Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə25/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

33
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Respondent mamlakatlarning 34%i 2019-2020-o‘quv yili uchun boshlang‘ich
maktabni bitirishdagi attestatsiya mezonlarini o‘zgartirishni o‘z rejalariga
kiritganligini ma’lum qilgan. Bu ko‘rsatkich ta’limning yuqori bosqichlarida
oshib boradi va yuqori sinflarda 47% tashkil qiladi. Kam va o‘rta daromadli
mamlakatlarda ta’limning barcha darajalarida bu yondashuv keng tarqalgan.
Maktablarning yopilishi o‘quvchilarni o‘ziga xos vaziyatga solib qo‘ydi, chunki
xonadonlar sinf xonalariga aylantirildi va o‘quvchilar masofaviy ta’limning turli
shakllaridan foydalanib ta’lim olishni davom ettirdilar. Xuddi shunday, kurs
mazmuni va o‘qitish usullari masofadan o‘qitish usullariga xos tarzda moslashishi
kerak bo‘ldi.
Ba’zi o‘quvchilar o‘qishni davom ettirib, o‘quv dasturlarini o‘zlashtirgan bo‘lsa,
boshqalari buni uddalay olmadilar. COVID-19 pandemiyasi oqibatlari natijasida
kelib chiqqan ushbu o‘zgarishlar o‘quvchilarni baholash va davlat imtihonlaridan
o‘tkazish, shuningdek, o‘quvchi ta’limini davom ettirish bo‘yicha asosiy qarorlarni
qabul qilish imkonini beruvchi mexanizmlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarga kerakli bilimlarni yetkazishda maktab yopilgan davrda
yo‘qotilgan bilimlarni o‘rganish va eng asosiysi, bunday sharoitda o‘quvchilarning
bilimlarini baholash muhim omil hisoblanadi. Ta’limdagi yo‘qotishlarni
kamaytirish uchun ta’lim tizimi o‘quvchilar bilimini baholash va davlat
imtihonidan o‘tkazishning eng maqbul usullarini ta’minlashlari lozim.
O‘zbekiston:
Pandemiya davrida bilimlarni baholash mexanizmlari mavjud bo‘lmaganligi

sababli O‘zbekiston Prezidenti karantin vaqtida imtihonlarni soddaroq shaklda


o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Pandemiya tufayli 5-sinfdan 10-sinfgacha





34
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
sinfdan-sinfga o‘tish imtihonlari va 9- va 11-sinflar uchun Davlat imtihonlari
Maxsus komissiyaning qaroriga asosan bekor qilindi.
Bitiruv imtihonlari karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda og‘zaki,
yozma hamda test sinovlari shaklida o‘tkazilgan. Jumladan, imtihonlar
o‘tkazilishidan oldin ta’lim muassasalarida dezinfeksiya ishlari olib borilgan,
o‘quvchilar imtihonlarga sanitar-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda
himoya vositasi(tibbiy niqob)da kiritilib, binoga kirishdan avval tibbiy xodimlar
tomonidan ularning tana harorati o‘lchangan va oraliq masofani saqlashlari
ta’minlangan. Imtihon savollari va materiallari Xalq ta’limi vazirligining rasmiy
telegram kanaliga joylashtirilgan.
Ta’lim sifatini nazorat qilish, jarayonda keng jamoatchilik nazoratini
kuchaytirish va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida inspeksiyaning @
edumonitoring_bot telegram boti ishga tushirilgan.

Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə