Jismoniy madaniyat tushunchalari maqsadi Reja: Jismoniy madaniyat nazariyasini manbalari


 Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#146382
1   2   3   4   5
1349634404 10597

3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. 


 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar bilan chambarchas 
bog`liq. Har qanday fan faqatgina o`zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa tulaqonli 
samara bera olmaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bir necha fanlar qushilishi 
orqali maxsus pedagogik muammolarni xal qiladigan predmetga aylangan. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi umumiy pedagogika, psixologiya, inson 
umrining yoshi davrlarining psixologiyasi va jismoniy madaniyat psixologiyasining ilmiy 
izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan o`zviy 
boglangan. Oldingi yagona, bo`laklarga bo`linmagan jismoniy madaniyat nazariyasi va 
metodikasidan alohida pedagogika fanlari ajralib chiqdi, bo`lar qatorida sport pedagogikasi 
fanlari ham, lekin ularning so`nggi rivojida bir-biri bilan o`zaro o`zviy bog`liqligi namoyon 
bo`ldi. Mustakil fanlar jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ishlab chiqqan umumiy 
qoidalarga tayanadi, olingan aniq dalillar yangi umumlashtirishlar uchun materialdir. Bu degani, 
jismoniy madaniyatning butun pedagogik muhitini o`z ichiga olgan boshlangich, keng ilmiy 
izlanish va o`qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport soxasi fanlari ajralib 
chiqaboshlagan ligidir: gimnastika, yengil atletika, sport uyinlari fanlari va x.k.lar. Ammo 
jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun keraqli bo`lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, 
qaysiki, hamma turlar uchun ta`sir ko`rsata olganlari alohida fan bo`lib ajralmadi va ajralib 
chiqishi ham mumkin bo`lmasdi. Ana usha qonuniyatlarni ishlab chpkish hozirgi zamon 
jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining asosini tashqil qiladi. 
Biologiya fani bilan bog`liqligi- jismoniy madaniyat vositalarini shug`ullanuvchilar 
organizmiga ta`siri reaksiyasini o`rganish keraqligiga aloqadordir. Jismoniy madaniyat 
jarayonini samarali boshqarish anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining 
qonuniyatlarini xisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin. 
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy madaniyat nazariya va metodikasining boshqa 
fanlar bilan bog`liqligi bir tomonlama bo`lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy madaniyat haqidagi 
fanning rivojlanishi aralash fanlarga ta`sir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sportning 
nazariyasi va praktikasi psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar 
organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib 
keladi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə