Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə42/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Atrof muhit sharoitlari
Kurash – yopiq binolar uchun sport turi bo’lsa ham, murabbiylar baribir sportchilarga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan atrof muhit sharoitlaridan boxabar bo’lishlari kerak. Atrof muhit sharoitlari chaqirgan ko’pgina sog’liq bilan muammolar, o’ta issiq yoki o’ta sovuq bilan bog’liq. Muammolar haqida biroz o’ylab ko’rish va kurashchilarni adekvat(xushyorlik) himoyasini ta’minlash, atrof muhit sharoitlari bilan bog’liq ko’pgina jiddiy favqulotda vaziyatlarni yo’qotish uchun biroz kuch kerak.
Murabbiyga maslaxatlar. Kurashchichilarga mashg’ulotdan oldin, mashg’ulot vaqtida va keyin iloji boricha ko’p suv ichishni tayinlang. O’smir tanasining 45 dan - 65 foizgacha og’irligini suv tashkil etadi, va xatto uni ko’p miqdorda yo’qotilishi organizm tizimlarini jiddiy buzilishiga olib keladi. Sportchi suvsizlanish uchun sissiq yoki namlik bo’lishi shart emas. Tashnalik ham aniq alomat hisoblanmaydi. Umuman, sportchilar tashnalikni sezmaslaridan oldin suv ichishlari kerak7.
ohatlanishni oldini olish. Jarohatlanishda tibbiy yordam ko`rsatish.
Sportchilar jaroxatlariga reaksiya-Biz qabul qilgan profilaktika choralari qanchalik asoslanligidan qat’iy nazar, jaroxatlar doim bo’ladi. Baxtsiz hodisa sodir bo’lganda, siz yonida bo’lib qolishingiz ehtimoli ham bor. Jaroxatni og’irligi va tavsifi, uni davolashda sizning ishtirokingiz faolligini aniqlaydi. Sportchi qanchalik zarar ko’rganligidan qat’iy nazar, siz qanday choralar ko’rishingiz kerakligini bilishingiz shart. Shunday qilib, tanaga ziyon etganda, siz muvofiq choralar ko’rishga va bazaviy tez yordam ko’rsatishga tayyor bo’lishingiz kerak.
Tayyorlaning - bazaviy tez yordam ko’rsatishga tayyorlik ko’pgina jixatlarni o’z ichiga oladi, jumladan yurak-o’pka reanimatsiyasini (YuO’R) o’rganish, birinchi yordam ko’rsatish va favqulotda holatlarda harakat rejasiga ega bo’lish8.
YuO’R o’rganish va birinchi tibbiy yordam
Barcha murabbiylar YuO’R va birinchi yordam ko’rsatish bosqichlarini o’tishlari tavsiya qilinadi. Olgan bilimlarni amaliy va yozma testlash asosida sizga sertifikat berishlari kerak. YuO’R o’rganish, bolalar va kattalarning asosiy hayot ta’minotini hamda nafas yo’llarida o’tish buzilgan holatlarda ko’riladigan choralarni o’z ichiga oladi.
Tayanch-harakat apparatining shikastlanishida ko’pincha lat eyish, mushaklar va paylarning uzilishi, bo’g’imlarning cho’zilishi, suyaklar chiqishi va sinishi uchraydi.
Lat eyish yumshoq to’qimalarning eng ko’p tarqalgan yopiq (teri qoplamlari va shilliq pardalar butunligi buzilmagan) shikastlanishi lat eyishi, bu aksari to’mtoq narsa (masalan, butsa, klyushka) bilan yoki erga, muzga, daraxtga, devorga va shu bilan birga, sportchilar bir-biriga urilganda paydo bo’ladi. Lat egan zahoti va undan keyingi birinchi soatlarda paydo bo’ladigan og’riq qaysi joy shikastlanganligiga va shikastlanish qanchalik tarqalganligiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Lat eyish natijasida to’qimalarga qon quyiladi. Tomir yorilganda teri ostida qon ivindilari (gematomalar) hosil bo’lishi mumkin. Lat egan joy bir oz shishadi, ko’pincha ko’karib qoladi. Lat eyish shikastlangan organ funktsiyasining buzilishiga olib keladi.

Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə