Jamiyat falsafasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Falsafa 8 mavzu

 
 
“Madaniyat” tushunchasi
turli tillarda turli so’zlar, jumladan ingliz tilida “culture”, rus 
tilida «kultura» so’zlari bilan ataladi. O’zbek tilidagi «madaniyat» so’zi arab tilidagi «madina», 
ya’ni shahar so’zidan kirib kelgan bo’lib, «shaharga xos», «shaharga oid» degan lug’aviy ma’noni 
ifodalaydi. 
G’arbiy mamlakatlarda keng ishlatiladigan «kultura» so’zi asli lotincha so’z bo’lib, qadimgi 
Rimda dehqonchilikka oid «ishlov berish», «parvarish qilish» degan ma’noni bildirgan. Tuproqqa 
ishlov berish – qishloq madaniyati – dehqonchilik madaniyati bilan bog’liq tushunchadir.
Sharq faylasuf olimlarining asarlarida madaniyat tushunchasi va madaniy taraqqiyotning 
aniq ilmiy talqinlarini hamda chegaralarini ko’ramiz. XIV asrda yashagan arab faylasuf olimi Ibn 
Xaldunning madaniyat bosqichlariga oid ilmiy tahlili diqqatga sazovordir. Uningcha, insoniyat 
dastlab yovvoyilik holatida bo’ladi. Keyin u tabiiy olamdan ajralib chiqadi va ijtimoiylik kasb 
etadi. Ibn Xaldunning ko’rsatishicha, insoniyat jamiyati doimo o’zgarib borib, taraqqiyot 
jarayonida ikki bosqichni bosib o’tadi: 
1. Bidava. 2. Xidara
. Bu ikkala bosqich “insonlar yashashi 
uchun qanday vositalar topishi”ga ko’ra, bir–biridan farq qiladi. Birinchi – 
bidava
bosqichida 
odamlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilash shug’ullanadi. Ikkinchi – 
xidara
bosqichida 
yuqoridagi mashg’ulot turlariga hunarmandchilik, savdo, fan va san’at qo’shiladi. Har ikkala 
bosqich bir hudud doirasida bo’lishi mumkin.
5
Ibn Xaldunning fikricha, shaharda yo’q, kundalik 
ehtiyojni qondiradigan hayot tarzi – dehqonchilik va chorvachilik ibtidoiy hayotni, hashamatli 
hayot kechirish va shuning uchun harakat qilish, dabdabali hayot kechirish uchun intilish, 
shaharlar barpo qilish sivilizatsiyani keltirib chiqardi.
6
XVIII –XIX asrlarda evropaliklar “kultura” so’zini ma’naviy–ruhiy ma’noda ishlata 
boshlaganlar. Bu so’z insoniy sifatlarning mukammalligini anglatadigan bo’ldi. 
Vaqtlar o’tishi bilan “madaniyat” tushunchasining hajmi kengayib, ta’rifi va tavsifi ko’payib 
borgan. Amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonning 1952 yildagi 
ma’lumotlariga ko’ra, madaniyat tushunchasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lgan, so’nggi 
adabiyotlarda esa madaniyatning ta’rifi 500 dan ortiq
7
deb ta’kidlanadi. 
“Madaniyat” tushunchasini ta’riflash uchun juda ko’p iboralar ishlatiladi. Jumladan
qatorida “insoniyatning yashash tarzi”, “insonning jamiyatdagi to’laqonli faoliyati”, «inson 
o’zining yashashi uchun yaratgan muhit», «yaxlit ijtimoiy organizm», “insoniyat yaratgan moddiy 
va ma’naviy qadriyatlar majmui”, “ikkilamchi, ya’ni sun’iy tabiat”, “insonning ijodiy faoliyati 
mahsuli”, “jamiyatning ma’naviy holati”, “shartli belgilar yig’indisi”, “me’yor va andozalar 
majmui” va hokazo. 
5
А.А. Игнатенько. Ибн–Халдун. М.: “Мысль”, 1980, стр. 64.
6
А.А. Игнатенько. Юқоридаги асар, 131–132–бетлар.
7
А.И.Кравченко. Культурология. Учебник. – Москва, 2005, стр.11 


Madaniyatga berilgan ta’riflar orasida mashhur ingliz etnografi, antropologiyaning 
asoschilaridan biri Eduard Taylor (1832–1917) ta’rifi eng mukammal deb hisoblanadi. Uningcha, 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə