Ызбекистон республикаси


“Davlat va huquq asoslari” va “Inson huhuqlari” o‘quv fanlari - huquqiy tarbiya vositasi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə51/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

2. “Davlat va huquq asoslari” va “Inson huhuqlari” o‘quv fanlari - huquqiy tarbiya vositasi. “Davlat va huquq asoslari” va “Inson huquqlari” o‘quv fanlarining o‘qitilishi o‘quvchilarning bu ilmlarni o‘zlashtirishi bir tizimga solingan huquqiy bilimlarni olishni eng samarali usuli hisoblanadi. Ta’limning boshqa hech qanday shakllari o‘quv jarayoning dare, ya’ni huquq darsi kabi asosiy shakli o‘rnini bosa olmaydi.
Barcha bilim yurtlarida qonunchilik asoslari va inson huquqlarining o‘rganilishi joriy etilgan. Dasturga davlat huquqi, ma’muriy huquq, mehnat, yer, fuqarolik, oila va jinoyat huquqlari bo‘yicha mavzular kiritilgan.
O‘rta umumiy ta’lim maktablarida ham huquqning tajriba tarzida o‘qitilishi boshlandi, 8-sinflar o‘quvchilari uchun “Davlat va huquq asoslari” kursining majburiy tartibda o‘qitilishi joriy etildi.
Ushbu kursni o‘rgatishdan maqsad - o‘quvchilarga davlat va huquq to‘g‘risida yaxlit tasavvurni, davlat asosiy funksiyalari va organlari, huquq prinsiplari va me’yorlari, davlat va huquqning demokratik jamiyat qurishdagi, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishdagi roli, qonunchilik xususidagi bilimlar tizimini berishdan iboratdir.
Ijtimoiy fanlar tizimida huquq fani alohida o‘rin tutadi. Huquqiy bilimlar hayotda, har xil aniq vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘nalish olish, ruxsat qilingan va taqiqlangan narsalar o‘rtasidagi chegarani topa bilish, o‘z huquq va manfaatlarini himoya etishning qonuniy yo‘llari va vositalarini tanlashga o‘rgatadi. Huquqiy bilimlarning bunday birinchi funksiyasini ijtimoiy yo‘naltirilganlik funkdiyasi deb ataladi.
Huquqiy bilimlar siyosiy saviyani kengaytiradi, e’tiqodlar shakllanishiga, hayotdagi huquqiy hodisalarni to‘g‘ri tushunish, huquqiy talablarga ongli ravishda rioya etish, barcha fuqarolarning huquqiy me’yorlarga amal qilish uchun faol kurashishga ko‘maklashadi.
Huquqiy bilimlarning ushbu ikkinchi funksiyasining odamlarning e’tiqodlari va dunyoqarashini shakllantirishda birgalikdagi ishtirok etish deb atalishi bejiz emas.
“Davlat va huquq asoslari” kursining dasturi va o‘quv ko‘llanmasiga binoan davlat va huquq, qonunchilik, davlat huquqi, ma’muriy, mehnat, oila va jinoyat huquqi, shuningdek jamiyatimizda qonunchilik va huquqiy tartibotni ta’minlovchi organlar (10 ta mavzu) haqidagi asosiy ma’lumotlarning o‘rganilishi nazarda tutiladi.
Bu mavzular birlaщib huquqshunoslik fanining negizini tashkil etadi, o‘quvchilarga maqbul bo‘ladigan muayyan tizimda bilimlar majuini beradi.
Ma’lum fanni o‘qitishning asosiy shakli - dars. Avvalambor, har qanday fanga doyr dars zamonaviy talablarning bajarilishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday darsdagi barcha faoliyat pedagogika, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlardagi eng yangi yutuqlarni, ilg‘or pedagogik tajribani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Maktabdagi darslar jamiyatimizdagi ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyot, moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy ong sohasidagi tub o‘zgartirishlar sababli yuz bergan hozirgi rivojlanish jarayonlarini aks etgirishi lozim.
Ta’lim usullari o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligiga yordam berishi va o‘rganiladigan materialning teran anglab yetilishini ta’minlashi kerak. Bunday talablar ta’limda, tarbiyada va bilish qobiliyatlarini ravnaq toptirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ta’limda texnika vositalari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, radio va oynai jahonning qo‘llanilishi katta ahamiyatga ega. Ulardan foydalanish radiodarslar, teledarslar va kinodarslarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Darsdagi ilmiy tashkil etilgan o‘quv jarayoni shunisi bilan xarakterliki, ular o‘quvchilarning yangicha vaziyatlarda ham amal qilishi, keng doiradagi masalalarni hal etishda qo‘llanishiga imkon beradigan bilimlar malakalar, ko‘nikmalarni berdi.
Bilimlarning xulq-atvor sohasiga, jamoa, oila, turmushdagi o‘zaro munosabatlar olamiga “ko‘chirilishi” huquqiy-tarbiyaviy ishlarda, yosh inson shaxsida ijobiy fazilatlarni (to‘g‘rilik, prinsipiallik jamiyat manfaatlarining buzilishiga toqatsizlik, faollik, mas’uliyatlilik, puxtalik, o‘zaro hurmat, qiyinchiliklarni bartaraf qila bilish, yomonlikka qarshi tura bilish, boshqa kishiga yordam qo‘lini cho‘za bilish qobiliyatlari va shu kabilarni) tarbiyalashga doyr ishlarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darsdagi o‘quv jarayonini o‘quvchilarning individual o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yuritish lozim. O‘quvchilar tarkibi har qanday holatda bo‘lganida ham bilimlar va malakalarni o‘zlashtirish birdek bo‘lmaydi, chunki bolalarning ish qobiliyati, tayyorgarligi, tarbiyalanganligi turlicha bo‘ladi.
Auditoriyaga nisbatan bunday tabaqalashtirilgan yondashuv to‘g‘ri tarbiyaning ham muhim sharti hisoblanadi. Masalan, sinfda voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspeksiyada hisobda turadigan bolalarning bo‘lishi ularga nisbatan alohida yondashuvni, zarur bo‘lganida guruh-guruh bo‘lib yoki yakka tartibda ishlashni taqozo etadi.
Dars o‘quvchilarda o‘rtoqlik hissini rivojlantirishi, sinfdagi ishlar ahvoli uchun jamoa tarzida mas’ul bo‘lishga o‘rgatishi lozim. Sinfning obro‘-e’tibori, yoshlar tashkilotlarining faol ish olib borishi qiyin tarbiyalanadigan bolalar xulq-atvoriga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Huquq o‘qituvchisi huquqshunoslik va huquq pedagogikasi sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Odatda, maktab o‘qituvchisi yuridik ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun hozir pedagogika o‘quv yurtlarida huquqning o‘qitilishi yuzasidan choralar ko‘rilmoqsa, maktablar o‘qituvchilari va rahbarlarini qayta tayyorlash kurslari tashkil qilingan.
Hozirgi darsga qo‘yiladigan umumiy talablar to‘laligicha huquq darsiga ham tegishlidir. Shu bilan birga huquq darsi ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Huquqni o‘qitish vazifalari, mazmuni va usullari nafaqat yuridik ta’lim berish maqsadini, shu bilan birga \uquqbuzarliklarning oldini olish, intizomni mustahkamlash, o‘zlashtirish, huquqiy ongning yuksalishini ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Huquqiy ta’lim natijalari o‘quvchilar ijtimoiy faolligining oshishi, ularni o‘tmish sarqitlariga, loqaydlikka, xudbinlik, milliy ma’naviyat me’yorlarini buzishlarga qarshi kurashga jalb etish bilan bog‘liqsir. Boshqa fanlarga doir darslar kabi huquq darsi ham har xil shakllarda - dars-suhbat, dars - ma’ruza dars - seminar, takrorlash-umumlashtirish darslari tarzida o‘tkazilishi mumkin.
Ayrim o‘qituvchilar huquqni o‘qitishdagi muayyan qiyinchiliklar borligi - huquq tilining “quruqligi”, yuridik me’yorlarni tushunishning qiyinligi, huquqiy atamalarning murakkabligini ham qayd etishadi.
Lekin agar o‘qituvchi lozim darajada tayyorlangan va huquqiy me’yor mazmunini o‘quvchilarga tushunarli va yaqin bo‘lgan aniq hayotiy vaziyat orqali ochib bera oladigan bo‘lsa, bunday qiyinchiliklarni bemalol bartaraf etish mumkin. Huquq tilining o‘ziga xos xususiyatlari xalqning xohish-irodasini ifodalaydigan qonunning aniqligi, uni erkin talqin qilish mumkin emasligi bilan bog‘liqdir. Undagi siqiq ta’riflarda huquqiy bilimlarni obrazli, emotsional, tushunarli tarzda targ‘ib etish uchun keng imkoniyatlar mujassamlashgan.
Huquqni o‘qitadigan o‘qituvchi zarur hollarda “Huquqshunoslik lug‘ati”, yuridik atamalarning qisqacha lug‘atiga murojaat etishi lozim.
Darsning yanada aniq va ishonchli bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga “Ular odamlar hayoti va salomatligini muhofaza qilayotib, o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishgan” degan mavzuda (vaqtli matbuot, badiiy adabiyot, kinofilmlar materiallari va shu kabilar asosida) uncha katta bo‘lmagan xabar tayyorlashni taklif qiladi.
Dars boshida o‘quvchilarning xabarlari tinglanadi. O‘qituvchi yakun yasab, o‘quvchilar diqqat-e’tiborini huquqqa nisbatan ijobiy munosabat bildirilgan misollar, qonuniy xulq-atvor namunalariga qaratib, masalani bayon qilishga o‘tadi, natijada bu katta tarbiyaviy samara keltiradi.
Tabiat muhofazasi, mehnat haqidagi qonunlar va shu kabilar haqidagi darslarni ham qiziqarli qilib o‘tkazish mumkin.
Masalan, o‘qituvchi “mehnat huquqi” mavzuiga, ish vaqgi va dam olish vaqti to‘g‘risidagi mashg‘ulotga tayyorlanishda bolalarga, darslarni tayyorlash, ota-onasiga yordam berish, o‘qish, kinofilmlar va teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish, sport o‘yinlari, hovlida sayr qilish va shu kabilarga qancha vaqt sarflashini batafsil yozish haqida topshiriq beradi. Bunday darsda bolalarning ko‘pchiligi o‘zlarining bo‘sh Vaqtini foydali tarzda o‘tkaza olmasliklariga ishonch hosil qilishadi.
Huquq darslarining (shuningdek, huquqiy tarbiyaning boshqa shakllarining ham) bir marta o‘tkazilishi, hayotdagi salbiy jihatlarning bo‘rttirib ko‘rsatilishi ularning kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Biroq ishni ijobiy misollarga asoslangan holda o‘tkazish, kishilar qahramonligini targ‘ib qila bilish zarur. Shuning uchun o‘qituvchilar qonunchilikka rioya qilinishi uchun kurashdagi qahramonlik, fuqarolarning yong‘inlarni o‘chirish, odamlarni saqlab qolishdagi, jinoyatchilarni tutish chog‘idagi fidokorligi va shu kabilar haqida e’lon qilingan materiallardan ko‘proq va kengroq foydalanishi lozim.
O‘quvchilarning “Davlat va huquq asoslari” fanini yanada chuqur o‘zlashtirishi maqsadida quyidagi mavzular bo‘yicha 11 ta mashg‘ulotni nazarda tutadigan televizion ko‘rsatuvlar dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kerak: “Axloq va huquq”, “O‘zbekiston Respublikasida hokimiyat organlari tizimi”, “Vatanni himoya qilish - muqaddas burch”, “Mehnat huquqi”, “Mamlakatimizdagi tabiatni muhofaza qilishga doir faoliyat”, “Fuqarolik huquqi”, “Oila huquqi”, “Qonun va huquqiy tartibotning ta’minlanishi - bizning umumiy ishimiz”, “Huquqni muhofaza qilish organlari tizimi”.
Ko‘rsatuvlar shuni hisobga olgan bo‘lishi kerakki, dars boshida o‘qituvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha so‘rab-surishtirish imkoniyatiga ega bo‘lsin, so‘ngra yangi mavzuiga doir ko‘rsatuv tomosha qilinishi va tomoshadan keyin olingan bilimlar mustahkamlanishi lozim. Televizion ko‘rsatuvlarda huquqshunoslar, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarining chiqishlari tajriba qilinishi, badiiy va hujjatli filmlardan parchalar, reportajlar va boshqa materiallar ko‘rsatilishi kerak.
Maktablarda huquqning o‘qitilishi o‘qituvchi kadrlarning yetarli tayyorlanmaganligini ko‘rsatdi. Shuni aytish kifoyaki, huquqshunos-o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi bazaviy yuridik ma’lumotga ega emas, maktablardagi huquqshunoslik darslarini ko‘pincha qo‘shimcha soatlar olish imkoniyatiga ega o‘qituvchilar - tarixchilar, matematiklar, fiziklar kabi o‘qituvchilar o‘qitishadi. Bunda ular o‘z ma’ruzalarini oliy o‘quv yurtlarining tinglovchilar yoshini hisobga olib soddalashtirilgan dasturlari bo‘yicha o‘qishadi. Turgan gapki, bunday mashg‘ulotlar zarur samarani bermaydi. Faqat agar bunday darslarni huquqshunoslikni va bolalar psixologiyasini birdek yaxshi biladigan professional-amaliyotchilar o‘tishsagina, ular ijobiy natija keltirishi mumkin. Sof nazariy bilimlar bilan birga ko‘rgazmali misollarni ham keltira oladigan huquqshunos, prokuror, huquqni muhofaza qilish organlarining boshqa xodimlari o‘quvchilarga barcha qonunlarni, ularning huquqlari va burchlarini, shuningdek qonunni buzganlikni bajarmaganlik uchun javobgarlik chorasini birmuncha soddalashtirib tushuntirib berishi mumkin.
3. Maktabdagi boshqa fanlarni o‘qitish jarayonida o‘rganiladigan huquq masalalari. Biz qayd qilib o‘tganimizdek, “Davlat va huquq asoslari” va “Inson huquqlari” kurslari maktabdagi huquqiy tarbiya tizimining negizi hisoblanadi. Lekin o‘quvchilarni qonunlar va huquq me’yorlarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash vazifasi boshqa fanlarni o‘qitish jarayonida - tarix, jamiyatshunoslik, yangi va eng yangi tarix, adabiyot, boshqa umumiy ta’lim fanlari darslarida ham bajariladi.
Faqat huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yilishiga kompleks yondashuvgina g‘oyaviy-siyosiy va mehnat, shuningdek ma’naviy tarbiyaning mustahkam birligini ta’minlashi mumkin.
Fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, huquq va tarixni o‘rganishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Davlat va huquq haqidagi ta’limot asoslarini oddiy shaklda ochib berish ustidagi bir tizimli ish 5-sinfdan boshlanadi. 5-7 sinflarda quldorlik, va feodal tuzumlarini o‘rganish paytida davlatning paydo bo‘lishi bilan huquqning ham vujudga kelishi, ekspluatatorlik jamiyatida qonunlar hamma vaqt kamchilik ekspluatatorlar manfaatlarini qimoya qilishi ta’kidlab o‘tiladi.
“Inson va jamiyat” kursi yuqori sinf o‘quvchilarida davlat va huquq muammolariga nisbatan munosabat, jamiyat ravnaqida ularning o‘rni va rolini to‘g‘ri tushunishning tarkib topishiga, ularni fuqarolik, qonunlarni buzishlarga nisbatas toqatsizlik munosabatini bildirish ruhida tarbiyalash, jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok eta oladigan ijtimoiy faol kishilarni tayyorlashga ko‘maklashadi.
Yuridik tayyorgarlikdan o‘tgan tarix va jamiyatshunoslik o‘qituvchilari nafaqat “huquqshunoslik asoslari” kursini o‘tkazishi, shu bilan birga, odatdagidek, maslahatlar berishi, uslubiy ishlarni bajarishi mumkin. Maktablar, tarix kabinetlarida huquq burchaklari, yuridik adabiyotlar ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Maktablarda o‘quvchilar yordamida: “Sen fuqarolik balog‘at yoshiga yetmoqdasan”, “Qonun inson manfaatlari himoyasida”, “Fuqaro bo‘lishing shart” mavzuidagi ko‘rgazmalar va stendlar qo‘yilgan tarix kabinetlari risoladagidek jihozlangan, ularda ta’limning taxnika vositalari qo‘llaniladi, kinodarslar o‘tkaziladi, axloqiy-huquqiy mavzulardagi kinofilmlar tomosha qilinadi.
Adabiyot darslarida maktab o‘quvchilarini badiiy asarlar mazmuniga singdirilgan axloqiy-huquqiy g‘oyalarni ochib berish orqali fuqarolik ruhida tarbiyalash vazifalari hal etiladi.
Qadimgi Sharqning buyuk mutafakkirlari, Markaziy Osiyo xalqlarining ilg‘or ijtimoiy-siyosiy va huquqiy g‘oyalari vakillari: faylasuf, tibbiy olim, tabiatshunos va matematik, shoir va adabiyotshunos Abu Ali ibn Sino; matematik, faylasuf, astronom davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek, iste’dodli adib, tarixchi, musiqashunos Amir Xisrav De\laviy asarlarida o‘zining yaqqol ifodasini toptan. Yangi ilg‘or oqimlar vakillari: Muqimiy, Ahmad Donish, Zavqiy, Komil Xorazmiy, Furqat meqnatkash ommaning orzu-umidlarini ifoda qilishgan, zo‘ravonlik va haqsizlikka qarshi norozilikni aks ettirishgan, yangi demokratik adabiyotning barpo qilinishida ishtirok etishgan.
Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari uning o‘z farzandlariga qoldirgan siyosiy vasiyatnomasi bo‘lib, u qimmatli tarixiy hujjatdir.
Iqtisodiy jug‘rofiya darslarida (9-sinf) bolalarda davlatning iqtisodiy strategiyasi haqidagi tushuncha shakllantiriladi, uni o‘rganish demokratik xo‘jalik yuritishning afzalliklarini, Uzbekiston xalq xo‘jaligining birligi va yaxlitligini, aholi xo‘jalik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va mamlakat iqgisodiy taraqqiyoti istiqbollarini belgilab beradigan omillarni tushunib olishga yordam beradi. Ushbu kursning o‘qitilishida xo‘jalik qonunchiligini rivojlantirishning dolzarb masalalari ustida to‘xtalib o‘tiladi.
Tabiiy fanlar o‘qituvchisi ham huquqni targ‘ib qilish uchun keng imkoniyatlarga egadir.
Biologiya, fizika, kimyo kurslarida o‘quvchilarning tabiat muxofazasi haqidagi bilimlari kengaytiriladi. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi kurslari o‘quvchilarni gigiena talablari, alkogol va giyohvandlik vositalarining inson organizmiga zararli ta’siri, odamlar salomatligini muhOfaza qilish haqidagi qonunlar bilan tanishtiradi.
Kimyo, fizika darslarida o‘quvchilar mehnat haqidagi qonunlarning ayrim qoidalari bilan tanishishadi (masalan, texnika xavfsizligi qoidalari va fuqarolarning ularni buzganligi uchun huquqiy javobgarligi to‘g‘risidagi va boshqa qoidalar).
Maktab o‘quvchilari harbiy tayyorgarlik darslarida xalqaro huquqning ayrim masalalarini (atrof-muhitni, fazoni muhofaza qilish sohasidagi bitimlar va boshqalarni) katta qiziqish bilan o‘rganadilar.
Maktabdagi chaqiruv yoshigacha bo‘lganlarning harbiy tayyorgarligi kursida “Umumiy harbiy majburiyatlar to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ustavlari o‘rganiladi.
Maktabdagi turli fanlar bo‘yicha darslarga huquqiy matnlarni tanlab olish o‘qituvchining behuda takrorlashlariga barham berish va huqukdtng o‘rganilishida davomiylikning ta’minlanishi uchun fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni hisobga olish zarur.
Maktabdan tashqarida o‘tkaziladigan ishlarning turli xildagi shakllari voyaga yetmaganlarning huquqiy tarbiyasi tizimini to‘ldirib, muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktab o‘qituvchilari, tarbiyachilar, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchilari, ilmiy bo‘lim mudirlari va direktorlari maktabdan tashqari vaqglarda o‘tkaziladigan qanday huquqiy tarbiya shakllari mavjudligini bilishi, shu bilan birga o‘quvchilarni bu ishga jalb etishi, ularni buning uchun rag‘batlantirishi, bu ishni tashkil qilishda o‘zlari tashabbus ko‘rsatishi lozim.
Huquqiy bilimlar targ‘iboti - huquqiy tarbiyaning muhim shakli. Huquqshunos-lektorlar, olimlar va prokuratura, sudlar, militsiya, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari respublikada, shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borishadi. Bunday ishlarning asosiy maqsadi - davlat va huquq nazariyasi, yuridik bilimlarning ommalashtirilishi, huquqiy me’yorlar va qonunchilikning demokratik prinsiplarining tushuntirib berilishidan iborat. Huquqiy targ‘ibot aholining huquqiy ta’limini, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ogohlantirishning muhim vositasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini targ‘ib qilish huquqiy-tarbiyaviy ishlarning muhim yo‘nalishidir.
Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-psixologik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari ular o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni tashkil etishning yo‘nalishlarini belgilaydi. Huquqiy tarbiyaga doyr ishlarda voyaga yetmaganlarning quyidagicha guruhlarini ajratib ko‘rsatish qabul qilingan: o‘rta umumiy ta’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari, texnikumlar o‘qituvchilari, 18 yoshgacha bo‘lgan ishchi va qishloqdagi yoshlar, oliy o‘quv yurtlari talabalari. Demokratik jamiyat qoidalarini mensimaydigan, qiyin tarbiyalanadigan, pedagogik jihatdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, huquqbuzar voyaga yetmagan o‘smirlar alohida toifani tashkil etadi.
Huquqiy targ‘ibot shakllari doimiy amal qiladigan va bir martalik bo‘lishi mumkin.
Doimiy amal qiladigan shakllarga quyidagilar kiradi: huquqiy bilimlar xalq universitetlari, huquqiy lektoriylar, yosh huquqshunos klublari va maktablari.
Huquqiy bilimlar xalq universitetlarining yoshlar fakultetlari yosh yigitlar va qizlarning huquqiy tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘smirlarga muayyan tizimdagi huquqiy bilimlar majmuini beradigan o‘ziga xos o‘quv yurtlari hisoblanadi. Bunday fakultetlar dasturlari yuqori sinflar va xunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining shu paytgacha olgan huquqiy bilimlarini hisobga olgan hodda tuzilgan. Fakultetlar vazifasi - yoshlarga teran huquqiy bilimlarni berishdir. Ular bir yoki ikki yillik dasturlar bo‘yicha ish olib boradi, bevosita o‘quv yurtlari hamda madaniy- ma’rifiy muassasalar qoshida tashkil etiladi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, yoshlar fakultetlari huquqiy tarbiya shakli sifatida o‘zini oqlayapti. Ular bolalar f’el-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va boshqa choralar bilan bir qatorda ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning kamayishiga ko‘maklashmoqda. Bunday fakultetlar huquqiy bilimlar xalq universitetlari qoshida tashkil etilishiga erishish zarur.
Ko‘pgina maktablar, xunar-texnika bilim yurtlari, klublarda huquqiy lektoriylar faoliyat ko‘rsatadi. Ularning tematik rejalarida quyidagicha ma’ruzalar turkumlari nazarda tutilgan: demokratiya va qonunchilik, mehnat, fuqarolik, jinoyat haqidagi qonunlar, yoshlarning huquqlari va majburiyatlari, ham ishlab, ham o‘qiydigan shaxslar uchun fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’ruzalar.
Mashg‘ulotlar shakli o‘quvchilarning psixologik o‘ziga xos xususiyatlarini, diqqat-e’tibori va qiziqishlarini tez-tez o‘zgartirib turishga moyilligini hisobga olib asoslanadi. Mashg‘ulotlar “davra suhbati” tarzida o‘tkaziladi. Tinglovchilar oldida bir necha kishi so‘zga chiqib, hammasini ayni bir mavzuni har tomonlama muhokama qilishadi. Har bir mashg‘ulot shu mavzuga bag‘ishlangan qandaydir badiiy dastur (badiiy havaskorlarning chiqishlari, hujjatli va badiiy filmlarning namoyishi) bilan tugallanadi.
Klub dasturida quyidagicha mashg‘ulotlar mavzulari nazarda tutilishi mumkin. “Xalq ta’limi to‘g‘risidagi Qonun”, “Maktab nizomi - maktab o‘quvchilari turmushi qonuni”, “Volga yetmaganlarning huquqbuzarliklar uchun javobgarligi to‘g‘risida” (javobgarlik yoshi, bilmaslik xavfi, ota-onalar o‘smirlarning huquqbuzarliklari uchun javob beradimi?); “Fuqaro. Hujjat. Notarius”; “Or-nomusingni yoshlikdan ehtiyot qil” (klub a’zolarining huquqshunoslar, shifokorlar, psixologlar, jurnalistlar bilan uchrashuvi); “Mening militsiyam meni himoya qiladi” (har doim postda, butun xalq qullab-quvvatlaydi; jinoyatning oldi olindi); “Xohish-irodaning erkinligi va javobgarlik”, “O‘z-o‘zini anglash nima degani?”, “Insonning hamma narsasi go‘zal bo‘lishi kerak”.
Bunday klublarda asosiy diqqat-e’tibor yoshlarni qiziqtiradigan eng dolzarb, hayotiy axloqiy-huquqiy masalalarga qaratiladi. Bundan tashqari huquqiy targ‘ibotning bunday shakli tegishli dolzarb muammoni bir necha uchrashuv davomida, turli pozitsiyalardan turib ko‘rib chiqish, buni ishonarli tarzda va izchillik bilan amalga oshirish imkonini beradi.
Klublar va madaniyat saroylari, kutubxonalar, yoshlar yotoqxonalarida yuridik o‘qishlar tashkil etiladi. Uqishlarni o‘tkazish uchun yuridik adabiyotlardagi yangiliklar, gazeta va jurnallardagi dolzarb maqolalardan foydalaniladi.
Yuridik o‘qishlar emotsional ta’sir ko‘rsatish vositalari: san’at ustalarining adabiy musiqali kompozitsiyalari, badiiy havaskorlik chiqishlari, kinofilmlarni tomosha qilishlar bilan birga qo‘shib olib boriladi. Bularning hammasi tinglovchilarning ongiga, shu bilan birga xis-tuyg‘ulariga ham samarali ta’sir qilishga yordam beradi. Yuridik o‘qishlar mavzulari turli-tuman bo‘lishi mumkin: “Oila haqida suhbat”, “Buning yonidan beparvo o‘tmang”, “Go‘zal va madaniy inson to‘g‘risida”, “Yo‘q murosa qilib bo‘lmaydi”, “Zararli narsalarning hech qaysisini kechirmaymiz”, “Kim bo‘lish va qanday bo‘lish kerak?”, “Inson uchun kurashib”, “Sening huquqlaring, sening burching” va hokazo.
Yuridik o‘qishlar axloqiy-huquqiy mavzulardagi munozaralar va kitobxonlar konferensiyalari bilan birga qo‘shib olib borilishi, ba’zan alohida o‘tkazilishi ham mumkin. Shunisi xarakterliki, huquqiy targ‘ibotning bunday shakllari huquqiy mavzularni axloq, ma’naviy tarbiya masalalari, sog‘lom turmush tarzi, xalq an’analari va urf-odatlarining targ‘iboti bilan kompleks tarzda yoritishni ta’minlaydi. Buning natijasida mavzular miqyosi kengayadi, huquqiy targ‘ibotning safarbarlik roli oshadi.
Ko‘pgina shaharlar sudlari qoshida, maktablar va maktabdan tashqari masalalarda “yosh huquqshunos maktablari” tashkil etilgan va ishlab turibdi. Ularning vazifasi - o‘quvchilarning ququqni teran o‘rganishi, ularning kasb jihatdan yo‘naltirilishi, maktablar uchun huquqiy masalalar bo‘yicha axborotchilar va suhbatdoshlar tayyorlanishiga ko‘maklashish, maktablarda intizom va o‘zlashtirishni mustahkamlashdan iborat. Yosh huquqshunoslar leksiyalar tinglashadi, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishadi, munozaralar o‘tkazishadi, kinofilmlar tomoshasi va muhokamasini uyushtirishadi, militsiya prokuratura, sud ishi bilan tanishishadi, huquqiy bilimlar olimpiadalarida ishtirok etishadi.
Maktablarda 10-12-sinflar o‘quvchilari uchun alohida tarzda ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mavzularning o‘ziga xos yo‘nalishga egaligi bunday maktablarning harakterli xususiyatidir - ularda ma’muriy huquqiy o‘rganishga, kriminalistika, militsiya ishining tashkil etilishi va faoliyatiga, mehnat-tuzatish huquqiga ko‘proq e’tibor beriladi. Bunday maktablar tinglovchilari keyinchalik yuridik o‘quv yurtlarida ta’limni davom ettiradigan, adliya organlarida ishlashni o‘zlari uchun kasb qilib tanlaydigan hollar ko‘p uchraydi.
O‘z o‘quvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini biladigan o‘qituvchi, sinf rahbarining o‘quvchilarning maktabdan tashqari huquqiy tarbiyaning ana shunday shakllarida ishtirok etishlarini targ‘ib qilishi, bunday shakllarning maktabdagi intizom va o‘zlashtirish ahvoliga ta’sirining samaradorligini o‘rganishi, yosh huquqshunoslar maktablari tinglovchilarini kichik sinfdagilar targ‘ibotchilik ishlariga, topshiriqlarni bajarishga jalb qilishi muhimdir.
Huquqiy targ‘ibotning doimiy amal qiladigan shakllari bilan bir qatorda uning bir martalik shakllari \am o‘zini to‘la oqlaydi. Gap alohida suhbatlar, ma’ruzalar, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari bilan uchrashuvlar, savollar va javoblar kechalari, tematik uchrashuvlar, og‘zaki jurnallar, munozaralar, olimpiadalar va xuquqiy targ‘ibotning boshqa shakllari haqida bormoqda.
Huquq haqidagi ma’ruzalar, suhbatlar huquqiy targ‘ibotning asosiy shakli bo‘lib qolmoqsa. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu jihatdan uzilib qolishi o‘zining salbiy jihatlariga ham ega. Hozir mavzularning birligi bilan boglangan. uyushgan tarzda, rejali asosda o‘tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining tashkil etilishiga o‘tilayotgani bejiz emas. Mavzular turkumlari bir martalik ma’ruzalardan farqli ravishda voyaga yetmaganlarga muayyan tizimdagi bilimlar majmuini beradi, huquq me’yorlarini amalda qo‘llanish malakalarini singdiradi, o‘quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg‘un tarzda o‘tkazilishi mumkin.
Shu bilan birga ayrym suhbatlar, ma’ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat bildirish, yangi qonunlarni targ‘ib qilish, paydo bo‘ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim shakli bo‘lib hisoblanadi.
Sud, prokuratura, militsiya, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari bilan uchrashuvlar g‘oyat muhimdir. Ular har doim o‘smirlarda qiziqish uyg‘otadi, huquqiy masalalar muhokamasiga sabab bo‘ladi. Huquqshunoslar bunday uchrashuvlar oldidan maktablar, xunar-texnika bilim yurtlari, yoshlar jamoalaridagi intizom ahvoli bilan tinishadilar, mavjud kamchiliklar va huquqiy tartibotni buzishlarni tahlil etishadi, huquqbuzarlarga nisbatan qabul qilingan choralar to‘grisida axborot berishadi. Bunday uchrashuvlar “davra suhbati” tarzida, erkin suhbatlashish, bahslashish vaziyatida ham o‘tkaziladi. Lekin ular lektorlar va tashkilotchilardan puxta tayyorgarlikni talab qiladi.
Maktablar va o‘quv bilim yurtlari o‘quvchilari uchun tashkil etiladigan tematik kechalar va savollar va javoblar kechalari ham huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishning ta’sirchan shaklidir. Ularni o‘tkazish uchun madaniyat saroylari, kinoteatrlar, kutubxonalar, madaniyat va istiroxat bog‘laridan foydalaniladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday kechalar ularni tayyorlashda o‘smirlarning o‘zlari ham faol ishtirok etgan joylarda qiziqarli o‘tadi. Tematik kechalarni muayyan muammolarga bag‘ishlash, savollar, tinglovchilar tarkibini, shuningdek huquqshunoslar doirasini (sud yoki prokuratura, advokatura yoki militsiya, notariat, xalq ta’limi, hunar-texnika ta’limi xodimlarini) oldindan belgilash maqsadga muvofiqdir. 3-4 nafardan ko‘proq mutaxassis ishtirok etsa, yanada yaxshi. Chunki shu zahotiyoq savollarga javoblar berishga to‘g‘ri keladi, bunday kechalarda katta amaliy faoliyat tajribasiga, shuningdek omma oldida nutqlar bilan chiqib yurgan mutaxassislar ishtirok qilgani ma’qul. Bunday kechalar “Hamma narsaga javob berib yashash”, “Sening fuqarolik burching”, “Xato qilishga haqqing yo‘q”, “Tergovni bilimdonlar olib boradi”, “Hamma uchun bir xil qoidalar” va boshqa shu kabi shiorlar ostida o‘tadi.
“Tematik kechalar” targ‘ibotning eng ko‘p tarqalgan shaklidir. Ular ko‘pincha mehnat shuhrati kechalari, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, pasportlarni topshirilishi, ochiq eshiklar kunlari, og‘zaki jurnallar bilan birga qo‘shib o‘tkazilib, bu bilan ularning ijtimoiy ahamiyati yanada kuchaytiriladi.
Og‘zaki jurnallar maxsus sonlar va sahifalardan (har bir sonda 3-5 sahifa) iborat bo‘lib, mehnat faxriylari, otaliqqa olgan kishilar, jamoatchi tarbiyachilar, jurnalistlar, adiblar, tajribali pedagoglar ishtirokida o‘tkaziladi.
Munozara - erkin fikr almashuvdir. Jidsiy bahs- munozaralarga sabab bo‘ladigan muhim hayotiy muammo munozara predmeta bo‘lishi mukin. Masalan, o‘tmish sarqitlari, loqaydlikka qarshi kurash muammosi. Munozara dasturi qatnashchilar o‘z fikr- mulohazalari, tasavvurlarini bildirishi mumkin bo‘lgan asosiy masalalarni 'o‘z ichiga olishi kerak. Munozara tashkilotchilari maqsadni oldindan belgilab olishi - qatnashchilarni u yoki boshqa huquqiy muassasa bilan tanishtirishi, bahs ijobiy natijalar keltirishi va xato fikrlar inkor etilishi uchun uning mazmunini hamma uchun umumiy fikrga aylantirishga harakat qilishi lozim. Munozaralar faktlar bilan ishlash, isbotlash, ishontira bilishga o‘rgatadi.
O‘quvchilar orasida keyingi yillarda huquqiy bilimlar olimpiadalari keng tarqalmoqda. Olimpiadalar qatnashchilariga 5-6 ta yuridik mavzudagi savolga yozma javob berish taklif qilinadi.
Bolalarda murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri xulq-atvor namunasini ko‘rsatishni hosil qilish maqsadida ularga u yoki boshqacha vaziyatda bo‘lib qolishsa, qanday ish tutgan bo‘lardi, qabilidagi savollar beriladi (masalan, ular davrasidagi bolalardan biri janjal chiqarsa yoki jinoyat sodir qilsa yoki uning uyiga o‘g‘irlangan narsalarni ko‘tarib kelsa va shu kabi vaziyatlarda nima qilish xususidagi kabi).
Huquqshunoslar, o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etadigan maxsus jyuri olimpiadaga yakun yasaydi. Eng yaxshi javoblarni tayyorlagan o‘quvchilar yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Uquvchilarning ma’naviy-huquqiy tarbiyasi uchun yana boshqacha ish shakllari - fe’l-atvor madaniyati to‘g‘risidagi leksiya- konsertlar (“Qanday qilish mumkin va qanday qilmaslik kerak”, “Insonning hamma narsasi go‘zal bo‘lishi kerak”) ko‘rik-musobaqalar (“Balli, yigitlar”, “Balli, qizlar”), salomatlik kechalari (zararli odatlar, chekish va alkogolning zarari to‘g‘risida) dan ham foydalaniladi.
Shuning uchun huquqiy tarbiyaning bunday shaklida tanlab munosabatda bo‘lish kerak. Faqat o‘tkazilishi va tashkil qilinishi qator shart-sharoitlarga muvofiq keladigan jarayonlarni borib ko‘rish tavsiya etiladi. Bizning nazarimizda quyidagilarni ana shunday shart-sharoitlar deb hisoblash mumkin: ko‘rib chiqilayotgan ishning yoshlar uchun dolzarbligi, uning ma’naviy mohiyati, jarayonining yaxshi tashkil etilishining ta’minlanishi, jarayonlarning voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish borasida tajriba orttirgan sudyalar tomonidan olib borilishi. Bir ikki sud protsessidan ko‘piga tashrif buyurish tavsiya etilmaydi. Ko‘rib chiqilayotgan ish bolalarga tushunarli bo‘lishi, ular sudlanuvchining harakatlarini to‘g‘ri baholay olishi, sud xulosasini tushuna bilishi, qonunlarga qat’iy rioya qilish, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini anglab yetadigan bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, shuni ham nazarda tutish kerakki, qonunga ko‘ra 16 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar, agar ayblanuvchi, jabr ko‘rgan, ish yuzasidan guvohlar bo‘lmasa, sud majlisi zaliga qo‘yilmaydi.
Sud protsessi tugaganidan so‘ng shu yerda qatnashuvchi o‘smirlar bilan fuqarolik yoki jinoiy ishlar masalalari to‘g‘risida suhbat o‘tkaziladi, ularning savollariga javob beradigan xalq sudyalari juda to‘g‘ri ish tutishadi.
Ichkilikbozlikka qarshi targ‘ibot huquqiy tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Yosh yigit va qizlar o‘rtasida bunday targ‘ibotni o‘tkazish markazi - maktabdir.
Bolalar qator fanlarni (davlat va huquq asoslari, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, organik kimyo va boshqalarni) o‘rganish jarayonida, huquqshunoslar, shifokorlar, xalq ta’limi va madaniyat xodimlari o‘tkazadigan leksiyalar va suhbatlardan alkogolning zarari va uning oqibatlari to‘g‘risida ko‘p narsani bilib olishadi. Universitetlar ham ichkilikbozlikka qarshi targ‘ibot borasida ko‘p ishlar qilishmokda. Masalan, yoshlar universitetlari va lektoriylari rejalariga quyidagicha mavzular kiritiladi: “Ichkilikbozlikdan jinoyatgacha - bir qadam”,
“Ichkilikbozlikka qarshi kurashning huquqiy chora-tadbirlari”, “Shaxsning jamiyat oldidagi javobgarligi”, “Ichkilikbozlik - ijtimoiy illat, o‘tmish sarqiti”.
Ma’lumki, ichkilikbozlik - huqubuzarliklar manbai. Afsuski, to shu paytgacha ham alkogolga qarshi targ‘ibot .sam samarali bo‘lib kelmoqda. Volga yetmaganlar ichkilikbozlik negizida sodir qiladigan ququqbuzarliklar salmog‘i ancha kapa. Sudlanuvchilar kursisiga tushgan o‘smirlarning so‘rovdan o‘tkazilishi shuni ko‘rsaladiki, ulardan o‘g‘il bolalarning 91,1 foizi va qiz bolalarning 67,8 foizi spirtli ichimliklar iste’mol qilishgan. Toshkent shahrida va boshqa shaharlarda tanlab o‘tkazilgan tadqijrtlar o‘g‘il bolalar (9-10- sinflar o‘quvchilari) o‘rtasida spirtli ichimlik iste’mol qiluvchilar ulushi o‘rtacha 61,5 foizga va qiz bolalar o‘rtasida - 39,5 foizga teng. Bolalarning spirtli ichimliklarni faqat bayram kunlarida va ota-onalari huzurida iste’mol qilishgani haqidagi ta’kiddashlari xotirjamlik uchun asos bo‘la olmaydi.
Ichkilikbozlikka qarshi targ‘ibot borasidagi jiddiy kamchiliklar, bizning nazarimizda, quyidagi sabablar bilan izohlanadi.
Maktablarda alkogolga qarshi targ‘bot onda-sonda, kampaniyachilik tarzida yoki favqulodda xolatlar ro‘y berganidan keyin o‘tkaziladi.
Ichkilikbozlikka qarshi mavzulardagi leksiyalar va suhbatlarda spirtli ichiliklarni suiiste’mol qilishning ijtimoiy jihati har doim ham ochib berilmaydi. Bunday targ‘ibot asosan yuqori sinflar o‘quvchilari orasida o‘tkaziladi, 5-6-sinflar o‘quvchilari orasida esa bunday ishlar yetarli o‘tkazilmaydi yoki umuman o‘tkazilmaydi. Ko‘p hollarda ushbu muhim ish uchastkasida maktab bilan ota-onalar o‘rtasidagi aloqa ta’minlanmaydi.
Huquqiy targ‘ibotning turli shakllari bilan nafaqat o‘quvchmlar, shu bilan birga ota-onalar ham qamrab olinadi.
Ota-onalar huquqiy bilimlarni ishlash, yashash joylarida, farzandlari ta’lim oladigan maktablarda, ommaviy axborot vositalari yordamida olishadi.



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə