Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə34/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

51
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Mamlakatlarning 7-8% da maktablarning yopilishi, ochilishi, o‘qituvchilarning
mehnat sharoitlari va maktabni qayta ochish uchun gigiyena choralari to‘g‘risida
maxsus qaror qabul qilish uchun markaziy boshqaruvga vakolat berilgan. Bu
kabi qarorlar Bosniya Gersegovina, Germaniya, Kanada, Italiya, Vengriya, Ispaniya,
Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarda qabul qilingan.
Mamlakatlarning atigi 2 %da mahalliy darajada maxsus qaror qabul qilishga
ruxsat berilgan. Masalan, Finlyandiyada mahalliy organlar faqat maktabni
tugatish paytida o‘qitishni davom ettirish uchun resurslar, o‘qituvchilarning
mehnat sharoitlari va maktabni qayta ochishda gigiyena talablari bo‘yicha qaror
qabul qila olgan. Mamlakat bo‘ylab moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar qabul
qilish vakolati, odatda, mahalliy hokimiyatga berilgan. Hukumat maktablarni
moliyalashtirish tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishni o‘z zimmasiga
olgan.
O‘quvchilar va o‘qituvchilarning mehnat sharoitlarini qo‘shimcha qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida qarorlar faqat maktab darajasida qabul qilingan. Bunga
Kamerun, Chexiya, Angliya, Estoniya, Mozambik, Gollandiya, Tailand va Ukrainani
misol qilish mumkin. Faqat OECD mamlakatlarida foizlar ancha yuqori bo‘lib,
deyarli 50% mamlakatlarda o‘qituvchilarning mehnat sharoitlarini maktab
darajasida hal qilishga imkon berilgan.
Maktabni yopish uchun asos bo‘ladigan mezonlar faqatgina 63 ta rivojlangan
mamlakatlarda ishlab chiqilgan va joriy etilgan.
O‘zbekiston
Mamlakatda pandemiya boshlanishi bilan hukumat markazlashgan holda
nazoratni o‘z qo‘liga oldi va tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda umumiy
qarorlar qabul qildi. Bu qaror va hujjatlarning mazmun-mohiyati, asosan,
pandemiya davrining asoratlarini yumshatishga qaratildi, ya’ni onlayn ta’limga
o‘tish, o‘quv jarayonlari maxsus tartibini belgilash, o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-
quvvatlash, axbrot texnologiyalari va telekommunikatsiya xizmatlarini yaxshilash,
o‘qituvchi-pedagoglarning informatsion texnologiyalar bilan ishlash malakasini
oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xalq ta’limi sohasidagi
maktablar infrastrukturasini yaxshilash, o‘quvchilar salomatligini muhofazalash
kabi muhim masalalarni o‘z ichiga oldi.
Pandemiya davrida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir nechta muhim qaror
va normativ hujjatlar davlat rahbari yoki hukumat tomonidan qabul qilingan.






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə