Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»


Mushaklar va paylar jarohatlanganda birinchi yordam



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə44/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Mushaklar va paylar jarohatlanganda birinchi yordam qon oqish va qon quyilishni, og’riqni kamaytirish, bosib turadigan bog’lam va sovuq qo’yishdan iborat. Mushaklar va paylarning chala yirtilishida yoki to’liq uzilishida mushaklar suyakka yopishgan uchlarini bir-biriga yaqinlashtirgan holda bo’g’imni illmobilizatsiya qilish zarur.
Mushak va paylarning jarohatlanishini oldini olish choralari sportchilarning umumiy va xususiy jismoniy tayyorgarliklari, sport turi usullarining texnikasini puxta egallash, razminkani to’g’ri o’tkazish, mushak va paylar apparatining maxsus mashqlar bilan mustahkamlash, massaj, sauna va baroterapiyani qo’llashdan iboratdir.
Suyak sinishi. Suyaklar butunligining biror ta’sir yoki patologik protsess (o’sma, yallig’lanish va hokazo) natijasida buzilishi suyak sinishi deyiladi. Travmatik suyak sinishi yopiq (teri shikastlanmay) va ochiq (sinish zonasida teri shikastlanadi) turlariga bo’linadi.
Har bir suyak sinishi ko’p yoki oz darajada quyidagi havf-xatarlar bilan o’tadi:
1. Suyak parchasi (oskolkasi) ta’siri natijasida nerv stvoliniig shikastlanishi, bu shok yoki falaj avj olishiga olib boradi.
2. Suyak parchasining o’tkir uchi yirik qon tomirlarning zararlanishi natijasida tez kamqonlikka olib boruvchi tashqi qon ketishi (ochiq jarohatlarda) yoki to’qimalar ichiga qon yig’ilishi natijasida yopiq sinishlarda) gematoma rivojlanadi.
3. Singan joyga infektsiya tushishi natijasida fleg­mona, osteomielit (suyak va ko’mikning yallig’lanishi) avj oladi yoki yiringli infektsiya butun organizmga tarqaladi.
4. Sinish natijasida hayot uchun muhim bo’lgan organlar (miya, o’pka, jigar va h- k.) zararlanadi.
Travmatik sinish suyakka uning qattiqligini enguvchi mexanik kuch ta’sir qilishi natijasida kelib chiqadi. Travmatik suyak sinishi ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Ochiq sinish qoplamlar, ya’ni teri butunligi buzilganda yuz beradi (singan suyak bo’lakchalari terini teshib o’tadi). Bunday hollarda infektsiya rivojlanishiga katta xavf tug’iladi. Suyakning zararlanishi vaqtida teri to’sqinligi tufayli singan sohaga infektsiya kirishiga imkon bermaydigan sinish suyakning yopiq sinishi deyiladi.Tashqi kuch to’ppa-to’g’ri suyakka urilsa, suyak ko’ndalangiga sinib, uning periferik qismlari anchagina suriladi.
Suyak mustahkamligini enguvchi kuch suyakni ezsa, kom­pression sinish yuz beradi. Umurtqaning haddan tashqari va juda tez bukilishi, quymich bo’rtmachasi yoki oyoqqa yiqilish natijasida umurtqa suyaklari tanasining sinishi bunga misol bo’la oladi.
Uzun suyaklar egilganda ko’ndalang yoki qiyshiq sinish yuz berishi mumkin. Bunday sinishlar, odatda, odam yiqilganda yuz beradi. Suyakning bir boshi mahkam turgani xolda uni burash vintsimon sinishga sabab bo’ladi. Bunday sinish yuz berganda sinish chizig’i spiralga o’xshaydi. Chang’i yoki konkida uchayotgan kishining bir oyog’i to’siqga uchrab, tanasi enertsiya bo’yicha harakatda davom etgani uchun buralib yiqilishda suyakning vintsimon sinishini bun­ga misol qilib ko’rsatish mumkin. Yo’nalishiga ko’ra ko’ndalang, qiyshiq, uzunasiga, vintsimon va parchalangan suyak sinishlari farq qilinadi. Shuningdek to’la va chala sinishlar ajratiladi. Siniq chizig’i butun suyak bo’ylab bo’lsa, to’la sinish deyiladi. Sinish vaqtida faqat suyakning bir qismigina zararlangan bo’lsa, bunday sinish chala sinish deyila­di. Qismlarga ajralmagan ana shunday chala sinish ko’pincha suyak yorilishidan iborat bo’ladi. Bun­day xollarda singan suyakning yuzalari bir-biriga yopishib turadi. Bundan tashqari, sodda, murakkab va kom­binatsiyalashgan sinishlar farq qili­nadi. Tez bitib ketadigan yopiq sinish oddiy sinish deyi­ladi.
Og’irlashish xavfi bo’lgan sinishlar, shu jumladan barcha ochiq sinishlar, qon tomirlar, nervlar zararlanishi bilan o’tadigan infektsiya (yiringlanish, osteo­mielit) rivojlanishi, tevarak-atrofdagi organlarning zararlanishi bilan og’irlashgan (masalan, tos suyagi singanda, tos organlarining zararlanishi, bosh suyagi singanda miyaning zararlanishi va x.. k.) sinish murakkab sinish hisoblanadi. Ochiq suyak sinishi yopiq sinishdan xavfliroq, chunki suyak siniqlariga infektsiya tushish va osteomiyelit avj olish ehtimoli juda ko’p bo’ladi, bu suyak siniqlarining bitib ketishini birmuncha qiyinlashtiradi. Suyak to’liq va chala sinishi mumkin. Chala singanda suyak ko’ndalangiga biror qismida, aksar uzunasiga ketgan yoriq shaklida shikastlanadi—suyak darz ketadi. Suyaklar juda xilma-xil shaklda: ko’ndalang, qiyshiq, spiralsimon, uzunasiga sinadi. Ko’pincha parchalangan sinish kuzatiladi, bunda suyak ayrim bo’laklarga bo’linadi. Sinishning bu turi ko’pincha o’q tegib yaralanishda uchraydi.
Suyak siniqlari o’qining suyak o’qiga nisbatan og’ishi siljish deyiladi.

Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə