Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi «kurash turlari va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 462,23 Kb.
səhifə43/104
tarix20.10.2023
ölçüsü462,23 Kb.
#128721
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi-hozir.org (1)

Lat eyishda birinchi yordam shikastlangan organ uchun osoyishta sharoit yaratish, qon quyilishini kamaytirish va og’riqni birmuncha tez to’xtatish uchun lat egan joyga sovuq narsa qo’yish (qor yoki muz solingan xalta, ho’l salfetka qo’yiladi yoki xloretildan foydalanadi); lat egan sohaga bosib turadigan bog’lam yoki teyp qo’yiladi. Lat eganda 24 soat ichida issiq narsa qo’yib bo’lmaydi. Sutka o’tgandan keyin vrach ruxsati va nazorati ostida har xil issiq muolajalar, massaj va davo jismoniy tarbiyasi o’tkazilishi mumkin.
Mushaklarning cho’zilishida (distorziya) mushak tolalarining cho’zilish xususiyatiga ega bo’lganligi tufayli kam yirtiladi. Mushak cho’zilishida, asosan, mushak qo’shimcha appartining (sarkolemma, peremiziya, va boshqalar) cho’zilishi, yirtilishi, yorilishi va mayda qon tomirlarining yorilishi kuzatiladi. Bunday shikastlanishlarda mushaklarda og’riq paydo bo’lishi tufayli sportchilar qisqa muddat davomida (bir necha soatdan bir necha kungacha) mashg’ulot va musobaqalarda qatnasha olmaydilar.
Mushaklarning cho’zilishida, asosan, mushakning qorinchasi yoki ikki uchi, ya’ni boshlanishi va birikishlari-pay qismlari cho’ziladi. Mushakning funktsiyasi buzilmasa, bo’g’imda harakat to’la saqlanadi.
Mushaklarning chala yirtilishi va uzilishi, asosan, mushaklarning o’zaro kelishilmagan keskin qisqarishda sodir bo’ladi. Bunda qattiq og’riq va ayrim holda qarsillash paydo bo’ladi. Bo’g’imda harakat cheklangan va og’riqli bo’ladi yoki butunlay bo’g’imni qimirlatib bo’lmaydi. Shikastlangan joy qon quyilishi va reflektor kontrakturasi (tirishish, tortishish) sodir bo’lish tufayli qattiq bo’lib qolishi mumkin.
Mushaklarning uzilishida teri ostida chuqurchalar paydo bo’lishi va mushakning har qisqarishida ularning kattalashishi kuzatiladi. Ko’proq sonning to’rt boshli va elkaning ikki boshli mushaklari shikastlanadi. Bu mushaklardan tashqari, ko’pincha sonning ikki boshli mushaki (futbolistlarda sonning yaqinlashtiruvchi mushaklarning yuqori qismi, sakrovchilarda, to’siq osha yuguruvchilarda) va boldirning orqa mushaklari (akrobat va gimnastlarda) ham jarohatlanadi.
Mushaklarning kuchli va keskin qisqarishida paylarning chala yirtilishi va uzilishlari vujudga keladi. Mushaklarning paylarga o’tish joylari yoki paylar suyakka yopishgan joylari va paylarning uzunligi bo’yicha jarohatlanish mumkin. Paylarning uzilishida payning (tendinit), yoki pay qinlarining (tendovaginit), yoki payni o’rab yotgan kletchatkasining (paratendonit) kasalliklari katta ahamiyatga ega.
Shikastlangan vaqtda keskin og’riq paydo bo’ladi. Paylarning uzilishiga qarsillash tovush paydo bo’lishi xarakterlidir. Mushakning payi uzilganda, mushak funktsiyasini to’la yo’qotadi.
Masalan, axill payi uzilganda sportchi oyoq uchida turolmaydi. Uzilgan payning uchlari o’rtasida chuqurcha aniqlanadi. Shikastlangan mushak o’z shaklini o’zgartirib siljib ketishi mumkin. Sport faoliyatida fastsiyaning (mushaklarning ustidan qo’shuvchi to’qimadan iborat parda o’rab turadi, u fastsiya deyiladi) yorilishi ham uchrab turadi. Fastsiyaning yorilishi ko’pincha fastsiyani tarang holda to’mtoq narsa bilan zarb qilinishida sodir bo’ladi. Fastsiya yorilishida og’riq paydo bo’ladi, mushakning funktsiyasi buzilmaydi, keyinchalik esa shish va qon quyilishi ko’rinadi.

Yüklə 462,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə