Jahonning regional tavsifi


Okeaniyaning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə3/4
tarix05.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#120345
1   2   3   4
1-дарс (4)

  • Okeaniyaning tarkibiy tuzilishi
  • Okeaniya tarkibiy jihatdan Mikroneziya, Melaneziya va Polineziyadan tashkil topadi. Federativ davlatlar: Avstraliya Ittifoqi, Mikroneziya Federativ Shtatlari.
  • Monarxiya davlatlar: Tongo, Samoa. Mustamlaka hududlar: Ame-rika Samoasi, Guam, Miduey, Ueyk, Kingmen rifi (AQSh), Pitkern (Buyuk Britaniya), Norfolk, Rojdestvo, Kokos, Ash-mor va Karte orollari (Avstra-liya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya).
  • Polineziya tarkibiga kiruvchi davlatlar: 5 ta mustaqil davlat,9 ta AQSh hududi,3 ta Yangi Zellandiya,2 ta Fransiya, 1 tadan Buyuk Britaniya va Chiliga tegishli hududlar bor.
  • Mikroneziya tarkibiga kiruvchi davlatlar: 4 ta mustaqil davlat,2 ta AQSh hududi,1 ta Kiribati hududi mavjud.
  • Melaneziya tarkibiga kiruvchi davlatlar: 5 ta davlat mavjud.

Amerika

  • Amerikaning zamonaviy siyosiy xaritasida 35 ta mustaqil davlat mavjud. Ular o‘z hududiy kattaligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Qit’adagi 4 ta mamlakat dunyoning 10 ta eng yirik davlatlari qatoridan joy olgan — Kanada, AQSH, Braziliya va Argentina. Ulardan tashqari, Boliviya, Kolumbiya, Peru va Meksikaning maydoni 1 mln km2 dan oshadi. Venesuela va Chili davlatlarining hududi esa 500 ming km2 dan ortiq. Shu bilan birga, Amerikadagi 7 ta davlat maydoni 1 ming km2 dan kam.
  • Ularning barchasi Karib dengizidagi orollarda joylashgan. Qit’ada faqatgina 2 ta davlat — Boliviya va Paragvay dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas. Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama va Kolumbiya qirg‘oqlari ikkita, ya’ni Atlantika va Tinch okean suvlari bilan yuviladi.
  • AQSH va Kanada esa uchta — Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeanlariga chegaradosh. Karib dengizi va Atlantika okeanining unga tutash qismida jami 13 ta orol davlatlar joylashgan (150-rasm). Ulardan maydoni jihatidan eng kattasi Kubadir. Amerikadagi 35 ta davlatdan 26 tasi respublika, 9 tasi Britaniya Hamdo‘stligi qirolliklari, ya’ni konstitutsion monarxiyalar hisoblanadi. Konstitutsion monarxiyalardan 2 tasi — Kanada va Beliz Shimoliy Amerika materigida joylashgan bo‘lsa, qolgan 7 tasi Karib dengizidagi orol mamlakatlardir.
  • Amerikada 7 ta federativ davlat joylashgan — AQSH, Argentina, Braziliya, Kanada, Meksika, Venesuela hamda Sent Kits va Nevis. Sent Kits va Nevis davlati 2 ta mayda oroldan iborat bo‘lib, Amerika qit’asidagi eng kichik davlat, shuningdek, jahondagi eng kichik federativ davlat hisoblanadi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə