Ызбекистон республикаси


O‘zbeklarning millat sifatida shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə35/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

3. O‘zbeklarning millat sifatida shakllanishi va rivojlanishi. O‘zbekiston ko‘p millatli yosh mustaqil davlat, ayni vaqtda ko‘hna madaniyat, betakror tarixiy yodgorliklar o‘lkasidir. O‘zbeklarning millat sifatida shakllanishi uch ming yillik tarixga egadir. O‘zbekistonning jahonga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlari Temur va temuriylar zamonigacha ham Markaziy Osiyoda ilm, madaniyat va me’morchilikning Sharq Uyg‘onish davrini o‘zida mujassam etgan. Buyuk bobokalonlarimiz - huquqshunoslar Termiziy, Marg‘inoniy, Nasafiy, qomusiy olimlar Forobiy, Ibn Sino, matematik- astronomlar Xorazmiy, Beruniy, Farg‘oniy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, tilshunos-shoirlar Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Zamaxshariy, Yugnakiy, Pahlavon Mahmud; tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy; Muhammad Solih; so‘fiylik tariqatiga mansub shayx-murabbiylar Ahmad Yassaviy, Naqshband, Najmiddin Kubro kabi mutafakkirlarning xizmatlari jahonda e’tirof etilgan.
Respublikamizda o‘zbek millatiga mansub bo‘lganlar 18 million kishini tashkil etadi. Yana qariyb 5 million o‘zbeklar O‘zbekistondan tashqarida yashaydilar.
O‘zbeklarning tarixiy Vatani Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida, hududlari ko‘p jihatdan qadimgi Sug‘diyona chegaralariga mos keluvchi maydonda joylashgan. Bu hozirgi O‘zbekiston xududiga to‘g‘ri keladi. Arablar mazkur o‘lkani Movarounnahr deb ataganlar va bu nom Temur va temuriylar davrigacha iste’molda bo‘lgan. Chor Rossiyasi istilosidan keyin esa mamlakat Turkiston, deb atala boshlangan.
Movarounnahrda o‘zbek etnosining boshlanishi haqidagi ma’lumotlar VI asrdayoq ma’lum edi. XI asrda qoraxoniylar davridayoq mazkur etnos Xorazm hamda Toshkent vohalarida, Farg‘onada, qadimiy Sug‘diyona davlati xududining bir qismida ko‘pchilikni tashkil etar edi. Xuddi shu davrda Movarounnahrda turk tilida so‘zlashuvchi xalqlar kelib chiqishining asosiy bosqichi boshlandi, keyinchalik bu xalq o‘zbeklar deb nom oldi.
O‘zbeklarning davlat qurilishi qoidalari, dehqonchilik tajribalari hamda mehnatdagi kashfiyotlari, san’at va madaniy an’analari eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi, avval Eron shohlari ahmoniylar (eramizdan avvalgi VI asr), keyinchalik Iskandar Zulqarnayn va Salavkiylar, arablar (VII-VIII asrlar), Chingizxon va uning avlodlari - Chig‘atoy ulusining boshliqlari “Sug‘d” deb atalgan “Ming shahar” o‘lkasiga xukmron bo‘lish niyatida tinchliksevar xalq bilan jang qildilar. Yaqin va Uzoq Sharq, Ovro‘po va Hindiston mamlakatlarini bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lida joylashgan hozirgi o‘zbeklarning ota-bobolari jahon taraqqiyotidagi barcha ezgu hodisalarga nisbatan o‘zlarida ta’sirchanlik va xayrixohlik hislarini rivojlantirdilar. Movarounnahrning buyuk farzandi Amir Temur o‘zbeklarni bir davlatga birlashtirdi. 1499 yilda nasl-nasabi bilan Oltin O‘rda hokimi O‘zbekxonga borib taqaluvchi Shayboniyxon boshchiligidagi turk ko‘chmanchilarining hokimiyatga kelishlari bilan hozirgi zamon o‘zbeklarining shakllanishi amalda tugallandi.
“O‘zbek” - degan atama an’anaviy avloddan-avlodga o‘tib kelgan nom bo‘lib, XI asr manbalaridayoq uchraydi. Ayniqsa Chig‘atoy qabilasida juda faol ishlatilgan, keyinchalik, XIX asrda esa umum tan olgan nomga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tarkibida Moskvaning yarim mustamlaka protektoratiga aylanganidan keyin (1924 y.) “o‘zbek” etnonimi tan olingan.
Oromiy yozuvi negizida xorazm va sug‘d yozuvi, ular asosida esa qadimgi turk yozuvi vujudga keldi. Keyinchalik o‘zbeklarning avlodlari arab yozuvini qo‘llay boshladilar. XV asrning oxiri - XVI asrning boshlarida o‘zbek tili buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning xizmatlari tufayli adabiy til sifatida tarkib topgan. 1989 yilda esa ana shu tilga davlat tili maqomi berildi.
O‘zbekiston Ovro‘po va Osiyo ma’rifatparvar dunyosini, madaniyatlarini birlashtiruvchi xalqaro yo‘llar kesishgan, qadimgi “Buyuk ipak yo‘li” o‘tgan zaminda joylashgan. Ma’naviyatimiz shakllana boshlanganiga kamida uch ming yil bo‘ldi. O‘zbeklar goyat ko‘qna va turli xalqlardan iborat, negizida saklar, massagetlar, sug‘dlar, salavkiylar hamda qabilali turklargacha bo‘lgan g‘oyat qadimiy va chuqur ildizli millat hisoblanadi. Ularning avlod-ajdodlari bundan ming yillar muqaddam shu tuproqda o‘troq bo‘la boshladilar. O‘zbek elati shakllanishida o‘tmishda arablar va fors-tojik madaniyati namoyondalari, XIII-XVI asrdagi mo‘g‘ullar hamda XV-XVI asrlardagi Chingizxonning Chig‘atoy ulusi mo‘g‘ullari o‘zlarining bevosita ta’sirini ko‘rsatganlar. Masalaga yanada chuqurroq qaraydigan bo‘lsak, o‘zbeklarning ota-bobolariga ajdodu-avlodlariga hindlar, xitoylar, greklar tomonidan ham ma’naviy va madaniy ta’sir bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ta’bir joiz bo‘lsa, elat tarzida shakllangan bu o‘ziga xos gilamda uyg‘urlar, armanlar, lo‘lilar va o‘nlab nisbatan boshqa kam sonli milliy jamoalarga taalluqli, darhol ko‘zga tashlanmaydigan madaniy naqshlar ham to‘qilganligini aytish kerak. Yigirma asrdan ko‘proq davrdan beri Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda bizning avlod-ajdodlar bilan birga yahudiylar yashagan va yashab kelmoqda. X asrdan XV asrgacha Movarounnahr shaharlarida talaygina nasroniylar ham yashaganlar. Islom qabul qilingunga qadar mo‘g‘ul hukmdorlari ularga ommaviy homiylik qilganlar.
XIX asrning ikinchi yarimidan boshlab Turkiston xalqlari orasida ruslar va rus madaniyatiga mansub kishilar kelib qo‘shildi. Bularning hammasi aniq tarixiy va milliy o‘ziga xoslik sharoiti tarzida milliy davlatchilikning va huquqiy tizimning vujudga kelishi va rivojlanishiga barakali ta’sir etadi.
O‘zbeklarning Markaziy Osiyo xududidagi boshqa xalqlar bilan genetik (kelib chiqishga oid), etnik, madaniy va diniy yaqinligi ularni. O‘zbekistonda yashovchi, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi boshqa millat vakillariga nisbatan do‘stona, samimiy munosabatda bo‘lishini belgilab berdi.
O‘lka aholisi tarixan va hozirgi vaqtda ham ko‘p dinlidir. Mazkur hududda hamma vaqt ham yetakchi diniy jamoa mavjud bo‘lib, unga aksariyat aholi mansub edi. VII asrgacha “Avesto”ni xurmatlovchi zardushtiylar va ular bilan birga nasroniylar ana shunday jamoalardan hisoblanganlar. Muni payg‘ambarning izdoshlari bo‘lmish buddachilar ham yashaganlar. VII asrning oxiri - VIII asrning boshlarida Movarounnahrga Islom dini kirib kela boshladi. Islom o‘zining amaliy-axloqiy jihatlari, madaniy-maishiy qoidalarining muloyimligi, ma’naviy qadriyatlarining yaqinligi tufayli IX-X asrlarda o‘zbeklarning ota-bobolari tomonidan qabul qilindi, bu esa ularning tarixiy rivojlanishida belgilovchi xususiyat bo‘lib xizmat qildi. XI-XII asrlarda mamlakatda Islomning sunniylik oqimi keng yoyila boshladi. Mazkur tariqat hozirgi kunda ham qo‘llab-quvvatlanmoqda, millionlarning e’tiqodiga aylanmoqda.
Din erkinligi mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasida yuridik jihatdan tan olingan va mustahkamlab qo‘yilgan. Dunyoviy davlatning konstitutsiyaviy prinsiplarini yangicha tushunish dinni davlatdan, ta’limdan ajratishni, shuningdek, dinning ma’naviy yangilanish, axloqiy tarbiyadagi katta, an’anaviy ahamiyatini tan olishni nazarda tutadi.
Machitlar faqat o‘ziga xos vazifalarni bajaribgina qolmasdan, ma’rifiy, madaniy va ta’lim-tarbiyaviy markazlarga aylanmoqda. O‘zbekistonda musulmonlar jamoasi ixtiyorida 5 ming jome va mahalla machiti bor. Vaholanki 1989 yilgacha ularning soni 100 dan ham oshmas edi. Aksariyat holda ular qarovsiz qolardi. Qayta tiklangan ko‘pgina tarixiy binolar machit ixtiyoriga qaytarib berildi, ibodatchi xalq mablag‘lari hisobiga machit uchun ko‘plab yangi binolar qurildi.
Deyarli har bir viloyat markazida diniy o‘quv yurtlari-madrasalar ochildi. Ular qadimgi zamonlardayoq aholini ilmu ma’rifatli qilishda sezilarli mavqega ega bo‘lgan. Madrasalarda o‘qitiladigan fanlarning hajmi keng, beriladigan bilimlar ancha chuqur bo‘lgan. Mavjud madrasalar tizimiga Imom al-Buxoriy nomidagi Mirarab madrasasi (Buxoro shahri) va ana shu nomdagi Toshkent Islom ma’hadi boshchilik qilmoqda. Ular Qohira shahridagi Al-Azhar dorilfununi va Iordaniya qirolligining Islom dorilfununi kabi yirik islomiy ilm markazlari bilan o‘zaro aloqa bog‘laganlar.
Markaziy Osiyodagi ko‘pchilik musulmonlar singari o‘zbek musulmonlari ham hanafiy huquq mazhabi talablariga amal qiladilar. Mazkur huquqiy mazhabning qoidalari Islom aqidalarini oqilona sharxdashga mo‘ljallangan. Jumladan, ana shunday qoidalardan biri tinchliksevarlikni va boshqa dinlarga hurmat bilan qarashni talab qiladi.
O‘zbekistonda Islom bilan bir qatorda 10 dan ortiq dinlar mavjud. Jumladan, nasroniylikni qabul qilishga da’vat qilish haqidagi eng qadimiy xujjat eramizning 196 yilida yozilgan. Asrimizning boshidan beri Yahudo dinidagi kishilar jamoalari mavjud. XVI asrdan boshlab arman havoriylari (grigoriyan) cherkovi jamoalari amal qilib qilmoqda. Movarounnahr - buddizm paydo bo‘lgan markazlardan biri. Arxeologii qazilmalar pgulardan dalolat bermoqda. XVI asr oxirida staroobryadchi-eski taqvochilar rus kazaklari jamoasi, XIX asrning 40-yillarida esa mennonit - nemislar jamoasi diniy ta’qiblardan qochib, Xiva xonligiga ko‘chib kelganlar. Keyinchalik ko‘chib kelgan turli millat vakillari pravoslav nasroniylar, yevangelistlar, katoliklar jamoalari va boshqa mazhabdagi diniy jamoalarni tuzganlar.
Rus pravoslav cherkovining Turkiston arxiepiskopati Toshkent shahrida joylashgan, shaharda yeparxial bilim yurti, monastirlar ochilgan. Cherkov o‘z gazetasini chiqarib turibdi. Katoliklarning ibodatxonalari ham tiklangan. 1993 yilda Toshkentda ta’mirlangan kirka (lyuteran cherkovi) binosi lyuteranlarga berildi. Samarqandda ilgari arman-grigorianlarga qarashli bo‘lgan bino ta’mirlanib, egalariga topshirildi. Yevangeliya nasroniy-baptistlarga, nasroniy-pyatidesyatniklarga, Yettinchi kun adventistlariga, nasroniy-presviteran cherkoviga va boshqalarga mansub dindorlar ham o‘z diniy marosimlarini bemalol bajarmoqdalar, diniy adabiyotlar olmoqdalar, diniy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Yahudo diniy markazi ishlab turibdi.
O‘zbekistonda barcha diniy jamoalar respublikaning ko‘p millatli aholisi orasida o‘zaro hurmatga ega, sadoqat ko‘rsatib Konstitutsiyaga va qonunlarga so‘zsiz amal qilish majburiyatini zimmalariga olganlar.
O‘zbekistonda yashovchi turli millatlarning aksariyat namoyandalari faqat diniy jamoalar orqali emas, balki ixtiyoriy ravishda tuzilgan milliy-madaniy markazlar va jamiyatlar vositasida ham o‘z milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z ona tillarini chuqur o‘zlashtirib olish, o‘z vatandoshlari bilan ma’naviy muloqotda bo‘lish imkoniga egadirlar. Bugungi kunda O‘zbekistondagi bunday markaz va jamiyatlar soni 100 tadan oshib ketdi. Bulardan eng yiriklari - Rus madaniyati uyushmasi, turk, koreys, nemis, polyak, yahudiy, tatar, boshqird madaniy markazlari, litvaliklar jamoasi, Buxoro yahudiylari markazi va boshqalardir.
Qozoq madaniy markazi o‘z gazetasini chiqarmoqda. Davlat yordamida tojik, turkman va tatar tillarida ro‘znomalar chiqib turibdi. Rus tilida 20 dan ortiq gazetalar nashr etilmoqda. Milliy-madaniy markazlar va jamiyatlarga radio va televidenie orqali o‘z ma’naviyatlarini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan chiqishlariga imkon yaratib berilgan. Ularning festivallari, til va madaniyat bayramlari, turli konferensiyalar va tanlovlar o‘tkazishlari uchun yangi qurilgan ko‘rkam “Navro‘z” binosi xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda yagona partiyaning, yagona mafkuraning yakka hokimligiga barham berildi va hozirgi paytda ko‘ppartiyaviylik tartibi amal qilib turibdi. Fuqarolarning siyosiy erkinliklari Konstitutsiya bilan, “Jamoat uyushmalari to‘g‘risida”gi va “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunlar bilan kafolatlangan. Konstitutsiya ko‘ppartiyavilikni saylov tizimining va ijtimoiy-siyosiy hayotning konstitutsiyaviy qoidasi sifatida mustahkamlaydi. Respublikada bir yarim mingga yaqin jamoat uyushmalari ishlab turibdi.
Respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida ommaviy jamoat uyushmalari, turli xil fondlar va uyushmalar ham faol qatnashmoqda. Masalan, respublikaning Ekologiya va salomatlik, Ijodkor yoshlar, Milliy-madaniy meros, Markaziy Osiyo xalkdari hamkorligi fondlari va uyushmalari hamda ko‘pgina boshqa tashkilot va muassasalar yosh davlatni yangilash va taraqqiy ettirishdan iborat ijtimoiy va madaniy vazifalarni hal qilishga ko‘maklashmoqda.
Iqtisodiy yo‘nalishdagi jamoat birlashmalari orasida O‘zbekiston Tadbirkorlar itgifoqi va Dehqon hamda fermer xo‘jaliklari uyushmasi aloxdda ajralib turadi. Ular davlat yordamida kichik va o‘rta ishbilarmonlikning rivojlanishiga, xususiy tadbirkorlarni huquqiy himoyalashga ko‘maklashmoqdalar.
Xodimlarning, alohida professional va ijtimoiy aholi guruhlarining mehnatini muhofaza qilish, xuquqlarini himoyalash va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish masalalarida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, ijodkorlar - yozuvchilar, bastakorlar, rassomlar, me’morlar uyushmalari va boshqalar katga ahamiyatga egadir.
Umuminsoniy qadriyatlarni yoyishda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarni amalga oshirishda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi - BMTga ko‘maklashuvchi milliy uyushma, chet ellar bilan madaniy aloqalar va do‘stlik jamiyatlari, boshqa jamoat tuzilmalari salmoqli hissa qo‘shmoqdalar.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə