Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə29/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

41
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Aksariyat mamlakatlarda o‘qituvchilar 2019-2020-o‘quv yilida maktablar
yopilganda xavfsiz ta’lim olishni ta’minlashda masofaviy/onlayn ta’limga o‘tish
hamda turli usullar yordamida o‘quvchilar va oilalar bilan muloqot qilgan.
Hukumat xavfsiz maktablarni ochish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda
o‘qituvchilarni emlashga ustuvor ahamiyat berishni davom ettirishi kerakligi
ta’kidlangan.
O‘zbekiston:
Karantin davrida o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish
haqi to‘liq saqlangan holda) davom ettirishgan. Navbatdan tashqari mehnat
ta’tilida bo‘lgan xodimlarning ta’til muddati yillik asosiy mehnat ta’tili hisobidan
uzaytirilgan. Qolgan xodimlarga zaruratga ko‘ra yillik ta’tildan foydalanish
grafigidan qat’i nazar, asosiy mehnat ta’tili hisobidan haq to‘lanadigan yillik
mehnat ta’tili taqdim etilgan.
Koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon
qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan o‘qituvchilar, shuningdek,
ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarini parvarish qilayotgan xodimlarga
o‘rtacha oylik ish haqining 100 %i miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
nafaqasi to‘langan.
Koronavirus infeksiyasi bilan zararlanib, karantinga joylashtirilgan 14
yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi bo‘lgan pedagog xodimlar bilan mehnat
shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlangan.
V BOB. MAKTABLARNING QAYTA OCHILISHI
Ushbu bobda mamlakatlarning maktablarning xavfsiz holda qayta
ochilishini ta’minlash va bolalarning maktabga qaytishini nazorat qilish va
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar to‘g‘risida xulosalar keltirilgan. O‘quvchilar,
ayniqsa, kam ta’minlanganlar, yo‘qotilgan ta’limni qayta tiklashga va o‘rganishga
yordam berishlari uchun maxsus va doimiy yordamga muhtoj bo‘lishadi.
Maktablarda kasallik yuqtirishni minimallashtirish maqsadida, maktablar
uchun mavjud infratuzilma va cheklangan qo‘shimcha sarmoyalar (masalan,
qo‘llar gigiyenasi yoki havoni ventilyatsiya qilish) bilan amalga oshirishi mumkin
bo‘lgan chora-tadbirlarni, shuningdek, ko‘proq sarmoyalarni talab qilishi mumkin
bo‘lgan tadbirlarni, ta’lim sohasi va boshqa sohalar o‘rtasida muvofiqlashtirish
(sog‘liqni saqlash yoki transport kabi) ishlarni amalga oshirishi zarur.
So‘rovnomada qatnashgan davlatlarning deyarli 99%i o‘zlarining Ta’lim
vazirliklari sog‘liqni saqlash va gigiyena bo‘yicha, maktablar uchun ko‘rsatmalar





42
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
va tadbirlarni ma’qullaganini tasdiqlagan. Mamlakatlar pandemiyaga deyarli
universal tarzda javob berib, maktablarda kasallik yuqtirishni kamaytiradigan,
xususan tashqi olamdan jismonan chetlashish, qo‘l va nafas olish gigiyenasi bilan
bog‘liq amaliyotlarni targ‘ib qilishgan (5-1-rasm).
Daromadi past bo‘lgan mamlakatlarning 57%i kasallangan o‘quvchilari
yoki xodimlarini kuzatib borishini ta’kidlaganlar. Garchi gigiyenani targ‘ib
qilish mamlakatlar bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lsa-da, daromadi past bo‘lgan
11 mamlakatdan faqat 1 tasi barcha o‘quvchilar va xodimlarning xavfsizligini
ta’minlash uchun yetarli miqdorda gigiyenik vositalar (masalan, sovun, toza suv,
UASh moslamalari va maskalari) mavjudligini ma’lum qilgan. Dunyo miqyosida
mamlakatlarning 55%i sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalarga
barcha maktablarida amal qilinayotganligini ko‘rsatishgan. (5-2-rasm).
Maktablar ochilgandan keyin ham, ba’zi o‘quvchilar maktabga qaytmasliklari
mumkin edi.
Maktablar yopilishining global eng yuqori cho‘qqisidan bir oy o‘tgach,
UNISEF tomonidan kuzatish olib borilgan. Unga ko‘ra mamlakatlarning 1/3






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə