Izlanishlar, yechimlar muammolar


III BOB. MASOFADAN O‘QITISHNI TASHKIL ETISH TIZIMLARI



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə26/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

III BOB. MASOFADAN O‘QITISHNI TASHKIL ETISH TIZIMLARI
COVID-19 pandemiyasi sababli ko‘plab davlatlarda maktablarning yopilishi
va ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida masofadan o‘qitish masalalari
o‘rganila boshlandi. Aksariyat mamlakatlar maktablar yopilganidan so‘ng
o‘quvchilar uchun masofadan o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etishgan.
Ushbu masofadan o‘qitish usullari qog‘ozda olib boriladigan materiallardan
tortib, televideniye va radio kabi ommaviy axborot vositalarini tarqatish, raqamli
onlayn platformalargacha bo‘lgan keng ko‘lamli ishlarni o‘z ichiga qamrab
olgan. Ushbu bobda ta’lim vazirliklarining COVID-19 pandemiyasi sababli
maktablarning yopilishi, masofaviy ta’limning qanday ta’minlagani, masofadan
o‘qitish jarayoni va samaradorligi hamda aholi zaif qatlamining masofaviy
ta’limdan foydalanishdagi muammolari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Onlayn platformalar quyi, o‘rta va yuqori daromadli mamlakatlarda eng
mashhur tanlovlardan biri bo‘ldi. Onlayn platformalardan tashqari, qog‘ozga
asoslangan uyga olib ketish paketlari daromadi o‘rtadan past, o‘rtadan yuqori va
yuqori daromadli mamlakatlar orasida mashhur bo‘lgan. Daromadi past bo‘lgan
mamlakatlarning aksariyati televideniye (82%), radio (92%) va radioeshittirish
kabi vositalaridan foydalanganlar.
Mamlakatlarning aksariyati (94%) masofaviy ta’limni ta’minlash uchun bir
necha usullardan foydalanganliklari haqida xabar berishadi. Bundan tashqari,
mamlakatlarning yarmidan ko‘pi besh yoki undan ortiq masofadan turib o‘qitish
usullaridan foydalanganini ma’lum qilgan.





35
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
SMS yoki telefon qo‘ng‘iroqlaridan foydalangan holda uyali aloqa
vositalariga asoslangan interaktiv usullar o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan
muloqotni o‘rnatishga imkon bergan va masofadan o‘qitish samaradorligini
oshirgan. Bundan tashqari, bir nechta usullardan foydalanish, qishloq yoki kam
ta’minlangan oilalar farzandlari uchun masofaviy ta’limga kirish imkoniyatini
oshirishga yordam bergan.
Umuman olganda, 2020-yilda maktabni yopish paytida mamlakatlarning

46 %ida har to‘rt o‘quvchidan uchtasi masofaviy ta’limga o‘tganligi aniqlangan


(3-2- rasm).
Shu bilan bir qatorda, o‘qituvchilarning bu borada fikrlari farqli ekani
aniqlangan. Ba’zi o‘qituvchilar uchun masofadan o‘qitishga o‘tish turli
xil sabablarga ko‘ra asab tizimiga ta’sir o‘tkazishi mumkin degan fikrga
kelgan. Chunki aloqaning yomonligi, raqamli texnologiyalardan foydalanish
mahoratining yetishmasligi va shu kabi omillar masofadan o‘qitish darajasining
pasayishiga olib kelgan.
Umuman olganda, hukumatlar ta’limni yetarlicha va muntazam ravishda
moliyalashtirish va raqamli ta’limni integratsiyalash bo‘yicha aniq belgilangan
hamda tezkor siyosatni ishlab chiqishlari zaruriyati kelib chiqqan. Zero,
masofadan o‘qitishni ta’minlashdan olingan saboqlarga tayanish nafaqat hozirgi
pandemiyaning ta’lim ta’sirini kamaytirish, balki kelajakdagi inqirozlarga qarshi
kurashishni mustahkamlash uchun ham muhimdir.
O‘zbekiston:
Pandemiya sababli xalq ta’limi tizimiga masofaviy texnologiyalar joriy
qilinib, 10 000 mingdan ziyod ta’lim muassasasidagi 7 000 000 ga yaqin
o‘quvchiga televidenie hamda internet orqali onlayn videodars berish
yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi mexanizm karantin sharoitida fanlar o‘z vaqtida
o‘zlashtirilishini ta’minlab berdi.





36
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Chekka va olis hududlarda joylashgan aholi punktlarida yashovchilar
uchun ochiq rejimda qo‘shimcha ravishda bepul ulangan 4 ta telekanal orqali
videodarslar tashkil qilindi.
O‘zbekiston
milliy
teleradiokompaniyasining
Yoshlar
telekanalida

1-4-sinf, “Oilaviy” telekanalida 5-8-sinf va “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida



9-11-sinf o‘quvchilari uchun, “Dunyo bo‘ylab” telekanalida barcha amaliy fanlardan
mahoratli o‘qituvchilar tomonidan televizion darslar olib borildi.
Onlayn darslarni suratga olishga respublikaning 117 ta eng yaxshi malakali
o‘qituvchilari jalb qilingan. Shuningdek, 8 ta surdo tarjimon va 15 ta muharrir
onlayn darslar ustida ishladi.
O‘quvchilarni masofaviy o‘qitish usuliga o‘tkazish jarayonida tizimli
kamchiliklar kuzatilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz ham bundan mustasno
emas, albatta. Ayni paytda O‘zbekistondagi 6,2 milliondan ortiq o‘quvchining
barchasi ham masofaviy ta’lim olish bo‘yicha zarur resurs hamda teng sharoitga
ega emas.
Ayniqsa, pandemiya tufayli ko‘makka muhtoj aholi qatlami eng ko‘p zarar
ko‘rmoqda. Bunday yurtdoshlarimizning ko‘pi chekka hududlarda yashayotgani
uchun elektron qurilmalardan foydalanish yoki internet tarmog‘iga ulanish
imkoniyatiga ega emas.
Shu kabi holatlarni inobatga olib, koronavirus pandemiyasining
mamlakatimiz xalq ta’limi tizimiga ta’sirini yumshatish, o‘quvchilarning davlat
ta’lim standartlari talablari asosida bilim olishini ta’minlash hamda o‘quvchilar
va o‘qituvchilarning salomatligi, xavfsizliklarini asosiy o‘ringa qo‘ygan holda,
muayyan ishlar amalga oshirildi:
- televizion videodarslar loyihasini yozgi ta’tilda ham davom ettirildi;
- 754 ta maktabda qardosh (tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman) tillarda ta’lim
olayotgan 150 mingga yaqin o‘quvchi uchun masofaviy dars tayyorlash imkoniyati
cheklangani sababli ularning ham ta’lim olish huquqi ta’minlandi;
- oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan
o‘quvchilar uchun ham onlayn qo‘shimcha ta’lim resurslari yaratildi.
Maktablarning an’anaviy shaklda ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir
maktab bo‘yicha individual tarzda mahalliy Kengashlar deputatlari ruxsatidan
so‘ng qabul qilinadi. Bunda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yoxud
maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilar orasida koronavirus
kasalligining qayd etilishi va sog‘liqni saqlash tizimi xulosalari hisobga olinadi.
Shu bois, maktablar vaziyatdan kelib chiqib, bosqichma-bosqich faoliyatini
tiklaydi.






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə