Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə41/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Ajralmas havflar
Sportchilarni kurash bilan bog’liq ajralmas havflar to’g’risida ogohlantiring, chunki “bizni ogohlantirishmagan” – murabbiylarga qarshi sud jarayonlarida eng muvoffaqiyatli dalillardan bittasi. Demak, kurashni havfliligini to’liq ta’riflab bering va har bir sportchi ular to’g’risida bilishlari, tularni tushunishlari va to’g’ri baholashlariga ishonch hosil qiling.
Dastlabki mavsum oldi ota-onalar majlisi – ota-onalarga va kurashchilarga sport havflarini tushuntirish uchun eng yaxshi imkoniyat.
Nazorat va hisoblash
Sportchilar havfsizligini ta’minlash uchun, ham egri, ham to’g’ridan-to’g’ri nazoratni amalga oshirishingiz kerak. Egri nazorat shuni anglatadiki, siz harakatlar zonasida turib butun sodir bo’layotgan voqealarni ham eshitasiz, ham ko’rasiz. Siz:
  1. mashg’ulot hali rasmiy boshlanmasidan kurashchilarni nazorat qilish uchun mashg’ulot joyida mos holatda turishingiz kerak;


  2. to’liq ko’rinish uchun munosib holatda va harakat zonasiga lahzada etish imkoniyatiga ega bo’lishingiz kerak;


  3. kurashchiga ziyon etkazuvchi sharoitlarga e’tiborli va ularni himoya qilish uchun choralar qabul qilishga tayyor bo’ling;


  4. favqulotda holatlarga bir zumda diqqatingizni qaratish va adekvat bo’lish imkoniyatiga ega bo’ling;


  5. mashg’ulot yoki musobaqadan oxirgi sportchini olib ketgunlarigacha gimnastika zalida bo’ling6.


To’g’ridan-to’g’ri nazorat, mashg’ulotlar vaqtida harakatlar ustidan faol nazoratni o’z ichiga oladi. Xususan, siz kurashchilarga yangi elementlarni o’rgatayotganingizda, ularni bajarish uchun nimalar talab qilinishini, qanaqa havflar mavjudligi va qanday qilib ulardan qochishni tushunmagunlarigacha to’g’ridan-to’g’ri nazoratni ta’minlashingiz kerak. Siz sportchilar qoidalarini buzayotganlarini ko’rganingizda yoki ularni jismoniy holatidagi o’zgarishlarni sezganingizda ham to’g’ri-dan to’g’ri nazorat zarur. Qoida bo’yicha, faoliyat qanchalik havfli bo’lsa, to’g’ridan-to’g’ri nazorat shunchalik kerak. Bu nimani anglatadi, kuchaytirilgan to’g’ridan-to’g’ri nazorat, ancha yosh va tajribasi kam kurashchilar hamda birmuncha havfli mashqlarni o’rganayotgan va qayta ishlayotgan kattalarga talab qilinadi.


Havfli vaziyatlarni oldindan ko’rish va ularni yo’qota oladigan holatda joylashish ham sizning majburiyatlaringizga kiradi. Bu kurashchini, ayniqsa, havfsizlikni ta’minlashga qaratilgan qoidalarini yaxshi bilish. Havfli ovoragarchiliklarni taqiqlang va mashg’ulotlarni faqat tinch sharoitlarda o’tkazing. To’g’ridan-to’g’ri nazoratni ketma-ket amalga oshirish, mashg’ulotni kurashchilar uchun ancha havfsiz qiladi va agar baxtsiz hodisa sodir bo’lganda sizni jinoiy javobgarlikdan himoya qiladi. Qo’shimcha himoya uchun mavsum, mashg’ulotlar rejasini va sportchilar jaroxatlanishini hisob-kitob qilib boring.

Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə