J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Fransua Kenening iqtisodiy ta’limoti



Yüklə 256,16 Kb.
səhifə24/60
tarix29.11.2023
ölçüsü256,16 Kb.
#142572
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra-fayllar.org

3. Fransua Kenening iqtisodiy ta’limoti
Fiziokratlar maktabining asoschisi hisoblanadi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida kambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga qiziqdi va bu sohada ta’lim oldi. Keyinchalik tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. 1752 yilda Qirol Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi. Tibbiyot va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot muammolari bilan oltmish yoshidan boshlab bevosita shug’ullana boshladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha o’sha yerda yashadi va ijod qildi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus» da e’lon qilindi. 1758 yilda uning asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy dasturini ham shakllantirdi. Uning fiziokratik g’oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator fransuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ’ibot qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o’sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70-yillariga to’g’ri keladi.
4. Adam Smitning iqtisodiy qarashlari.
Buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» asari zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va kontseptsiyalarini umumlashtirdi va tizimlashtirdi. U xo’jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.
Adam Smit (1723–1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi, bu yerda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy lektsiyalar o’qiy boshladi, 1751 yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o’qigan lektsiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764 yili A.Smit hayotida keskin o’zgarish bo’ldi: u kafedrani tark etdi va o’sha davrda ko’zga ko’ringan siyosiy arbob – gertsog Baklning o’g’li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga hamrohlik qilish to’g’risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko’rar edi, ya’ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko’p bo’lgan. Sayohat chog’ida u Shvetsariyada Valter, Frantsiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smitning dunyoqarashini shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
1766 yilda u o’z yurtiga qaytib keldi va «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi.

Yüklə 256,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə