Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash



Yüklə 74,8 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü74,8 Kb.
#145497
1   2   3   4   5   6
Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni. Sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi.

O’quvchilarni talablar bilan tanishtirish ko’pincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasining direktori yoki o’quv ishlari bo’yicha direktr o’rinbosari istiqbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko’rsatish, keyinroq sinflar bo’yicha sinf majlislari yoki maxsus suhbatlarni uyushtirish asosida amalga oshiriladi.

Xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo’shib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish. O’quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. SHu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi.

Talablarning qo’yilishi jarayonida ularga o’quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o’rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. qo’yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo’lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan o’quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan chambarchas bog’liq. Har bir o’qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.

Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi.

Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir o’quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur.

Jamoa faolini shakllantirishda o’quvchilarning jamoadagi obro’sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o’zlari, albatta, o’qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.


Yüklə 74,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə