Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə38/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

59
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Mamlakatimizda ham milliy tadqiqotchilar uchun shunday manbalarni
ko‘paytirish masalasi hukumat darajasida amalga oshirilishi belgilab olingan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2020-yil,
6-noyabrdagi
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni, 2020-yil,
29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 45-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ilm-fanni 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari (41-band:
Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga kiritish uchun salohiyati
yuqori bo‘lgan ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarini
aniqlash va ularni mazkur bazalarga kiritish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga
oshirish) ga erishish vazifasi belgilab berilgan [2; 45 b.].
A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbolini
belgilash ilmiy-tadqiqot instituti xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish tizimi uchun zamonaviy, shu jumladan, elektron
formatdagi raqamli o‘quv adabiyotlari bazasini yaratish, jahon ilmiy-texnik
ma’lumotlarning elektron axborot resurslaridan foydalanish, uzluksiz ta’lim
tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini sifatli o‘quv-
metodik resurslar bilan ta’minlash ustida keng ko‘lamli ishlarni boshlamoqda.
Shuningdek, institut ilmiy ishlanmalarining doimiy yangilanib turadigan
elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, ya’ni ilmiy ishlanmalarning elektron
ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va uni muntazam yangilab borishga bel
bog‘lamoqda. Ta’lim sohasi, jumladan, maktab ta’limi muammolari yechimiga
qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari nusxalari bazasi shakllantiriladi, mahalliy
tadqiqotchilarning dissertatsiyalari tasniflangan holda ma’lumotlar bazasiga
joylashtirib boriladi.
Natijada, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli
ko‘rsatkichlari va indikatorlari(41-band: Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar
bazalariga kiritish uchun salohiyati yuqori bo‘lgan ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim
muassasalari ilmiy jurnallarini aniqlash va ularni mazkur bazalarga kiritish
bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish)ga erishish maqsadida ta’lim va
pedagogika fanlari bo‘yicha davriy ilmiy nashrlarning ma’lumotlar va kitoblar
bazalariga a’zo bo‘lish orqali tadqiqotchilarni zaruriy manbalar bilan ta’minlanadi.
Keng jamoatchilik, tadqiqotchilar va xalq ta’limi xodimlarini ilmiy-metodik va
boshqa yangiliklar, ma’lumotlar bilan ta’minlab borish maqsadida institutning
ilmiy-metodik jurnali, jumladan, elektron nashri joriy etiladi.





60
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Institut Axborot resurs markazini ehtiyojlar asosida zamonaviy, shu jumladan,
elektron formatdagi o‘quv adabiyotlari bilan to‘ldirish maqsadida mahalliylari
raqamlashtiriladi va xorijiy nashrlar, aniqrog‘i, sotib olinadi.
Institut ilmiy ishlanmalari, kutubxona fondi resurslarni shtempellar, kitob
belgilari, yakka tartibdagi mashina o‘qiydigan shtrixli kodlash, chiplashtirilgan,
doimiy yangilanib turadigan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, ya’ni
elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va uni muntazam yangilab turishga
erishiladi.
Yuksak mahoratli pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini sifatli o‘quv-metodik
resurslar bilan ta’minlash maqsadida variativ o‘quv dasturlariga mos ravishda
tasniflanuvchi, elektron tarmoqda avtomatlashtirilgan saralash hamda qidiruv
tizimlari talablariga mos fokuslashtirilgan resurslar kartotekasi shakllantiriladi (3-
rasm).

Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə