Jamiyat, davlat, huquq: zamonaviy rivojlanishning tendentsiyalari va istiqbollari



Yüklə 83 Kb.
səhifə6/9
tarix26.10.2023
ölçüsü83 Kb.
#130946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
davlat va huquq nazariyasi

Shaxsiy huquqlar:
Yashash huquqi 24-modda — har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suqasd qilish eng og`ir jinoyatdir.
25-modda -har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
26-modda -jinoyat sodir etilganda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko`rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanadi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o`zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta`minlab beriladi.
Hech bir qiynoqqa solinishi, zo`rovonlikka, shavqatsiz yoki inson qadr-qiymatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Misol: Xo`jabod tumanidagi 14 ta o`g`irlik jinoyatlarini voyaga etkazmagan bola orqali ochilganini ko`rsatish kerak.
27-modda - har kim o`z sha`ni va obro`siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotidagi aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan tashqari birovning turar joyiga kirishi yoki uni ko`zdan kechirishi, yozishmalari va telefonda so`zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
28-modda - O`zbekiston fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko`chish, O`zbekiston respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.
29-modda - har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi Konstitusiyaviy tuzimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan bog`langan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalan erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
30-modda - O`zbekiston Respublikasi barcha davlat organlari, jamoat birlashmalariga va mansabdor shaxslari fuqarolarga huquq va manfaatlariga daxldor bo`lgan xujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
31-modda - hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoxlagan diniga e`tiqod qilish yoki qaysi dinga e`tiqodqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarini majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi.

Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə