Ызбекистон республикаси


Milliy mafkuraning mohiyati



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə34/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

2. Milliy mafkuraning mohiyati. “Milliy mafkura” iborasini ishlatish yaqin-yaqinlargacha rasmiy mafkuraga nisbatan adovat hisoblanardi. O‘z millatini sevish, uning milliy yutuqlardan faxrlanish, millat yo‘lidagi sa’yi-harakatlarga “millatchilik” tamg‘asi bosilib, qoralanardi.
Nahotki, insonning o‘z millatiga mansubligidan g‘ururlanishini “millatchilik” deb bo‘lsa?! Birorta ham o‘z millatini sevmagan millat vakili bo‘lmaydi. Milliylik, millatta mansublik - umumjahon taraqqiyotining qonuniyatidir. “Millatchilik”, “millatchi” deydiganlarni, o‘z nasl-nasabini bilmaydiganlarni achinish bilan buyuk davlatchilik, imperiyacha milliy siyosat “manqurtlari” deb baholash mumkin, xolos. Bugungi kunda “O‘zbekman, millatim, ona yurtim bilan faxrlanaman, o‘zbek davlatining fuqarosiman” deb aytish baxtidan zavqu-shavqqa to‘lmaganlar haqida nima deyish mumkin, axir?! Milliy tilimizdan, dinimizdan ayrilib qolayozdik, tarixiy merosimizni, milliy urf-odatlarimizu udumlarimizni unutayozdik, degan iboralarda jon bor, albatta. Alohida qayd etish zarurki, avvalambor, shunday ayuhannos solayotganlarning o‘zlari, mana shu ahvolga tushib qolganlar. Binobarin, ular hammadan ko‘ra ko‘proq baqiradilar. Shukronalar bo‘lsinkim, o‘zbek xalqi istibdod, tazyiqu cheklashlarga qaramay hech qachon tili, dini, madaniyati, merosi ildizlaridan uzilib qolgan emas.
Millatimizning mana shu chuqur va teran, sog‘lom va boy ma’naviyat tomirlari, inson huquqlari mustahkam poydevorining tayanch nuqtalarini tashkil etadi.
O‘zbek milliy mafkurasining negizini, birinchidan, milliy g‘urur; ikkinchidan, o‘zbek millatining asosiy ma’naviy-axloqiy fazilatlari; uchinchidan, buyuk milliy-madaniy merosimiz tashkil etadi.
Shunday qilib, o‘zbek milliy mafkurasi “mustaqilligimizning, demokratik jamiyatning, huquqiy davlatchilikning, ijtimoiy adolatga asoslangan turmushimizning, ularga qaysi yo‘l orqali borajagimizning g‘oyaviy ifodasi bo‘lmog‘i lozim”1.
O‘zbek milliy mafkurasining asosiy g‘oyalari, pirovardida, qanday insonni tarbiyalash va qanday jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘yganiga qarab belgilanishi darkor. Milliy mafkuramiz ma’naviy jihatdan, Forobiy iborasi bilan aytganda, “fozil jamiyatda komil inson”ni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun quyidagilarni tarbiyaviy ishlarning asosiy g‘oyalari sifatida ilgari surish mumkin: vatanparvarlik, erkinlik, insonparvarlik, milliy iftixor, mehnatsevarlik, imon-e’tiqodlilik, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik va onglilik, taraqqiyparvarlik, hur fikrlilik, baynalminallik2.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə