Jamiyat, davlat, huquq: zamonaviy rivojlanishning tendentsiyalari va istiqbollari


-modda- O`zbekiston xalqining tarixiy, manaviy va madaniy merosini avaylab asrash burchi. 50-modda-



Yüklə 83 Kb.
səhifə8/9
tarix26.10.2023
ölçüsü83 Kb.
#130946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
davlat va huquq nazariyasi

49-modda- O`zbekiston xalqining tarixiy, manaviy va madaniy merosini avaylab asrash burchi.
50-modda- tabiatga extiyotkarona bo`lish burchi.
51-modda- qonun bilan belgilangan soliqlarni to`lash burchi.
52-modda- O`zbekiston renspublikasini himoya qilish va harbiy xizmat majburiyati.
Konstitusiyaning 13-moddasida O`zbekiston respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi -deyilgan. SHuningdek, Konstitusiyaning ikkinchi bo`limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari”, erkinliklari va burchlari deb atalishining o`zi Asosiy qonunning insonparvarligini ko`rsatadi. Fuqarolarning istagan dinga e`tiqod qilishi yoki qilmasligi qonun bilan kafolatlanib, ularning ixtiyorlariga berilgan bo`lib, bu huquqlarning amalga oshirilishi me`yoriy qonunlar bilan mustahkamlanadi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi 1998-yildagi qonun bilan tartibga solinadi, hamda ularning axlsizligi ta`minlanmoqda.
Fuqarolarning huquqlarini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, faoliyatini tartibga soluvchi 300 dan ortiq qonun va Parlamentning qonunga tenglashtirilgan qarorlar tizimi vujudga keldi, 1500 dan ortiq Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
O`zbekistn “Inson huquqlari”ga oid 30 dan ortiq asosiy xujjatlar qabul qildi. 1996-yilda (oktyabr) Respublikamizda “Inson huquqlari” bo`yicha milliy markaz tuzildi.
Respublikamizda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan bir qator ommaviy tadbirlar ham o`tkazildi.
1996-yil may oyida “Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish” mavzusida konferensiya bo`ldi.
1997-yil avgustida esa “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilindi. Dasturda: -fuqaro, jamiyat va davlatning o`zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy faoligini oshirish, fuqarolarga huquqiy ta`lim-tarbiya berishdir.
O`zbekiston Respublikasining demokratik va huquqiy kurashdan maqsadi - mamlakatda yashovchi har bir kishining huquq va erkinligini to`la ta`minlashdir. Buning uchun, avvalo O`zbekistonda huquqiy asos yaratildi, ya`ni Respublika Konstitusiyasi va qabul qilingan qonunlarda umume`tirof qilingan xalqaro xujjatlar qoidalariga mos keluvchi inson huquq va erkinliklarini belgilab qo`yiladi.
Tarixiy tajribalardan ma`lumki, inson erkinliklarini faqatgina qonunlarda belgilab qo`yishlikning o`zi masalani hal qilmaydi, sobiq ittifoq qonunlarida ham ko`plab huquq, erkinliklar belgilanar, lekin ular amalga oshmay qolar edi.
O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach, inson huquqlari va erkinliklari masalasiga, ularning amalga oshishini ta`sinlashga alohida e`tibor berilmoqda. O`zbekiston respublikasi Oliy Majlisining o`sha 1996 yil avgust oyida bo`lib o`tgan oltinchi sessiyada Respublika Prezidenti I.A.Karimov “Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari” mavzusida ma`ruza qilib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim va ajralmas qismi bu inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi uchtidan doimiy nazoratni kuchaytirish, buning uchun nazorat olib boruvchi tuzumlar tizimini takomillashtirib, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yaxshilash alohida uqtirildi. SHu masalaning ommaviy ifodasi sifatida 1996-yil 11-13- sentyabrda Toshkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti “Inson va huquq erkinliklari bo`yicha Milliy muassasalar” mavzusida o`tkazilgan seminarni ko`rsatish mumkin.
Seminarda xalqaro tashkilotlar va ko`pgina xorijiy mamlakatlar vakillarining e`tirof etishga inson huquqlarini ta`minlash borasida Respublikamizda ko`pgina ishlar qilingan va davlat siyosati bu masalani yuqori darajada hal qilish nazarda tutilmoqda. Seminarda mamlakatlarda inson huquqlariga rioya etilishni nazorat qiluvchi muassasalarning faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tavsiya va takliflar bayon qilindi.
Inson huquqlariga amal qilishni ta`minlovchi vositalardan biri har bir kishining o`z huquqini yaxshi biluvchi, huquqiy ongni yuqori darajada shakllanishi hisoblanadi. SHuning uchun Oliy Majlis sessiyasida insonlarning yangicha huquqiy ongini shakllantirish zarurligini qayd qilib, “SHunday bo`lsinki, har birkishi inson erkinliklari - ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va ma`suliyatli ekanligini chuqur his etib tursin”. Barcha o`quv yurtlarining o`quv dasturlariga “Inson huquqlarini himoyalash” maxsus kursini kiritish, shuningdek, ta`lim va tarbiyani butun jarayoniga insonparvarlik zarur deyiladi.
Prezidentning ko`rsatmasini amalga oshirish va inson huquqlari to`g`risidagi ma`lumotlarni barcha ta`lim tizimida o`tishini nazarda tutgan holda, ushbu bugungi sizlarga xavola qilingan ma`ruzani Andijon viloyati xalq ta`limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o`quv planida rejalashtirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:





Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə