Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyili



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə29/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

Shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyili
Ma’lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo‘lishi lozim, chunki, kishilar ruhiy, ma’naviy va jismoniy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan holda tug‘ilmaydilar.
Bu sifatlarni kamol topishi, o‘sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog‘liq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir.
Ijtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni har doim va har yerda inson organlari va tizimlarining biologik rivojlanishining ichki talabi tarzida qo‘yadi.
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qo‘llaniladigan tarbiyaning har qanday shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog‘langandir. Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan bog‘liqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasi, fandagi o‘sha eski bahs hozir ham davom ettirishga urinuvchilar mavjud, ular odam tanasining tashqi ko‘rinishi va uning funksiyasiga tashqi ta’sir bilan o‘zgartirish kiritish mumkin emas deb tarbiyaning rolini hozir ham inkor etadilar.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyilining jismoniy tarbiya mutaxassisiga qo‘yadigan asosiy talablari:
1. Tarbiyaning turli tomonlarining bir butunligiga erishish. Jismoniy tarbiya orqali erishilgan yuqori natijaning o‘zi shaxsni har tomonlama rivojlanagnligini belgilaydi, deb bo‘lmaydi. Jismoniy sifatlarga qo‘shib aqliy, axloqiy, ruhiy, estetik, va ma’naviy sifatlar ham qo‘shib tarbiyalansa, shaxs shundagina ijodiy mehnat va Vatan mudofaasiga tayyor bo‘ladi. Bu talab o‘z navbatida jamiyatimiz aozolarininghal qiluvchi vaqtda, mehnat vaxtasidami, mudofadami, qonuniy demokratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarning barchasida oldinda bo‘ladilar.
2. Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish. Jamiyat aozolarining barcha faoliyatlari ma’lum maonodagi kasbga,hunarga yo‘naltirilgan bo‘lishi, bunga ayniqsa mehnat vaharbiy faoliyat davomida duch kelamiz.har qanday faoliyatdagi yutuq jismoniy tayyorgarlikka bog‘liq. Armiya safidami yoki mehnat frontidami umumjismoniy tayyorgarligi sust bo‘lganlar qiyinchiliklarga duch keladilar. Jismoniy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivojlangan,hayot uchun kerakli zarur bo‘lganharakat va mehnat malakalari yetarli bo‘lsa, boshqa faoliyatni oson va tez o‘zlashtiriladi. Jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish uchun olib borilgan rejali faoliyathar tomonlama garmonik rivojlantirishning omilidir.
Jismoniy tarbiyani sog‘lomlashtirishga yo‘naltirish tamoyili
Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan-ligi tamoyili shug‘ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishida ularni sog‘ligiga javob berish maosuliyatini o‘rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trenerlar, davlat, xalq oldida shug‘ullanuvchilarning sog‘ligiga javob beribgina qolmay, uni musta’kamlashga va takomillashtirishgaham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shug‘ullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto‘g‘ri foydala-nish esa shug‘ullanuvchi sog‘ligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sog‘liginihisobga olish, tizimli vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir.
Amalda rejasiz ishlash o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning me’yori, bajarish intensivligi, yuklamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shug‘ullanuvchi uchun o‘ta qimmatga tushishi mumkin.
Shundayhollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o‘sishi, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro‘siga salbiy ta’sir etadi.
Shu sababli vrach nazorati dalillarini eotirof etish bilangina cheklanmay, asosiy eotibor ularning ta’liliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.
Jismoniy tarbiyani sog‘lomlashtirish bilan bog‘lab olib borish tamoyili vrach, pedagog va shug‘ul lanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.
Jismoniy tarbiya tamoyillari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikni taqazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat vaharbiy amaliyot bilan bog‘liqligi uning yetakchi tamoyilidir. Shu tamoyilgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, uning ahamiyati jamiyatimiz aozolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdadir.
Shaxsnihar tomonlama rivojlantirish tamoyili ijti-moiyhayotga - ishlab chiqarish vaharbiy ishini amalga oshiradiganhar tomonlama rivojlangan shaxsga talabni oshiradi,har tomonlama jismoniy, ma’naviy rivojlangan-larni tarbiyalash mamlakat iqtisodiyoti va mudofaasini ta’minlashda muhim rolp o‘ynaydi.



Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə