Jamiyat falsafasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Hukmron madaniyat
– mazkur jamiyat a’zolarining ko’pchiligi istifoda etadigan 
qadriyatlar, inonch–e’tiqodlar, an’ana va urf–odatlardan iborat.
b) 
Qishloq madaniyati
– faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq xo’jaligi bilan 
mashg’ul bo’lgan odamlar o’rtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va b.lardan iborat. 
v) 
Shahar madaniyati
– yirik va qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan sanoat va 
ma’muriy markazdir. Hamma shahar aholisi uchun yagona madaniyat mavjud emas. Chunki 
shaharlar faqat geografik va geopolitik (Evropa va Yaponiyaga yaqinligi) aholi miqdori, shahar 
kengligi bilangina emas, balki ishlab chiqarish sohasiga ko’ra ham farq qiladi: to’qimachilik 
sanoati, konchilik sanoati markazlashgan shaharlar, shaxtyorlar shahri, avtomobil ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan shaharlar, ilm–fan markazlari bo’lgan shaharlar, kurort shaharlar
harbiy shaharchalar borki, bularning har birida o’ziga xos madaniyat mavjud. 
b) 
O’rganish bo’lib qolgan madaniyat
– inson yashab turgan ijtimoiy va milliy muhitda 
kundalik hayot ko’nikmalarini egallashdan iboratdir. Bu madaniyat ko’rinishi oilada, tengdoshlar, 
qarindosh urug’lar davrasida yuz beradigan muloqotdan, maktab ta’limidan va ommaviy axborot 
vositalari orqali olingan ommabop bilimlar va ko’nikmalardan iborat bo’ladi.
v) Ixtisoslashgan madaniyat – fan, san’at, falsafa, huquq, din kabilarga oid bilimlarni to’liq 
egallagan va o’z sohalari bo’yicha egallagan bilimlari orqali alohida guruhlarni tashkil qiladigan 
vakillarning kasb mahoratidir.


Madaniyat paydo bo’lishi va darajasiga ko’ra quyidagi shakllarga ega: 
a) 
Yuksak madaniyat
– oddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi maxsus ijodkorlar 
yaratgan madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis san’atni, mumtoz musiqani va adabiyotni 
o’z ichiga oladi.
b) 
Xalq madaniyati
– ommaviy va xalq og’zaki ijodi madaniyatini o’z ichiga olgan 
madaniyat shakllari bo’lib, keng ommaning mehnati va turmushiga bog’liq holda yaratilgan 
qadimiy ijod namunalaridir. Xalq madaniyatining bu shakliga bugungi turmush tarzi, urf–odatlar, 
qo’shiqlar, folklor ansambllari, xalq og’zaki ijodi janrlari – afsonalar, ertaklar, eroslar va boshqa 
janrlar mansub. 
v) 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə