Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari


KOORDINATSION QOBILIYaTLAR



Yüklə 116,79 Kb.
səhifə9/9
tarix11.12.2023
ölçüsü116,79 Kb.
#147988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jismnoiy tarbiya o

KOORDINATSION QOBILIYaTLAR VA EGILUVCHANLIKNI TARBIYaLASH
1. Egiluvchanlik haqida tushuncha.
Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfo-funksional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat qismlarining harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi egiluvchanlikning o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Amplituda esa, odatda, burchak o’lchovlarida yoki chiziqli o’lchovlarda ifodalanadi.
Egiluvchanlik mushak va to’qimalarning qayishqoqligiga bog’liq. Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko’p darajada markaziy asab tizimining ta’sirida o’zgarishi mumkin.
Egiluvchanlikning namoyon bo’lishi muhitning haroratiga bog’liq: haroratning ortishi bilan egiluvchanlik ham orta boradi. Sutka vaqti boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda egiluvchanlikka ko’proq ta’sir qiladi. Masalan, ertalabki soatlarda egiluvchanlik ancha kamaygan bo’ladi. Mashg’ulot o’tkazayotganda egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta’sirida o’zgarishini e’tiborga olish kerak. Egiluvchanlikning yomonlashuviga olib boradigan noqulay sharoitlarni badan qizdirish yordamida bartaraf qilish mumkin. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli ravishda o’zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko’rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko’rsatkichlari esa ortib boradi. Faol egiluvchanlik mushak kuchi bilan bog’liq.
Egiluvchanlikni rivojlantirish mashq me’yorlari 1-jadvalda keltirilgan.
2. Egiluvchanlik va uni tarbiyalash uslubi
Inson oddiy sharoitlarda anatomik harakatchanlikning faqat nisbatan kichkina qismidan foydalanadi va sust harakatchanlikning doimo ulkan zahirasini asraydi. yengil atletika, gimnastika, suzish mashg’ulotlari vaqtida bo’g’inlarda harakatchanlikni oshirishga oid mashqlar talab qilinadi, anatomik harakatchanlikning faqat 80-95% idan foydalaniladi.
10-14 yoshda aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali egiluvchanlikni samarali tarbiyalash mumkin. Agar 14 yoshda va undan keyinroq tegishli shart-sharoitlardan foydalanilmagan bo’lsa, bo’g’imlar harakatchanligi katta qiyinchiliklar bilan oshiriladi.
10-14 yoshda bo’g’imlar harakatchanligi katta maktab yoshidagilardan ko’ra qariyb ikki barobar samarali rivojlanadi.
Yüklə 116,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə