bu bugungi bozor munosabatlari talablardan tashqari
ayrim resurs turlarining taqchilligi bilan ham asoslanadi.
Moddiy resurslarni tejashning asosiy yo‗nalishlari sifatida amaliyotda
quyidagilardan foydalanish mumkin:
yo‗qotish va chiqitlarni kamaytirish;
brakni yo‗qotish;
xom-ashyo va materillar sarflashning progressiv usullarini ishlab chiqish;
yangi texnologiyalarni joriy qilish;
53
Аввало биз табиат томонидан
берилган ноёб, қайта тикланмайдиган
заҳиралар
бўлмиш
нефть,
газ
конденсати, табиий газ ва бошқа
ёқилғи
энергетика
ресурсларидан
оқилона ва тежамкорлик билан
фойдаланишни ҳамон ўрганганимиз
йўқ. Бу ресурсларнинг катта қисми
o‗rinbosa materiallarni qo‗llash, ikkilamchi xom-ashyodan foydalanish va
hokazo.
Biznesning rivojlanishi, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatishi
uchun moddiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish bilan birga investitsiyalar
ham muhim ahamiyat kasb etdai. Investitsiyalar yangi korxona yaratish uchun ham,
mavjud korxonani rivojlantirish uchun ham kerak bo‗ladi. Bugungi sharoitlarda chet
el investitsiyalarini jalb qilishning ahamiyati katta bo‗lib, ular respublikaning asosiy
kapitaliga, jumladan, korxonalarga kiritiluvchi mablag‗lar
miqdorini oshirish bilan
birga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, zamonaviy raqobatbardosh mahsulot
turlarini chiqarish va ularni jahon standartlari talablariga etkazishga imkon beradi.
Biznesni (tadbirkorlikni) resurslar bilan ta‘minlash oddiy va bir zumda
echiladigan masala emasligi shubhasiz, albatta. U korxonaning ishlab chiqarish
dasturi va marketing rejasini ishlab chiqish bilan bir paytda hal qilinishi lozim.
Korxona xodimlarining malakasi va mahorati bu ishda etakchi rollardan birini
o‗ynaydi. Resurslar bilan ta‘minlanganlik korxona biznes-rejasining muhim bo‗limi
bo‗lib, iqtisodiy, texnik, tashkilotchlik va boshqa bilimlarni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: