Jahon adabiyoti tarixi


Rim adabiyotini lotin tili taraqqiyoti davrlariga mos ravishda quyidagi asosiy davrlarga ajratish mumkin



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə54/183
tarix11.12.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145732
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183
Rim adabiyotini lotin tili taraqqiyoti davrlariga mos ravishda quyidagi asosiy davrlarga ajratish mumkin:

  1. Qadimgi davr – Rimda yunonlar namunasi asosidagi adabiyot paydo bo‘lguniga qadar (m.av.240 yilga qadar)

  2. Arxaik davr – Sitseron adabiy faoliyatiga qadar (m.av.240-81 yillar)

  3. Rim adabiyotining oltin davri:

a) Sitseron davri – Rim nasrining gullab yashnashi (m.av. 81-43 y)
b) Avgust davri – Rim she'riyatining gullab yashnashi (m.av. 43-14 y)

  1. Rim adabiyoti kumush davri – imperator Trayan vafotiga qadar (14-117 y.)

  2. Imperatorlikning so‘nggi davri (117-476 y.)

Rim adabiyotining ilk vakili sifatida IV asr oxiri va III asr boshlaridagi taniqli davlat arbobi Appiy Kladviy nomi tilga olinadi. U rimda birinchi bo‘lib adabiyotning mafkura vositasi sifatidagi roliga yuksak baho bergan va yozuvchi sifatida ham tanilgan. Uning Rim tarixida mashxur bo‘lgan tinchlik sulhi tuzishga qarshi qirol Pirrga qarata so‘zlagan nutqi (279 yil) siyosiy risola sifatida nashr etilgan. Bundan tashqari, Appiy Kladviy ibratli fikr, aforizmlardan iborat to‘plam chop ettirgan bo‘lib, ulardan bizgacha uchta aforizm yetib kelgan. Ulardan biri hozirda Yevropa xalqlari maqolga aylangan “Har kim o‘z baxtining me'mori” dir iborasidir.
Birinchi Rim shoirlari. Yuqorida birinchi Rim shoiri sifatida e'tirof etilgan Liviy Andronikning lotin tilidagi “Odisseya” sini Yevropa adabiyoti tarixida birinchi badiiy tarjima namunasi sifatida baholanadi. U asar tarjimasiga erkin yondoshadi. Ko‘p o‘rinlarda misralar qisqartirilgan, tashlab ketilgan, obrazlar o‘zgartirilgan, yunon mifologiyasidagi ma'budlarning nomlari lotin ma'budlari nomi bilan almashtirilgan. Andronikdan keyin ham tarjima sohasida originalning butun xususiyatini saqlab qolish emas, balki asarni Rim davlatining madaniy ehtiyojiga moslashtirish tamoyili yetakchilik qildi. Tarjimonlikdan tashqari Andronik lotin tilida tragediya va komediyalar ham yozgan. Bizgacha yetib kelgan parchalar asosida tragediya va komediya mavzulari. Evripid, Menandr, Filemon asarlaridan olinganligi ma'lum bo‘ldi.
Ikkinchi rim shoiri Gney Neviy (m.av. 270-200) Andronikdan farqli ravishda Rim halqining turmushini yaxshi bilgan (Kampaniyada tug‘ilgan), ikkinchi Pun urushi ishtirokchisi edi.
Neviy ijodining cho‘qqisi - “Pun urushi” dostonidir. Doston yaqinda bo‘lib o‘tgan birinchi Karfagen urushi voqealariga bag‘ishlangan. Biroq asarda, xuddi Homer dostonlarida bo‘lgani kabi, real tarixiy hodisalar mifologik afsonalar bilan chatishgan holda tasvir etiladi. Jangnomaning boshlanishida o‘t ichida qolgan va halokatga marhum etilgan Troya shahrini ko‘ramiz. Ulug‘ qahramon Eney ma'budlarning amri bilan o‘z yurtini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Dengiz safarining og‘ir mashaqqatlarini yengib, qahramonning Karfagen shahriga, malika Didona huzuriga qarab yo‘l olishlari va, nihoyat, Eneyning avlodi Romul tomonidan Rimning barpo etilishi – asar davomida mufassal tasvirlanadi. Shunday qilib, Rim xalqining troyaliklardan tarqalganligi haqidagi rivoyatga birinchi marta badiiy tus bergan shoir Gney Neviydir. Dastlabki Rim shoirlari orasida eng yirigi Kvint Enniy (239-169) bo‘lgan. Enniy o‘z ijodining boshlang‘ich davrlarida Liviy Andronik hamda Neviy yo‘llarini davom ettirib, asosan, yunon komediyasi va tragediyalarini latin sharoitiga moslashtirish bilan shug‘ullangan. Enniy o‘zining o‘tkir poetik mahoratini “Annallar” (“Solnomalar”) dostonoida yana ham kengroq namoyish qilgan. 60 ming misradan iborat 18 bobli (bizga qadar uning 1200 misrasi yetib kelgan) salmoqdor bu asar Enniyning Troyani tashlab qochishidan boshlanib, to shoirning zamonasiga qadar davom etgan butun Rim tarixini o‘z ichiga oladi. “Annallar”ning muallifi Rim elining ikkinchi Homeri bo‘lish orzusida ekanligini izhor qiladi. Enniy, darhaqiqat, Homer dostonlari usulidan epitetlar, o‘xshatishlar va boshqa poetik vositalardan katta ustalik bilan foydalanib, ko‘zlagan maqsadlariga erishishda ajoyib muvaffaqiyatlar qozonadi. Biroq Enniy o‘zining dostonchilik janriga kiritgan bu yangiliklari bilan cheklanib qolmasdan, latin she'riyati qurilishini ham tubdan o‘zgartirib, eski saturn vaznini yunon gekzametri bilan almashtiradi. Birinchi marta Enniy tomonidan joriy etilgan bu islohot, Rim poeziyasining kelgusi taraqqiyoti yo‘lida judda katta imkoniyatlar tug‘diradi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə