Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə27/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

37
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
“Farzandingizni pandemiya sharoitida maktabga yuborishga tayyormisiz?”
nomli so‘rovnomada shu vaqtga qadar 695 mingdan ziyod ovoz berilgan bo‘lib,
so‘rovnoma ishtirokchilarining 68 % “Yo‘q, men uchun farzandimning sog‘ligi
muhimroq, onlayn maktab orqali o‘zim o‘qitishga yordam beraman”, degan
javobni tanlagan.
2020/2021-o‘quv yili 329 ta maktabda 7-sentabrdan, 2 ming 635 umumta’lim
maktabi 14-sentabrdan ota-onalar talabiga ko‘ra an’anaviy, shu bilan birga
masofaviy shaklda ish faoliyatini boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yurtimizdagi
barcha umumta’lim maktablari uchun «Kundalik.com» tizimi joriy etildi.
May oyida maktablar yopiq bo‘lishiga qaramay, maktab yoshidagi bolalarning
deyarli barchasi ta’limiy va o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgan edi (97%). Iyun
oyida ko‘pgina ta’limiy tadbirlar maktab ta’tili davrida to‘xtatildi va farzandlarining
ta’limiy mashg‘ulotlarga jalb etilganligini belgilagan respondentlar soni
67%gacha qisqardi. Respondentlarning aksariyati (69%) masofadan tashkil
etilgan mashg‘ulotlardan o‘rta hisobda qoniqqanligini bildirgan va faqat 8 %gina
o‘rta hisobda yoki butunlay qoniqmagan. Biroq, pandemiya boshlangan vaqtdan
buyon o‘z farzandlariga sifatli ta’lim bera olish qobiliyatidan xavotirlanishini
bildirgan respondentlar ulushi 5 %lik punkt miqdorida o‘sgan.
Bolalar uchun mo‘ljallangan o‘quv tadbirlarining aksariyati mashg‘ulotlarning
asosiy shakli bo‘lib hisoblangan televizion ta’limiy dasturlar shaklida ifodalangan
edi, bu may oyida olingan javoblarning 87 %iga to‘g‘ri kelgan. Mobil o‘quv
dasturlari 6 % respondentlar uchun o‘qitishning asosiy metodi bo‘lib xizmat
qilgan, ayni vaqtda o‘qituvchilar tomonidan individual topshiriqlar yuzasidan
o‘tiladigan yoxud repetitor mashg‘ulotlarini yana 5 % respondent belgilagan.





38
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Aholi orasida televideniyedan foydalanish imkoniyatining yuqori darajasi
(89 % dan ortiq) ushbu formatning alohida ommabopligiga sabab bo‘ladi.
Smartfonlardan foydalanish imkoniyati oilalarning 70dan oshiqroq foizi uchun
mavjud va oilalarning yarmiga yaqini mobil internetdan foydalanish imkoniga
ega ekanliklarini ko‘rsatgan. 15 %ga yaqin respondent personal kompyuter
yoki noutbukka ega ekanini belgilagan; mazkur respondentlarning aksariyat
ko‘pchiligi yuqori daromadga ega oila xo‘jaliklari vakillaridir va 8 % ishtirokchilar
uylariga internet tarmog‘i o‘tkazilganligini ko‘rsatganlar.

Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə