Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə56/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Namangan davlat universiteti


Milliy g’oya va huquq ta’limi kafedrasi
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari”


fanidan
amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi




NAMANGAN

Mazkur amaliy dars ishlanma Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ularga “Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” fanidan tizimli bilimlar berish, jumladan ushbu fan jamiyatimiz taraqqiyoti negizi tamoyillarini ifoda etadi va dastlabki bilimlar, ko’nikma va malakalar berishni belgilab beradi.


Tuzuvchi: t.f.n., dotsent B.Talapov


Taqrizchi: f.f.n. O. V. Mamatov

Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi NamDUning “Milliy g’oya va huquq ta’limi” kafedrasining yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqqa tavsiya qilingan.


202__ yil ____________
Kafedra mudiri: f.f.n. O. V. Mamatov
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” – “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq” bakalavriat ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan ixtisoslik fanlaridan biri bo’lib, o’quv mashg’ulotlari davomida talabalarda huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiriladi. Ushbu xususiyat orqali o’quv moduli ham milliy, ham xorijiy talabalar uchun foydali bo’ladi.


O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanning maqsadi - talabalarda huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: Mazkur fanni o’qitish orqali talabalarni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish; talabalarga huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining nazariy asoslarini o‘rgatish va ularda bu fanni chuqurroq o‘zlashtirishlari uchun zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish; talabalarni o‘quv qo‘llanmalar va boshqa ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o’rgatishdan iborat.
Fanni o‘zlashtirishi natijasida talaba:
- huquqiy madaniyat tushunchasi;
- huquqiy ta’lim va tarbiyaning ahamiyati;
- huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning o‘rni;
- huquqiy tarbiya metodlari;
- huquqiy tarbiya vositalari tushunchalari to‘g‘risida bilimga;
- huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslarining o‘ziga xos xususiyatlari;
- huquqiy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari;
- huquqiy tarbiya texnologiyalari;
- ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy tarbiyani olib borish;
- huquqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini tushuntirib bera olish ko’nikmalariga;
- huquqiy tarbiyani ta ’lim tizimlarida qo‘llay olish;
- huquqiy tarbiya tizimini jahon talablari darajasiga yetkazish;
- huquqiy tarbiya metodlarini amalga oshirish kabi malakasiga ega bo’lishi kerak.

Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi


3-bosqich V semestrda jami 146 soat; bundan 36 soat ma’ruza, 40 soat seminar mashg’uloti va 70 soat mustaqil ta’limga ajratilgan.


Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə