J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Merkantilizm tushunchasi uning mohiyati va mazmuni



Yüklə 256,16 Kb.
səhifə21/60
tarix29.11.2023
ölçüsü256,16 Kb.
#142572
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra-fayllar.org

7. Merkantilizm tushunchasi uning mohiyati va mazmuni
1600-yildan 1750- yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning yuksalish davri sifatida xarakterlanadi va bu holat sanoat inqilobining kelib chiqishiga asos bo’ldi.
Bu davrda iqtisodiy mulohazalar individual, ro’zg’or, oila va ishlab chiqaruvchilar haqidagi g’oyalarning oddiy izoxlaridan iqtisodiy qonun va huquqlari bilan o’zaro bog’langan tizim shaklida murakkabroq qarashlar asosida rivojlana bordi. Biz o’z mulohazalarimizni 3 bo’limga, merkantilizm, klassik iqtisodiy ta’limotdan oldingi g’oyalar va fiziokratizmga ajratib ko’rib chiqamiz.
Merkantilizm atamasi 1500-1750 yillar oralig’ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar adabiyoti G’arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida yaratilgan bo’lsa ham, uning asosiy g’oyalari Ingliz va Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va protektsionizm printsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning emirish davriga muvofiq keladi va “noindustrial” iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi.
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga protektsionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Avvalo, natural-xo’jalik tizimining emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo’shningni quritsang, go’yoki millat boy bo’ladi” kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan.

Yüklə 256,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə