Ызбекистон республикаси


-Mavzu: O’zbekistonda huquqiy madaniyatning asosiy tamoyillari



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə52/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

11-Mavzu: O’zbekistonda huquqiy madaniyatning asosiy tamoyillari
Reja:

  1. Huquqiy madaniyat taraqqiyotining yuridik asoslari.

  2. Qonuniylik - huquqiy madaniyatning negizi.

  3. O‘zbekiston fuqaroligi - huquqiy madaniyat belgisidir.

O‘zbekiston hududida milliy davlatchilikning vujudga kelishi huquqiy davlatga xos bo‘lgan tamoyillarning hayotga izchil tatbiq etilishini taqozo qiladi.
O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingandan buyon chuqur o‘zgarig‘slar sodir bo‘ldi. Mazkur o‘zgarishlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ilmiy, maorif, mafkuraviy, tashqi siyosat sohalarini qamrab oldi. Mustaqillikning betakror jarayoni jamiyat va davlatning, ijtimoiy tashkilotlarning barcha qatlamlariga, har bir inson hayotigacha yetib bormoqda, ularga barakali ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mustaqillik barcha mavjud kuchlarni safarbar qilishni, ijtimoiy yo‘nalgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z yo‘lini topish sari sobitqadamlik va muayyan maqsad bilan harakat qilishni talab etadi. Tabiiyki, bunday tub o‘zgarishlar davlat - huquqiy munosabatlarni ham chetlab o‘tmaydi.
Demokratik huquqiy davlat barpo etish konstitutsiyaviy vazifadir. Huquqiy davlatning asosiy tamoyili - qonun ustuvorligidir. Qonun ustuvorligi - qonunning hayotning barcha jabhalarida yuqori mavqega ega bo‘lishini taqozo qiladi. Biror-bir davlat idorasi, xo‘jalik va ijtimoiy siyosiy tashkilot, mansabdor shaxs yoki oddiy fuqaro qonunga itoat qilishdan ozod etilmaydi. Qonun oldida barcha tengdir.
Bir ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumdan boshqasiga o‘tish, buning ustiga kazarma (xonaki) sotsializmining ma’muriy buyruqbozlik tizimidan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga va demokratik huquqiy davlatga o‘tish iqtisodiy bog‘lanishlarning parokandaligi, ijtimoiy turmush taomilining izdan chiqishi bilan tavsiflanadi.
Mazkur sharoitlarda davlat-huquqiy sohada ziddiyatlar namoyon bo‘ladi: birinchidan, bunday hodisa qonun osti hujjatlari; ikkinchi- dan, huquqni joriy etish, ya’ni huquqni muhofaza etish organlari; uchinchidan, aholini huquqiy tarbiyalash, uning huquqiy ongi va xuquqiy madaniyati darajasida shunday ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston parlamenti - respublikaning oliy qonun chiqaruvchi organi - O‘zbekiston Oliy Kengashi bozor iqtisodiyotiga o‘tishga zamin yaratadigan qator qonunlar qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining mulk to‘g‘risida, korxonalar to‘g‘risida, ishbilarmonlik to‘g‘risida, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, chet el investitsiyalari to‘g‘risida, valyutani muvofiqlashtirish to‘g‘risida, birjalar to‘g‘risida, soliqlar to‘g‘risida, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarning boshqa sohalariga oid qabul qilgan qonunlari fikrimizning dalilidir.
Mazkur qonuniy hujjatlarda barcha mulk shakllarining tengligi, mulk egasi huquqining kafolatlanishi va qimoyalanishi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning turli tashkiliy-huquqiy normalarini tuzish va ishlash qoidalari, tashqi iqtisodiy faoliyat tamoyillari va tizimi kabilar o‘z aksini topgan.
Huquqning yangi sohasi - yaxlit tovar-bozor munosabatlarini qadam-baqadam muvofiqlashtiradigan va ijtimoiy yo‘naltarilgan bozor uchun yaxlit huquq tizimini barpo etadigan huquqiy shakl barpo bo‘lmoqsa. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasining yangi Fuqarolik kodeksi - bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini tashkil etmoqda.
O‘zbekiston yangilanishi va taraqqiyotining o‘z yo‘lini asoslaydigan tamoyillaridan biri barcha bosqichlarda o‘zgarishlarda kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishidir. Iqtisodiy o‘zgarishlarning chinakam kafolati hisoblangan kuchli ijtimoiy siyosat mustahkam huquqiy zaminda yuz beradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, uning demokratik huquqiy davlat bargyu etish sari intilishi va qonun ustuvorligining e’lon qilinishi siyosiy hayotda qonunchilikning tezroq rivojlanishiga sharoit yaratdi. Siyosiy ko‘p fikrlilik tizimining amalga oshishi uchun huquqiy zamin yaratildi. Ijtimoiy birlashmalar to‘g‘risida, Oliy Majlisga va hokimiyatning mahalliy organlariga ko‘ppartiyaviylik negizidagi saylovlar to‘krisida, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida, matbuot to‘g‘risida va boshqalarga oid qator qonunlar qabul qilindi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi sifat jihatdai yangi sudlov hokimiyatiii tuzdi. Mazkur tizim tepasida respublikaning Konstitutsiyaviy sudi, undan so‘ng esa Oliy Sud va Oliy xo‘jalik sudi turibdi.
Bugungi kunda yangi odil qonunlar majmuasi - Fuqarolik kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodekslar qabul qilindi.
Chindan ham, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy muvofiqlashtirishning zarur sharti hayotdagidek tizimiylik bo‘lib, u qabul qilinadigan qonunlarning bir-biri bilan uzviy bog‘langanligini ifodalaydi. Tizimiylik qonunlar loyihalarini tayyorlash muammosiga alohida talablar qo‘yadi, yani ular muqobillik asosida tayyorlanishi, mutaxassislarning ilmiy sinovidan o‘tishi va ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilinishini taqozo etadi. Qonunlarda boshqa hujjatlarga havola etiladigan qoidalar juda ham kam uchrashi kerak, zero bunday hollarda masalaning hal etilishini aksariyat ijroiya organlari, bir-biriga zid keladigan qonun osti hujjatlari bilan muvofiqlashtirilishi mumkin bo‘ladi.
Qonun, qanchalik yaxshi bo‘lishidan qati nazar, basharti u faqat bayon etilsa-yu, lekin davlat tizimi uni ijro etish va unga rioya qilishni ta’minlamasa, u bir jonsiz mavjudotga o‘xshab qoladi.
Fuqarolar qonunga amal qilsa, qonunning nufuzi oshadi, aksincha, u o‘z ta’sirini yo‘qotadi. Shu bois ham huquqiy fanlar vakillari tomonidan huquqni ijro etish muammolarining chuqur, har tomonlama ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə