Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə37/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

57
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
raqamlashtirilgan tizim o‘qituvchiga texnik yechimlar bilan bir qatorda psixologik
qulay bo‘lgan muhitni ham taqdim etadi (1-rasm).
Ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi,
psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos
keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti
yo‘lga qo‘yiladi. An’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning
uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa
turlari joriy etiladi [1; 1 b.].
1-rasm: Malaka oshirishning raqamlashtirilgan tizimi qulaylik va 
imkoniyatlari
Demak, xalq ta’limi muammolarini o‘rganish, istiqbollarini belgilash va
kasbiy rivojlanishni yaxshilashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot faoliyati va pedagogik
kadrlar malakasini uzluksiz oshirish, ularni sifatli o‘quv-metodik va ilmiy axborot
resurslar orqali qo‘llab-quvvatlash dolzarb masaladir (2-rasm).





58
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
2-rasm: Kasbiy rivojlanuvchilar va tadqiqotchilar uchun raqamli tizimda 
taqdim etiladigan texnik yechimlar va kontent
Har qanday tadqiqot, eng avvalo, muammoni o‘rganish, aniqlashtirish
va asoslash uchun amaldagi me’yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik resurslar
hamda ilmiy manbalar, adabiyotlarni tahlil qilishdan boshlanadi. Ularni esa
tadqiqotchiga taqdim etish, muammoning yechimidan manfaatdorlar uchun
muhim tadbirlardan biri bo‘lishi lozim.
Butun dunyoda ta’lim sohasi bo‘yicha ilmiy ishlar, jurnallar, adabiyotlar
va boshqa turdagi resurslarni jamlovchi, internet tarmog‘ida foydalanuvchilar
uchun turli tillarda, bepul va pulli ravishda taqdim etuvchi subyektlar mavjud.






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə