Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə45/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Suyak sinishida birinchi yordam. Shikastlangan kishini o’tqazish, tik turg’izib qo’yish qat’iyan man qilinadi. Shikastlangan kishini, avvalo, tekis, qattiq yuzaga (taxta shchit, taxta) yotqizib, unga tinch sharoit yaratish lozim. xuddi shu narsalardan transport immobilizatsiyasida ham foydalaniladi. Taxta bo’lmaganda va shikastlangan kishi behush yotganda, uning elkalari va boshi tagiga yostiqlar qo’yib zambilda yuz tuban yotqizib transportda olib borish xavfsizdir. Umurtqa pog’onasining bo’yin bo’limi singanda bemor boshini kalla suyagi shikastlanishidagi kabi immobilizatsiya qilib, chalqancha yotganicha transportirovka qilinadi. Suyaklar ochiq singanda birinchi yordam ko’rsatish
Chiqishlar. Bo’g’im yuzalarining siljib, uzoq vaqt davomida bir-biriga nisbatan noto’g’ri turib qolishi suyak chiqishi deyiladi. Siljish natijasida bo’g’im yuzalari bir-biriga tegmay qolsa, to’la chiqish, qisman tegib turgan bo’lsa, chala chiqish deyiladi. Chiqish, odatda, bo’g’im kapsulasining yirtilishi va shu joy orqali bo’g’im yuzasidan bittasining chiqishidan iborat. Qaysi bo’g’im zararlanganiga ko’ra, elka bo’g’imi, tos-son bo’g’imining chiqishi yoki bo’g’im yuzasi kapsula yorilgan joydan chiqqan suyak nomiga qarab elka chiqishi, son chiqishi to’g’risida gapiriladi.. Travmatik chiqishlar ko’pincha tashqi kuch ta’siri, ayrim xollarda mushaklarnnng xaddan tashqariqisqarishi natijasida yuz beradi. Bo’g’imning ba’zi anatomik-fiziologik xususiyatlari: suyaklar bo’g’im yuzalarining bir-biriga mos emasligi, bo’g’im kapsulasining kengligi, bog’ich apparatining mustahkam emasligi va shu kabi chiqishga moyil qiluvchi sabablarni tashkil qiladi.
Ko’proq qo’l oyoq suyaklarining chiqishi biror kuchning suyak diafiziga yoki tamomila qo’l-oyoqqa ta’sir etishi natijasida yuz beradi. Kuchning bo’g’imga bevosita ta’siri natijasida chiqishi esa kam uchraydi.
Travmatik chiqishda bo’g’im kapsulasi yoriladi yoki yirtilib ketadi. Blokka o’xshash bo’g’imlar (tizza, tirsak, boldir-tovon) ning chiqishi hamisha bog’ich apparatining uzilishi bilan birga kechadi. Shu bilan birga paylarning suyakka yopishgan joyidan uzilib ketishi ham kuzatiladi. Endigina yuz bergan travmatik chiqish vaqtida yuqorida ko’rsatib o’tilgan zararlanishlar bi­lan bir qatorda bo’g’im ichiga va atrofdagi to’qimalarga qonquyilishi kuzatiladi. Basharti, chiqish bilan birga ko’proq qon tomirlar, nervlar zararlangan bo’lsa yoki suyakning bo’g’imga yaqin qismi singan bo’lsa, bunday chiqishlar murakkablashgan chiqish deyiladi, ochiq chiqish yuz berganda bo’g’im sohasida yara borligi ko’riladi. Shikastlangan vaqtda paydo bo’lgan keskin og’riq keyingi soatlarda ham kamaymaydi.
Shok – organizmning hamma tiriklik funktsiyalari: markaziy va vegetativ nerv tizimining faoliyati, qon aylanishi, nafas olish, modda almashinuvi, jigar va buyraklar funktsiyasining tobora keskin darajada so’nib borishi bilan ta’riflanadi. Shok—hayot bilan o’lim o’rtasidagi holat va to’g’ri, kechiktirmay davo qilingandagina bemor hayotini qutqarib qolish mumkin. Shok ko’pincha og’ir travmatik shikastlanish natijasida paydo bo’ladi. Travmatik shok ko’pincha chanoq suyaklari singanda (20%), qorin bo’shlig’i shikastlanganda (15%), ko’krak qafasi, umurtqa pog’onasi, son suyagi (5%) va boldir suyagi singanda (2—3%) sodir bo’ladi. Travmatik shok rivojlanishiga asab va jismoniy toliqish, sovqotish yoki issiqlash, och qolishga moyil qiladigan sabablardan hisoblanadi. Shokda nerv tizimi, yurak, o’pka, jigar, buyraklar faoliyatining nihoyatda pasayib ketishi ro’y beradi.
Qonda yig’iladigan zaharli moddalar tomirlar va kapillyarlarni falaj qiladi. Arterial bosim tushib ketadi, organlarga kamroq qon oqib keladi. Kislorod tanqisligi kuchayadi — bo’larning hammasi nervhujayralarining juda tez xalok bo’lishiga va shikastlangan kishini o’limga olib kelishi mumkin.

Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə