Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə21/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

27
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
bo‘lmagan bolalar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlatlarning aksariyati ta’limdagi
yo‘qotishlarni aniqlash bo‘yicha aniq o‘lchovga ega emas. Xususan, 2020-yilda
mamlakatlarning atigi uchdan bir qismi ta’lim darajasini o‘lchash bo‘yicha
standart baholash choralarini ko‘rgan. Zero, ta’limdagi yo‘qotishlarni o‘lchash bu
ta’limni tiklashga bo‘lgan dastlabki qadam hisoblanadi.
3. Imtihonlar: Global darajada, pandemiya ta’limning barcha daraja va
bosqichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Daromadi past va o‘rtachadan past bo‘lgan
mamlakatlarda boshlang‘ich ta’limning 2/3 qismida, umumiy o‘rta ta’limning 3/4
qismida imtihonlar o‘tkazilmagan yoki keyinga qoldirilgan.
So‘rovnomada qatnashgan davlatlarning 28 foizi o‘rta sinflaridagi va

18 foizi yuqori sinflardagi imtihonlarni bekor qilgan. Daromadi yo‘q yoki juda past


bo‘lgan mamlakatlar har qanday darajadagi imtihonlarni bekor qilgan.
Har 10 ta mamlakatning 7 tasi imtihon markazlarida sog‘liqni saqlashni
yaxshilashga qaratilgan xavfsizlik standartlarini joriy qilgan. Yuqori daromadli
mamlakatlarning 35%i umumiy o‘rta ta’limda boshqaruv mexanizmlarini va
xodimlarining ish tartibini sharoitga moslashtirgan, biroq daromadi o‘rtadan
past bo‘lgan davlatlar buni amalga oshira olmagan.
Mamlakatlarning 34%ida boshlang‘ich va 47%ida o‘rta va yuqori bosqichdagi
ta’limning bitiruv mezonlari o‘zgartirilgan.
I BOB. MAKTABLARNING YOPILISHI VA TA’LIMDAGI YO‘QOTISHLAR
Bir yildan ko‘proq vaqt oldin COVID-19 tufayli butun dunyo bo‘ylab maktablar
yopilib, o‘qishda uzilishlar paydo bo‘lgan. Garchi ko‘pgina mamlakatlarda
masofaviy ta’lim dasturlari joriy etilgan bo‘lsa-da, an’anaviy ta’lim muddatining
qisqarishi ta’limdagi katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan.
Ushbu bobda maktablarning yopilishi va pandemiya davrida maktabda
o‘qitish tizimining o‘zgarishi, shu jumladan, o‘quvchilarning ta’lim natijalarini
baholash va ta’limdagi yo‘qotishlarni kamaytirish uchun yangi g‘oyalar va
tajribalar o‘rganilgan.
2020-yilda o‘rtacha 79 kunga maktablar to‘liq yopilgan (maktabgacha,
boshlang‘ich va o‘rta maktablar). Bu OECD va G20 mamlakatlari bo‘yicha
o‘rtacha o‘quv kunlarining taxminan 40% ni tashkil etadi
Maktablar rivojlanayotgan davlatlarda 88 kun, rivojlanmagan davlatlarda
115, rivojlangan davlatlarda 53 kunga to‘liq yopilgan. Maktablarning yopilishi
daromadi o‘rta va past bo‘lgan mamlakatlar orasida ko‘proq kuzatilgani





28
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
maktabga xavfsiz ta’limni ta’minlaydigan infratuzilmaning yetishmasligi bilan
bog‘liq edi.
Maktabgacha ta’lim o‘rtacha 78 kun, o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich
sinflari esa 79 va 80 kunga yopilgan. Masalan, rivojlangan mamlakatlar orasida
boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim muassasalari 2020-yilda o‘rtacha 46
kunga yopilgan bo‘lsa, rivojlanmagan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 90 kunni
tashkil etgan (1-1-rasm). Rivojlanayotgan mamlakatlarda yosh bolalar kasallik
bilan kasallanish ehtimoli kamligiga qaramay, boshlang‘ich sinflarni yopish
holatlarining yuqori darajasi kuzatilgan.
Rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sanitariya-gigiyena
qoidalariga rioya qilgan holda maktabga qaytarish maqsadga muvofiq
hisoblangan, ammo rivojlanmagan davlatlarda bu katta qiyinchilikni yuzaga
keltirgan.
Ta’lim darajalari nisbatan past bo‘lgan mamlakatlarda an’anaviy o‘qitish
kunlarining qisqarishi ehtimoli ko‘proq bo‘lgani kuzatilgan (1-2- rasm).






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə