Ызбекистон республикаси


-Mavzu: Huquqiy tarbiya amaliyoti



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə50/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

10-Mavzu: Huquqiy tarbiya amaliyoti
Reja:

  1. Huquq fanlarini o‘qitishda huquqiy tarbiyani olib borish.

  2. Sinfdan tashqari huquqiy tarbiyani olib borish.

  3. Huquqiy tarbiyada zamonaviy texnologiyalarni qo’llash.

  4. Huquqiy tarbiyada huquqiy adabiyotlardan foydalanish.

  5. Ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy tarbiyani olib borish.

Yoshlar huquqiy tarbiyasining samaradorligi ko‘p jihatdan uning qanchalik o‘z vaqgida boshlanishi bilan bog‘liq. 9-sinfgacha huquq bo‘yicha maxsus darslar o‘tkazilishi nazarda tutilmagan, lekin huquqiy ta’lim o‘quvchilarni tarbiyalash dasturining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi hamda boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarning barcha o‘qituvchilari huquqiy-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi va o‘tkazishi shart. Odatda, bunday maqsad uchun sinfdagi soat, sinfdagi va sinfdan tashqari o‘qish darslari imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Sinfdagi tarbiyaviy soat (sinf rahbari soati) - bu ma’naviy tarbiya darsidir. U anjuman, ma’ruza, axborot, suhbat, munozara shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Bizning nazarimizda, suhbat (barcha sinflar o‘quvchilari uchun) va munozara (yuqori sinf o‘quvchilari uchun) maktab o‘quvchilarining huquqiy ta’limida eng samarali usuldir.
Amaldagi uslubiy tavsilar va to‘plangan tajribaga amal qilgan holda o‘quvchilarning I-IV, V-IX, X-XI sinflardagi huquqiy ta’lim jarayonining asosiy qoidalarini bayon qilamiz.
Suhbat va munozaralarni o‘tkazish sinf rahbarlariga yuklanadi, ular muayyan vazifalardan kelib chiqib, maktabdagi huquq o‘qituvchilari, adliya, voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspeksiyalar, DAN xodimlari, ko‘ngilli xalq drujinalari a’zolarini, jamoatchi tarbiyachilarni, ustozlar, ota-onalarni bunday suhbat va munozaralarda ishtirok etish uchun jalb qilishi mumkin. Shubhasiz, sinf soatlarida bolalar bilan ishlash yuzasidan tajribaga ega huquqshunoslarning ishtirok etishi katga samara beradi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari “O‘rta umumiy ta’lim maktabi nizomi”, voyaga yetaaganlarning jamoat joylaridagi xulq- atvor qoidalari, “Ko‘cha harakati qoidalari”ni o‘rganishda huquq haqidagi ilk tasavvurlarga ega bo‘ladilar. O‘quvchilar “O‘rta umumiy ta’lim maktabi nizomi” bilan tanishishda o‘zlarining “tirishqoqlik bilan o‘qishi, o‘zini namunali tutishi, maktab ijtimoiy turmushida va ijgimoiy foydali mehnatda faol qatnashishi, o‘quvchilar uchun qoidalarga amal qilishi” shartligini anglab oladilar.
Boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari uchun suhbatlar, odatda, “Sening huquqlaring va majburiyatlaring” mavzuidan boshlanadi.
O‘quvchilar uchun qoidalar, quyidagi axloqiy-huquqiy mavzularda suhbatlar o‘tkazish imkoniyatini beradi. I-V sinflar uchun: “Xalq boyligini ehtiyot qiling, buyumlarni avaylang, tabiatni muhofaza eting, tozalikka rioya qiling”, “O‘zingni namunali tut” va h.k.
X-XP sinflar o‘quvchilari uchun: “Xalq mulkini, ona tabiat boyliklarini saqlash va ko‘paytirish haqida g‘amxo‘rlik qil”, “O‘zingdan kichiklarga xulq-atvor madaniyati bo‘yicha munosib namuna ko‘rsat”, “Axloqqa zid va jamiyatga qarshi xatti-harakatlarga nisbatan toqatsiz munosabatda bo‘l” va hokazo.
Bolalar jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o‘rganish chog‘ida hovlilar, ko‘chalar, hiyobonlar, bog‘lar, teatrlar, kinoteatrlar va shu kabilarda o‘zini tutish qoidalari haqida bilimlar oladilar, o‘zidan kattalarga hurmat-ehtirom bilan muomala qilish, mulkka avaylab munosabatda bo‘lish, o‘z o‘rtoqlarini maktab o‘quvchisi degan nomga dog‘ tushiradigan qiliqlarni qilishdan tutib turish zarurligini anglab yetishadi, shuningdek, ko‘chalarda kattalarsiz yurish mumkin bo‘lgan vaqt to‘g‘risida (o‘quv yili davomida soat 21 gacha, ta’tillar paytida - soat 22 gacha) bilib olishadi.
Maktablarda bunday mavzularni o‘rganish yuzasidan katta tajriba to‘plangan. Masalan, birinchi sinf o‘qituvchisi yomon qiliqdarning oldini olish maqsadida shunday suhbatlarni o‘tkazadi: “Jamoat joylarida o‘zingni yaxshi tut”, “Yaxshi va yomon ishlar”, “Ishonchni yo‘qotish oson, uni qozonish qiyin”, “Haqiqatga tik qarashga o‘rgan” va h.k. Birinchi sinf o‘quvchilari shunday kinolentalarni tomosha qiladilar va muhokamadan o‘tkazadilar: “Qahramonning ukasi” va boshqalar. Bu sinfda bolalar gazetalari va jurnallaridagi hikoyalarni muntazam o‘qib boradilar va o‘quvchilarning o‘zlari u yoki boshqa ijobiy yoki salbiy qilmishga baho beradilar.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tabiatning muhofaza qilinishi bilan tanishtiradigan mashg‘ulotlar qiziqarli o‘tadi.
“Odamlar tabiatdan qanday foyda olishadi” mavzuida O‘zbekiston Respublikasining tabiat muhofazasi haqida maxsus qonun qabul qilishiga sabab bo‘lgan misollar ko‘rib chiqiladi, bolalarning ana shu qonunga rioya qilishi shartligi ta’kidlanadi, ularning e’tibori bolalar hayvonlar va qushlarning do‘sti ekanligi va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishiga qaratiladi.
Tabiat haqidagi suhbatlarni o‘quvchining qandaydir amaliy topshiriqning (daraht o‘tkazish va butazorlar yaratish, bog‘da ishlash, “yashil” va “zangori” patrullar tashkil etish va shu kabilarni) bajarishi bilan to‘ldirish tavsiya qilinadi.
Tabiat haqidagi suhbatlarning o‘zlashtirib olinishi va oddiy darslardan farqlanib turishi uchun ularni sayr qilish, turistik sayohatlar, ekskursiyalarga chiqish, boshqa tadbirlar (qushlar kuni, o‘rmon haftasi, gullar bayrami va boshqalar) paytida o‘tkazish maqsadga muvofiqsir.
O‘quvchilar 4-sinfdagi tarix darsida “davlat” tushunchasi, fuqarolarning asosiy huquqlari va majburiyatlari, odamlarning ma’naviy fazilatlari bilan tanishishi shart. Yana shu sinfdan boshlab dasturga qo‘shimcha ravishda Uzbekistan Respublikasining mustaqilligi haqidagi ayrim umumiy qoidalarni ochib beradigan mavzular bo‘yicha suhbatlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Shuningdek, kitoblarni muhokama etish ham tavsiya qilinadi. O‘qish jarayonida va suhbatlarda, darslarda huquqqa oid atamalar uchraganida ularning mazmunini batafsil ochib berish zarur. Masalan, “davlat”, “qonun”, “sud”, “huquq”, “burchlar” va boshqa so‘zlarning nimani anglatishini tushuntirib berish kerak.
5-9-sinflar o‘quvchilari uchun axloq va huquq to‘g‘risida suhbatlar o‘tkaziladi. Bunday suhbatlardan maqsad bolalar axloq va huquq haqida, huquq va qonunlarning jamiyatimiz turmushidagi o‘rni to‘g‘risida oddiy tasavvurlar berish, ularni o‘zlarining oiladagi, o‘rtoqlari va kattalarga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini tushunib olishga o‘rgatish, ularda demokratik jamiyat qoidalari va davlat qonunlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish odatlarini hosil qilishdan iboratdir. O‘quvchilarni militsiya, prokuratura va sudning fuqarolar hamda davlatning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga doyr faoliyati, shuningdek. voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun javobgarligi to‘g‘risidagi qonunlar bilan tanishtirish zarur.
O‘qituvchilarga yordam ko‘rsatish maqsadida shaharlar va viloyatlarda 5 - 9-sinflar o‘quvchilari bilan huquqiy manbalarga doir suhbatlar mavzulari, zarur adabiyotlar ko‘rsatilgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
5-sinflar o‘quvchilari uchun quyidagi mavzular tavsiya qilinadi: “Hamma narsada tartib bo‘lishi - jamiyat hayotining zaruriy sharti, uni saqlash - sening burching”, “Sen o‘zing va boshqalar uchun qam javob berasan”, “Huquqiy tartibotni hurmat qil, ijtimoiy burchga vijdonan munosabatda bo‘l” va boshqalar.
6-sinflar o‘quvchilari uchun quyidagi mavzular tavsiya qilinadi: “Qilmish va jinoyat”, “Jinoyatda ishtirok etish ham jinoyatdir”, “Volga yetmaganlarning javobgarligi to‘g‘risida”, “Fuqaro bo‘lishing shart”, “Or-nomusingni yoshlikdan ehtiyot qil” va boshqalar.
Masalan, “Voyaga yetmaganlarning javobgarligi to‘g‘risida”gi suhbat o‘quvchilarga 18 yoshgacha bo‘lgan davrdagi javobgarlik haqida tasavvur berishni, voyaga yetmaganlarning javobgarligini yumshatadigan demokratik huquqning insoniyligini ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunda shuni qayd qilish muhimki, bolalarga nisbatan insoniy munosabat degani hamma narsani ham kechiraverishni anglatmaydi.
Suhbatlarni yorqin misollar bilan to‘ldirish va bunda ularning foydali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi haqida g‘amxo‘rlik qilish maqsadga muvofiqdir. Misollar jinoyatlarga nisbatan nosog‘lom qiziqish uyg‘otmasligi, buning ustiga jinoyatlarning sodir qilinish usullarini batafsil hikoya qilib bermaslik kerak. Ko‘pgina maktablarda o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan birgalikda suhbatlarga gazetalar, huquqshunoslikka oid jurnallardan olingan materiallarni tayyorlashadi, maktab, tuman, shahar hayotidan faktlar yig‘ishadi. Ta’limdagi ko‘rgazmalilik, maxsus tanlab olingan badiiy va o‘quv filmlaridan foydalanish katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Bunday yoshda o‘quvchilarning huquqiy normalar va turli hayotiy vaziyatlarga to‘g‘ri emotsional baho berishi katta rol o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida maktab o‘quvchilarining katta bir doirasini qamrab oladigan va suhbatlarda badiiy hamda hujjatli filmlardan parchalar, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar va inspeksiyalar majlislaridan reportajlar va shu kabilardan foydalanishga imkon beradigan televidenie ko‘rsatuvlari shu jihatdan olganda keng imkoniyatlarga egadir.
5-6 sinflar o‘quvchilari uchun quyidagi mavzularda oltita suhbatning o‘tkazilishi nazarda tutilgan: “Yaxshi degani nimayu, yomon degani nima” (axloq va hug‘dgq); “Partaning bahosi qancha turadi” (mulkka munosabat haqida); “Kim javobgar?” (qilmishlar va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik); “Sening katga o‘rtoqlaring kim?” (kattalar bilan o‘zaro munosabatlar haqida); “Bizning umumiy uyimiz” (tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish to‘g‘risida) va yakunlovchi ko‘rsatuv.
Ko‘rsatuvlar ishonarli, tushunarli qilib tuzilgan. Masalan, “Partaning bahosi qancha turadi?” ko‘rsatuvida tomoshabinlar yog‘ochga ishlov berish kombinatiga sayohat qiladilar va o‘quvchilar uchun yangi, chiroyli va qulay partalarni tayyorlayotgan ishchilarning og‘ir mehnatini ko‘radilar. Bolalar mehnatkash inson qo‘li bilan yasalgan har qanday buyum, avvalo, unga sarflangan mehnat bilan qimmatli ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bunday mehnatni hurmat qilmasdan bo‘lmaydi.
7-sinf o‘quvchilari uchun suhbatlar ularni mehnat, jinoyat va ma’muriy huquqning ayrim masalalari bilan tanishtirish, ularga fuqarolik qonunlari haqida ilk tasavvur berishni maqsad qilib qo‘ygan.
Mavzularning bu tariqa tanlanishi o‘quvchilarning amaldagi qonunlarga nisbatan qiziqishining ortib borayotgani, ularni kasbiy yo‘naltirish va 8-sinfda “Davlat va huquq asoslari”ni o‘rganishga tayyorlash bilan bog‘liqsir. Bunday yoshda huquqiy ongda eng ko‘p tarqalgan nuqsonga alohida e’tibor berish kerak bo‘ladi. Ko‘pgina o‘quvchilar biz huquqbuzarliklar uchun javob bermaymiz, buning uchun ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar javob berishadi, deb hisoblashadi.
Shuning uchun 7-sinf o‘quvchilarining amaldagi qonunlar bilan tanishtirilishi va ularda qilmishni sodir qilganlik uchun shaxsiy javobgarlik haqida to‘g‘ri tasavvurni hosil qilish (ilgarigiga nisbatan birmuncha keng tarzda) ular huquqiy ta’limi va tarbiyasining elementa hisoblanadi.
7-sinflar o‘quvchilari uchun quyidagi mavzular tavsiya qilinishi mumkin: “Mehnat munosabatlari qonun orqali tartibga solinadi va himoya qilinadi”, “Davlat va shaxs mulki muqaddas va daxlsizdir”, “Inson hayoti va salomatligini ehtiyot qil”, “bezorilik - og‘ir jinoyat va boshqa jinoyatlar manbai”, “Mening militsiyam meni qo‘riqlaydi”, “Sud va prokuratura - bizning manfaatlarimiz himoyachisi”, “Turmushimiz qoidalarini buzishlarga qarshi kurashda ayovsiz bo‘lgin”.
Masalan, “Inson hayoti va salomatligini ehtiyot qil” degan suhbat shunday rejaga ko‘ra tuzilishi mumkin: fuqarolarning hayoti, salomatligi, erkinligi va qadr-qimmati davlat tomonidan x,imoya qilinadi; salomatlikka yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik; fuqarolarning hayoti, salomatligi, or-nomusi va qadr-qimmatiga tajovuzkorlik uchun jazo. Bunda demokratik jamiyatdagi or-nomus va qadr-qimmat tushunchalari tushuntirib berilishi kerak. Yana shu narsaga ham e’tiborni qaratish kerakki, javobgarlik nafaqat qasddan qilingan, shu bilan birga ehtisyotsizlik oqibatida qilingan xatti-harakatlar uchun ham nazarda tutiladi, sho‘xlik nimaga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatish zarur. Suhbat yakunida shaxsning daxlsizligi - bu qonun ekanligi, shuning uchun har bir kishi insonning hayoti va salomatligini ehtiyot qilishi, jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatishi shartligi to‘g‘risida xulosa chiqarish foydalidir.
Axloqiy-huquqiy mavzulardagi quyidagicha suhbatlar ham katga qiziqish uyg‘otadi: “Shaxe va jamoa”, “Insonning xohish-istaklari va majburiyatlari”, “Kishining oila oldidagi majburiyati”, “Oila or-nomusi”, “Kishining jamoa oldidagi majburiyatlari”, “Kishining jamiyat oldidagi majburiyatlari”, “Shaxs va Vatan”, “Insonning or-nomusi va qadr-qimmati”, “Insonning mehnatdagi sharafi”, “Odamlar orasida o‘zini qanday tutish kerak” va boshqalar.
7-sinf o‘quvchilari uchun suhbatlardan tashqari, mutaxassislar - militsiya, prokuratura va adliya xodimlari tomonidan: “Mening militsiyam meni qo‘riqlaydi”, “Sud va prokuratura - bizning manfaatlarimiz himoyachilari” kabi va boshqa mavzularda ma’ruzalar ham o‘qilishi mumkin.
O‘quvchilar olgan boshlang‘ich huquqiy tayyorgarlik ularning davlat-huquq masalalari, shu jumladan, “Davlat va huquq asoslari” kursi bo‘yicha yanada murakkabroq axborotlarni o‘zlashtirishi uchun jiddiy ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə