Ызбекистон республикаси


O‘zbekiston fuqaroligi - huquqiy madaniyat belgisidir



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə54/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

4. O‘zbekiston fuqaroligi - huquqiy madaniyat belgisidir. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi davlat mustaqilligining belgisi bo‘lib, mazkur davlatga mansublikni bildiradi. Fuqaroning huquq va burchlari aynan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi. O‘zbekiston tarixida ilk bor mustaqil davlat fuqarolarining huquqiy maqomi o‘rnatildi. Xalqning asriy qadriyatlari tiklaydi. Bu o‘rinda “Fuqarolik nima?”degan savol tug‘ilishi tabiiy. Shuningdek, fuqarolik - davlat bilan jismoniy shaxs o‘rtasidagi barqaror huquqiy aloqa bo‘lib, bu huquqiy aloqa ularning bir-biri oldidagi huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Yuridik ma’nodagi fuqarolik shaxsning mazkur davlatga taalluqliligini bildiradi. U yoki bu davlatga fuqarolik, fuqaroning qaerda bo‘lishidan qa’ti nazar, mazkur davlat o‘z fuqarosining homiysi va himoyachisi ekanligini tasdiqlaydi.
Ma’lumki, shaxsning fuqarolik va siyosiy huquqlari uning eng asosiy huquq va erkinliklari jumlasiga kiradi, shu jihatdan qaraganda mustaqilligimiz asosida respublikamizda demokratik davlat barpo qilish maqsadidan kelib chiquvchi fuqarolarning tengligini e’tirof etish alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga kelib, fuqarolik maqomiga oid barcha masalalar eng avvalo, konstitutsiyamizda, fuqarolik to‘g‘risidag‘i qonun va uning asosida ishlab chiqilgan bir qancha qonuniy aktlarda o‘z ifodasini topdi. Bu ham mustaqilligimiz mahsulidir. O‘zbekiston dunyoning eng nufuzli tashkiloti - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Uning xalqaro hujjatlarini tan olingan prinsiplari asosida davlat qurmoqda. Xuddi shuningdek, respublikamiz Xelsinki jarayoni deb yuritiladigan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘ldi, uning Yakunlovchi aktini imzoladi. O‘zbekistoning fuqarolik to‘g‘risidagi qonunida ko‘zda tutilgan shaxslarning tabiiy va uzviy huquqlariga taalluqli qoidalar barcha xalqaro hujjatlarga to‘la mos keladi. Chunonchi, BMT Assambleyasi 1948 yilda qabul qilgan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”da har bir inson irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqoddaridan, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, tabaqaviy va boshqa farqdaridan qat’i na-zar, barcha huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi kerak deb e’lon qilingani kabi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonun ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonun oldida, barcha tafovutlaridan qat’i nazar, tengligini kafolatlaydi.
O‘zbekiston fuqaroligiga, avvalo kelib chiqishidan ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, mashg‘ulotining turidan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida doimiy yashayotgan, boshqa fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kirsa, yana davlat yo‘llanmasi bilan respublikamiz xududidan chetda ishlayotgan, harbiy xizmatni o‘tayotgan, o‘qiyotgan shaxslar va bundan tashqari respublika xududida tug‘ilgan, fuqarolikka qabul qilingan va O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutgan asoslar bo‘yicha fuqarolikka olingan shaxslar mansub bo‘ladi. Yuqorida zikr etilgan holatlarda fuqarolikka mansublik shaxsning istagi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. O‘zbekiston fuqaroligiga mansublik shartlari, shuningdek, 1966 yilda qabul qilingan fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktga mos keladi.
Endilikda har bir o‘zbekistonlik qalbida to‘la g‘urur bilan “Men O‘zbekiston fuqarosiman” deb baralla ayta oladi. Davlatimiz o‘zining har bir fuqarosini, dunyoning qaysi burchagida bo‘lishidan qati nazar, o‘z himoyasiga oladi, uning insoniy huquqlari hamma yerda birdek amalda bo‘lishining va bu huquqlar poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslikning chora-tadbirlarini ko‘radi.
Bizda fuqarolikka olish asosan, shu zaminda tug‘ilganlik bilan belgilanadi. Xalqaro huquqda bu tushuncha zamin prinsipi deb yuritiladi. Bu prinsipga ko‘ra, o‘z ota-onasining qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar, shu davlat hududida tug‘ilgan bola shu davlat fuqarosi deb taniladi. Zamin prinsipi Amerika Qo‘shma Shtatlari va ko‘pchilik Lotin Amerikasi davlatlari qonunchiligida qo‘llanilib, odatda, sof holda uchramaydi. Bizning qonunlarimizda ham ushbu prinsipga keng o‘rin berilgan. Chunonchi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududida tug‘ilgan farzandi O‘zbekiston fuqarosi deb hisoblanishi yoki ota-onasi noma’lum bo‘lgan, biroq respublikamizda yashayotgan go‘dak ham O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinishi, qonun bilan belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston fuqaroligini nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda saqlanib qolishi holatlari ham qonunchiligimizda nihoyatda xolisona hal etilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxe bilan nikohdan o‘tishi, nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligi o‘zgarishiga olib kelmaydi. Er yoki xotindan birining fuqaroligi o‘zgarishi ikkinchisining fuqaroligi o‘zgarishiga olib kelmaslik holati BMTning 1957 yilda qabul qilingan “Nikohdagi xotinning fuqaroligi to‘g‘risida”gi Konvensiyada ko‘zda tutilgan. Shu konvensiyaga ko‘ra nikohdan o‘tishda, nikohning bekor bo‘lishida nikohdagi er fuqaroligining o‘zgarishi xotinning fuqaroligiga ta’sir ko‘rsatmaydi deb ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston fuqaroligi boshqa davlat fuqaroligiga mansublikni tan olmaydi. Lekin tarixiy adolatsizlikni tiklash maqsadida tarixiy haqsizliklar qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz va ularning avlodlari o‘z iltimoslariga ko‘ra respublika fuqaroligiga qabul qilinishlari mumkin. Bunday qoidaning qabul qilinganligi yaqin tariximizda vatandoshlarimizga nisbatan ko‘llanilgan ijtimoiy adolatsizlikni bartaraf etishga qaratilgan.
Qonunchiligimiz fuqarolikdan chiqish va fuqarolikny yo‘qotishni fuqarolikning to‘xtatilishi asoslari deb topadi. Har bir davlatda fuqarolikni yo‘qotish amaliyotda umumiy asoslari, ya’ni avtomatik (ekspatriatsiya) ravishda fuqarolikdan chiqish, fuqarolikdan mahrum qilish va xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda ro‘y beradi.
Respublikamizda amalda bo‘lgan fuqarolik maqomi shaxsning fuqarolik huquqlarini, xalqaro huquqiy hujjatlarga mos holda tatbiq etilishini ta’minlaydi.
Albatta, inson huquqlari ko‘p qirrali va ularni kafolatlash demokratik huquqiy davlat qurayotgan mustaqil respublikamiz uchun o‘ta mas’ul vazifadir. Qabul qilingan qonunlar esa uning davlat tomonidan ijro etilajagini ifoda etadi.
Shunday qilib, fuqarolik haqidagi qonun umuminsoniy qadriyatlarga tayanib yuqori darajadagi huquqiy madaniyatni mustahkamlaydi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə