Izlanishlar, yechimlar muammolar


IV BOB. O‘QITUVCHILAR VA TA’LIM XODIMLARI



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə28/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

IV BOB. O‘QITUVCHILAR VA TA’LIM XODIMLARI
COVID-19 pandemiyasi iqtisodiyot va odamlarning hayot tarzini izdan
chiqargan, jumladan, butun dunyodagi maktablarning yopilishiga sabab
bo‘lgan bir paytda, o‘qituvchilar butun dunyodagi millionlab o‘quvchilarga ta’lim
berishda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.
2020-yilda maktablar yopilgandan keyin mamlakatlar masofaviy ta’limga
o‘tganligi sababli ko‘pchilik o‘qituvchilardan masofadan/onlayn o‘qitishga o‘tishi
taklif qilingan. 80%ga yaqin mamlakatlar o‘qituvchilarning barchasidan yoki
kamida to‘rtdan uch qismi masofadan o‘qitishni talab qilgan.
Daromadi yuqori va o‘rtadan yuqori bo‘lgan mamlakatlarning 60%idan
ko‘prog‘i o‘qituvchilaridan masofadan ta’lim berish talabini qo‘ygan, daromadi
o‘rtachadan kamroq mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 41%ni, daromadi kam bo‘lgan
mamlakatlarda esa 20% tashkil qilgan.
2019-2020-o‘quv yilda daromadi kam bo‘lgan mamlakatlarning 38 %i boshqa
har qanday daromad guruhiga nisbatan ko‘proq qo‘shimcha o‘qituvchilarni
yollagan; 2020-2021-o‘quv yilida bu ulush deyarli ikki barobar oshgan (63%).
Mamlakatlar maktablarni qayta ochish uchun pedagogik xodimlari ishga olish
to‘g‘risida ham ma’lumot berishgan. Masalan, o‘rtacha daromadga ega bo‘lgan
mamlakatlarning 10 tadan 4 tasi 2020-2021-o‘quv yilida maktablarni qayta
ochish uchun nopedagog xodimlarni ishga qabul qilgan. Ishga qabul qilingan
nopedagog xodimlarga texnik xodimlar, tibbiyot xodimlari, maslahatchilar,
xavfsizlik xodimlari, AKT xodimlari va boshqalar kiradi.





39
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Aksariyat mamlakatlar 2019-2020-o‘quv yilida maktablarning yopilishi
o‘qituvchilarining mehnat haqi va imtiyozlariga ta’sir ko‘rsatmaganligini
bildirishgan. Respondent mamlakatlarning atigi 10%i o‘zgarishlar haqida
hisobot bergan (3% pasayish va 7% o‘sish haqida hisobot bergan). Boshqa bir
qancha hollarda (5%) qaror maktab yoki tumanlar ixtiyoriga qoldirilgani xabar
qilinadi.
Maktab yopilgan davrda o‘qituvchilar va ota-onalar va/yoki o‘quvchilar
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘qituvchilar o‘quvchilar va ularning
ota-onalari/vasiylari bilan aloqada bo‘lishlari uchun foydalaniladigan telefon,
xabar almashish dasturlari va elektron pochta eng keng tarqalgan vositalar
ekani qayd etilgan. Jahon miqyosida har 4 mamlakatdan 3 tasi o‘qituvchilarni
telefon yoki videokonferensiyalardan foydalanishga undagan va 4 mamlakatdan
faqat 1 tasi uyga tashrif buyurishni rag‘batlantirishgan. O‘rtadan yuqori va yuqori
daromadli mamlakatlar telefon va videokonferensiyalari (75%), matn yoki xabarlar
ilovalari (73%) va o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar (72%) uchun maxsus
elektron maktab platformalaridan foydalanishni rag‘batlantirgan. Biroq, kam
daromadli mamlakatlarning faqat yarmi telefon yoki xabar almashish ilovalari,
22%i elektron maktab platformalari va 22 %i elektron pochta orqali ta’lim tashkil
etganini ma’lum qilgan.





40
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Barcha daromad guruhlaridagi mamlakatlar masofadan/onlayn ta’limni
osonlashtirish va o‘qituvchilar farovonligini oshirishda turli qo‘llab-quvvatlash
usullaridan foydalangan. Umuman olganda, barcha mamlakatlarda o‘qituvchilar
eng ko‘p masofaviy ta’lim asosida (89%) dars berish bo‘yicha ko‘rsatma va kasbiy
psixologik yordam (78%) shaklida qo‘llab-quvvatlangan (rasm 4-4).
Mamlakatlarning aksariyati o‘qituvchilarni masofadan o‘qitish, pedagogika
sohasidagi o‘quv faoliyati va turli pedagogik usullar bilan texnologiyalardan
samarali foydalanish, shuningdek, AKT vositalari va bepul ulanish uchun
moslashtirilgan o‘quv materiallari bilan ta’minlash orqali qo‘llab-quvvatlagan.
Biroq, kam ta’minlangan mamlakatlarda hukumatning turli darajalarida
o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashda ba’zi farqlar mavjud. Ta’kidlash joizki, biron bir
daromadi kam bo‘lgan mamlakat AKT bilan yordam yoki maktab darajasida virtual
sinf mashg‘ulotlari uchun tavsiyalar berilganligi haqida xabar yo‘q. Bu yuqori va
kam daromadli mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli ta’limning yorqin aksidir.
2021-yil fevral oyi holatiga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashgan mamlakatlarning
2/3 qismi o‘qituvchilarning COVID-19 ga qarshi emlanishini davlat miqyosida
ustuvor maqsad hisoblaydi. Ajablanarlisi shundaki, COVAX tashabbusi doirasida
faqat kam va o‘rta daromadli mamlakatlar o‘qituvchilarni emlashga ustuvor
ahamiyat qaratgan.






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə