Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə40/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Ishdan maqsad:
Sportda jarohatlanishning oldini olish tamoyillarini o’rganish.
Masalalaning qo’yilishi:
Sport travmatizmi to’g’risida tushuncha, sportda jarohatlanishning ko’rsatkichlari. Sport travmatizmining sabablari. Sport turiga qarab sport travmatizmini vujudga kelishi. Jarohat olgan sportchilarga birinchi yordam ko’rsatish, davolashning asosiy turlari va uslublari, oldini olish chora-tadbirlari. Jarohat olgan sportchilarni davolangandan keyingi davrda tiklash muolajalari va o’quv mashg’ulotlariga qo’yish muddatlari va uslubiyati.
Ishni bajarish uchun namuna:
Sportda jarohatlanish sabablarining algoritmini tuzish, algoritmning har bir bosqichini tahlil qilish va muammoning echimini taklif etish, tavsiya etilgan profilaktika chora-tadbirlarning samaradorligini baholash.
Jismonin tarbiya o’qituvchisi, treier shug’ullanuv-chilarnipg dars sharoiti va mashg’ulot qoidalariga to’la rioya qilishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari lozim. Ular mashg’ulotlar paytida o’quvchilar yo’l qo’ygan ayrim kamchilik va xatolarni xolis ko’rsatishi va tuzatishi, bunda shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymasligi, har bir o’quvchining umumiy qoidalarga, intizomga bo’y-sunpshiga erpshishi lozim.

Bino va jihozlar inspeksiyasi. Jaroxatlanishdan qochishning boshqa usuli – kurashchilar shug’ullanadigan ekipirovka va snaryadlarni muntazam tekshirish. Havf manbayini yo’qoting, tuzatishni ilojisi bo’lmaganlar to’g’risida xabar bering, zarur bo’lsa, ta’mirlashni talab qiling. Agar sharoit havfli bo’lsa, siz sportchiga ta’qib qilayotgan havfni kamaytirish usullarini toping, yoki havfsizlik tiklanmaguncha mashg’ulot yoki musobaqani to’xtating. Kurashda qo’llaniladigan forma kiyimlari, mashg’ulot kurash gilamlari va trenajyorlar sifati va holatini tekshirib jaroxatlanishni oldini olishingiz mumkin.
Mashg’ulotlarni havfsiz qilish uchun quyidagilarni amalga oshiring.
  1. Mashg’ulotlar boshlanishidan ancha oldin kurash zaliga keling;


  2. Mashg’ulotlargacha mashqlar guruhi va vazifalarni topib qo’ying. Ombordan barcha zarur snaryadlar va jixozlarni chiqarib qo’ying;


  3. Jixozlar havfsiz joylashganiga ishonch hosil qilish uchun yana bir marta tekshirib ko’ring;


  4. Murabbiy joyida etarli darajada o’rgangan va tayyor bo’lib kurashchilarni qarshi olishiga amin bo’ling;


  5. kurash gilamlarini, snaryadlarni va yordamchi jixozlarni qo’llanilish havfsizligi bo’yicha ko’rsatmalarni eslang;


  6. kurashchilarga havfsizlik qoidalariga hamda kurash gilamida usullarni bajarish va yiqilish texnikasiga nisbatan yo’l-yo’riq ko’rsating





Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə