Ызбекистон республикаси


Qonuniylik - huquqiy madaniyatning negizi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə53/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

2. Qonuniylik - huquqiy madaniyatning negizi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etilishini e’lon qildi. Buni qonunning ustuvor va mustahkam nufuzga ega bo‘lishisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qonunning ustuvorligi shundaki, u huquqiy davlatda to‘la amal qiladi. Huquqiy kafolatsiz biz barpo qilishga intilayotgan shaxsiy va iqtisodiy erkinlik jamiyatini tuzib bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda ko‘rilayotgan amaliy choralar tufayli davlat tomonidan qonuniylikni ta’minlash tobora ishonchli bo‘lib bormoqda. Amir Temur o‘z tuzuklarida tegishli tartib va qonunga amal etish mening takdirim va yutuqlarimning asosi hamda tayanchi bo‘lib xizmat qildi, deb yozgan edi. Qonunlarning so‘zsiz amal qilishiga ishonchsizlik joylardagi ijroiya hokimiyatlari va huquqni himoya qilish idoralariga ma’naviy salbiy ta’sir qilib, ularni huquqiy nochor holatga solib qo‘yadi.
G‘arazgo‘ylik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish, davlat tizimiga va jamiyatga dushmanlik ko‘zi bilan qarash huquqiy savodsizlik, bezorilik, axloqsizlik qonun buzilishining manbalaridir. Odatda qonun buzilishining dastlabki ko‘rinishi huquqiy savodsizlikda, jinoyat qilib, jazosiz qolishga umid bilan qarashda namoyon bo‘ladi. Xalqimizning o‘ziga xos ma’naviyati ko‘p jihatdan bizda jinoyatchilikning ommaviy tus olib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Lekin fuqarolar erkinliklari kengaytirilishi bilan adolat, huquqdarni tushunib yetishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Ko‘pgina jinoiy ishlarning tahlili ayrim shaxslarning, ayniqsa yoshlarning nimani xohlasa, shuni qila olishlari mumkin, degan tushuncha oqibatida, ularning qing‘ir yo‘lga qadam qo‘yganliklaridan dalolat beradi.
"Jahon hamjamiyatida huquqiy tafakkur rivojlanishining umumiy yo‘nalishi savodxonlik va madaniyat bilan chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida 1966 yilda kuchga kirgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga ko‘shildi. Mamlakatimizda yalpi huquqiy ta’limning yo‘lga qo‘yilishi katta ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, birinchi galda barcha sohalardagi rahbar xodimlar huquqiy bilimlarni egallashlari kerak. Ikkinchidan, o‘qitishga barcha mutaxassislarni ham jalb etish lozim. Chunki ular xoh shifokor, muhandis, dehqon yoki alloma bo‘lmasin huquqiy normalarga doimo duch keladilar. Uchinchidan, matbuot, televidenie va radio orqali qyziqarli huquqiy-ma’rifiy ishlarni olib borish kerak.
Jamiyatda qonunning ustuvorligi huquqiy madaniyat bilan mus- tahkamlanadi. Bu fuqaroning xatti-harakatlari, muayyan bir vaqtda nufuzli bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, qonunga qat’iy rioya etishidir. Bu huquqiy bilim va qonunga asoslangan ax- loqiylikdir. Yetarlicha umumiy va huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan inson o‘zini qonun qo‘riqlashini biladi va qonun tomonidan belgilangan chegaralardan chiqmaydi.
Fuqaro qonunni va shaxsiy huquqlarini bilmasa, amaldorlar qoshida nochor qolib tanglikni bartaraf etishning hozirgi davrdagi murakkab iqtisodiy sharoitida maishiy muammolar oldida zaif bo‘ladi. Huquqiy madaniyatni shakllantirishni inson huquqlaridan ajratib bo‘lmaydi. Shu sababli ham Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarni tushuntirish katta ahamiyatga ega.
Konstitutsiya va qonunlar davlatning eng muhim belgilari hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekistonda yangi davlat qurilishi unta huquqiy asoslar, qonuniylik poydevori qo‘yigssan boshlanadi. Ularda davlatning xalq oldidagi mas’uliyati, inson va fuqaro huquqlarining ustuvorligi belgilab berildi.
“Hayotiy zarurat” yoki “qonunlarning turmushdan orqada qolishi” bahonasida qonunga rioya etmagan davlatlar misoli hali ham ko‘z oldimizda turibdi. Bu huquqiy boshboshdoqlik sabablari Konstitutsiyaga befarq munosabatda bo‘lish oqibatidir. Qonuniylik barqaror bo‘lishi jamiyat va davlatga huquqiy kafolat bo‘la oladi. Biroq sharoit o‘zgarishi bilan darhol qonunni o‘zgartirish hamma vaqt ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Hayot taqozosini tushunish, qonunlarga yangicha yondoshish uchun huquqiy asoslarga suyanmoq kerak.
Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar jahon huquqiy madaniyatining hamma tomonidan tan olingan mezonlariga mos tushishi zarur. Birinchidan, qonunda fuqarolarning, davlat va boshqa ishtirokchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda huquq va burchlari, manfaatlari aniq-puhta mustahkamlab qo‘yilishi kerak. Bu huquqiy normalarni amalga oshirish vositalari ham belgilanishi lozim. Ikkinchidan, mustahkamlab qo‘yilgan huquqiy normalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan davlat organi ko‘rsatilishi kerak. Uchinchidan, qonun ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyati uchun zarur imkoniyatlarni ochib berishi kerak. Inson huquqlari, ijtimoiy taraqqiyot, davlatning demokratiyaviyligi uning chegaralaridir. To‘rtinchidan, qonun o‘zida belgilangan normalarni buzganlik uchun jazo choralarini ko‘zda tutadi. Beshinchidan, madaniy qadriyat hisoblangan qonun xalq ma’naviyatiga tub jihatdan mos bo‘lishi shart. Oltinchidan, qonun o‘z normalarini hayotga tadbiq etish vosi- talarini mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak.
Sovet davri qonunlarining bir qismi ochiqdan-oydin xalq milliy ma’naviyatini cheklar edi. Masalan, ma’rifatparvar davlatlar qonunlarida “o‘tmish qoldiqlari bilan kurash olib borish” normasini tasavur etish qiyin.
Qonunga itoat eng avvalo, qonunlarni bilishni taqozo etadi. Qonunlarni davlatning mansabdor shaxslari ham, fuqarolar ham bilishi shart. Huquqiy bilimdonlikning sovetcha tushunchasi amalda qonunlarning omma tomonidan chuqur bilishlarini ko‘zda tutmas edi. Chunki bu ma’murlar va avtoritar boshqaruv uchun xavfli edi. Hamma joyda qonunga rioya etmaslik tufayligina ular hukmronlik qilardilar. Davlatda huquqning ahamiyatini inkor etish ijtimoiy ongga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi kunda ko‘p sa’y-harakatlar tufayligina huquqning ustuvorligi, qonunlarga halol rioya etish za- rurati tushunib yetilmoqda.
Fuqarolarning ongli ravishda qonun talablariga amal qilishlari bugun hamma intilishi zarur bo‘lgan fazilat qisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston beqiyos madaniy va ma’naviy o‘sishni o‘z taraqqiyotining asosi deb bilmoqda. Shu holdagina insonning o‘zi ixtiyoriy ravishda xalq, davlat, jamiyat, oilasi oldidagi mas’uliyatni tushunib yetadi. Shariatda ham qonunga itoat axloqiy norma hisoblangan. Birovning mulkiga xiyonat qilgan shaxs insoniylik huquqidan mahrum etilgan. Bu shubhasiz to‘g‘ri. Shunday ekan, insonparvarlik yordamini, dori-darmonlarni, davlat tomonidan nochor kishilar uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilish insofsiz, diyonati yo‘q maxluqlarga xos. Ayni vaqtda jinoyatchilarga nisbatan noinsoniy munosabatda bo‘lishni talab qiladigan normalarga qarshimiz. Biroq sud tomonidan belgilangan jazo va xalq la’natidan jinoyatchilar qochib qutulmasliklari kerak. Axir qo‘lga tushmagan va jazosini olmagan o‘g‘rilar jinoyatlari bilan faxrlanib yurishlari sharmandali hol emasmi? Ular davlatimizni, xalqni aldayotganliklarini tushunmaydilar.
IX-X asrlarda yashagan yurtdoshimiz buyuk mutafakkir Al-Forobiy inson va fuqaro huquqlarini, davlat va jamiyat asoslarini, ijobiy faoliyatini huquqiy kafolatlash qonuniylikning maqsadi, deb ta’kidlagan edi. Albatga, tajribada qonunlarni kundalik turmushga joriy etish g‘oyat murakkab. Yaqin vaqtgacha bizda turmush boshqa qoidalar asosiga qurilar edi. Ana shu merosdan qutilish oson bo‘lmayapti. Davlat tuzilmalari va mansabdor shaxslardan boshlab hammaning qonunga amal etishi fuqarolarni qonunga itoat ruhida tarbiyalaydi. Amir Temur ta’kidlab o‘tganidek, oddiy kishilarga nisbatan qilingan adolatsizlik qonunga va davlat nufuziga katga ziyon yetkazadi. Qonuniylik inson qanday huquqlarga egaligini, davlatning shu huquqlarni hayotga tatbiq etishi uchun nima qilishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Qonunda fuqarolarning aniq majburiyatlarini belgilab qo‘yishdan xavfsirash demokratiyaga emas, balki qaramlikka ko‘maklashadi. Davlat fuqarolardan burchalarini ado etishlarini talab qilishga haqli bo‘lib, fuqarolar ham davlatdan muayyan shart-sharoitlarni talab etishlari mumkin. Ana shu o‘zaro mas’uliyat hissi qonuniylik kafolatidir. Konstitutsiyamizda davlat va shaxs huquqlarining adolatli mutanosibligi o‘rnatilgan.
Qonuniylik bu qamisha huquqqa asoslangan barqarorlikdir. Qonuniylik ishonch tug‘diradi. Shu sababli ajdodlarimiz eng yomon qonun ham qonunsizlikdan yaxshi, deb hisoblaganlar. Chunki qonunni o‘zgartirish va boshqasi bilan almashtirish mumkin. Qonunsizlik esa chegara bilmaydi, u inson turmushi, uning mulki, ma’naviyati uchun xavflidir. Ba’zan muxoliflardan qonun eskirib qolgan, unga rioya etishning nima keragi bor, degan gaplarni enshgib qolamiz. Ammo qonunni faqat qonun chiqaruvchi oliy organ qonunga muvofiq belgilangan tartibdagina o‘zgartira oladi. bungacha tegishli qonunga amal qilish ham farz, ham qarzdir. Huquqning oliy mantig‘i shundan iborat, qonun kafolati ham shunda ko‘rinadi.
Qonunlarni mutlaqo o‘zgartirmaslik mumkin emas. Aks xolda ular taraqqiyot talablaridan orqada qoladi. Ayni paytda huquqning beqarorligi davlat va jamiyat barqarorligiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ayniqsa, iqtisodiy sohada keskin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mulkchilikning turli shakllari va mustaqilligi joriy etilayotgan hozirgi paytda qonunlarning hayotga mos bo‘lishini tahlil etish olim va amaliyotchi huquqshunoslarning kasbiy vazifalaridir.
Fikrimizcha, qonunlarning adolatli ekanligini tushunish fuqaroni erkin qiladi. Shu holdagina fuqaro qonunga ixtiyoriy amal etadi. Shu sababli qonun loyihalarini tahlil etayotganlarida ularga uzoq yillar davomida rioya etadigan kishilar ko‘zi bilan qarashlari lozim.
Qonunning adolatliligi uning inson va jamiyat mustaqilligi ehtiyojlariga mosligidan kelib chiqadi. Ammo biz bunga odatlanganmizmi? Hamisha ham bu savolga ijobiy javob berib bo‘lmaydi. Shu sababli, jamiyat uchun tadbirkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlikning ahamiyatiga befarq qarash hollari ro‘y bermayaptimi, degan savol tug‘iladi. Mustaqil davlatimizda qonun ma’naviylik, xo‘jalik yuritish, ta’lim olish erkinligining o‘ziga xos harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Har bir qonunda hali imkoniyatlar yetarli bo‘lmasada, lekin zarur erkinlik ko‘lamlari mavjud. Bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini shakllantirishga yo‘naltirilgan qonuniylik ana shunday prinsipga qurilyapti.
Shaxs manfaatini jamiyat manfaatiga qarshi qo‘yish bizning qadim ma’rifatchiligimiz va madaniyatimizga yotdir.
Sharq ma’rifatchiligida shaxs ma’naviy jihatdan xalq tomonidan himoya qilinganligi sababligina rivojlanishga, o‘z hayoti va qadr-qimmmatini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ta’biricha, insonning o‘zi uchun emas, balki xalq uchun xizmat qilishi oliy sharaf va quvonch bo‘lgan. Biz uchun bu yuksak axdoqiy va huquqiy ibratdir. Hozirgi davr Yevropa - Amerika huquqi boshqa shaxsning mutlaq huquqi ustuvorligiga asoslanadi.
Qonuniylik va erkinlik o‘rtasida ixtilof yuzaga kelmasligi uchun kishilarda davlatning O‘zbekiston istiqlol va tarqqiyotining tashkilotchisi ekanligini tushuntirish juda muhimdir. Yosh davlatimizda qonuniylikka rioya etmaslikni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Ayniqsa yakkahokimlikni da’vo qilgan shaxslarning qonunni buzish hollariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Xalq ma’naviyatiga, jamoatchilik fikri qonuniylikning eng halol ko‘rinishlaridan biridir. Ehtimol xalqimiz huquqiy ana’nalaridan foydalanish to‘g‘risidagi masalani bahs-munozara qilib ko‘rish mumkindir. Jumladan, mahallalardagi oilaviy-maishiy mojarolarga doir vijdon sudlari faoliyati to‘g‘risida turli fikrlar bo‘lishi mumkin. Ulkan hayotiy tajribaga ega bo‘lgan nufuzli oqsoqollar, balki qarindosh-urug‘larini, qo‘shnilarini hech bir hokimiyat aralashuvisiz o‘zlari yarashtirib qo‘yishlarini yo‘lga qo‘yish mumkindir.
Davlatdagi qonuniylik jonli va rivojlanuvchi tushunchadir. Xalqimiz O‘zbekistonning buyuk kelajagini qonuniylikning mustahkam poydevoriga qurmoqda.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə