Jamiyat, davlat, huquq: zamonaviy rivojlanishning tendentsiyalari va istiqbollari



Yüklə 83 Kb.
səhifə5/9
tarix26.10.2023
ölçüsü83 Kb.
#130946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
davlat va huquq nazariyasi

Xalqaro shartnoma -bu xalqaro huquqning yoki bir necha sub`ekt tomonidan qabul qilingan bitim bo`lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o`zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi xujjatdir.
O`zbekiston Respublikasi siyosiy-iqtisodiy, huquqiy va maxsus masalalar bo`yicha bir necha ming shartnoma tuzgan. 1995 yilda “O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to`g`risida”gi Qonun qabul qilingan. SHuni alohida ta`kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O`zbekiston qoidalariganisbatan ustunlikka ega.
Respublikamizda qonunlar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Asosiy qonun -Konstitusiya
2. Konstitusiyaviy qonun
3. Qonun
4. Qoraqolpog`iston Respublikasining Konstitusiyasi va Qonunlari
5. Qonunosti xujjatlar -bular qonunlar asosida qabul qilingan normativ- huquqiy xujjatlardir.
Ularga quyidagilar kiradi:

Ushbu qonunosti xujjatlar tizimida Respublika Prezidentining farmonlari alohida o`rin tutadi, chunki ularni davlat boshlig`i chiqaradi.
ushbu farmonlar normativ xususiyatga ega.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari xo`jalik va madaniy qurilishining eng muhim masalalari bo`yicha qabul qilinadi. O`zbekiston Konstitusiyasida qaror topgan va xalqimizning qadimiy an`analariga xos bo`lgan vijdon erkinligiga katta e`tibor va sidqidildan hurmat ifodalangan.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari jahon miqyosida ham bir nechta qonuniy xujjatlarda belgilab berilgan. BMT inson huquqlari himoya qiladigan tashkilotdir. 1945 yil 24 oktyabr tarixda BMT tashkil topdi dastlabki yil unga 50 ta davlat a`zo bo`lib, hozirda 190 ta davlatga yaqin BMT a`zo bo`lib turadi. Inson huquqlarini BMTning 4 ta asosiy huquqiy xujjatlarida belgilangan:
1. Inson huquqlari Umumjahon deklarasiyasi 1948-yil
2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risida xalqaro Pakt -1966-yil
3. Fuqarodlik huquqlari va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Pakt -1966- yil
4. Boj huquqlari to`g`risidagi Konvensiya va boshqa ko`plab xujjatlar 1989 -yil
O`zbekiston Konstitusiyasida mustahkamlab qo`yilgan barcha huquq va erkinliklarni, burchlarini ajratish mumkin.

Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə