Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi fani bo'yicha ma' ruzalar matni


Mavzu. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi fanining dolzarb muammolari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/26
tarix23.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#157567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi-fayllar.org

Mavzu. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi fanining dolzarb muammolari.
Reja:
lHarakatlantiruvchi harakatni o'rgatish nazariyasini motodologik asosini ilmiy elementlarini shakllantirish tarixiy nuqtai-nazardan tahlil qilish. 2.Shakllantirishni uch bosqichi haqida ma'lumotlarga ega qilish.
lHarakatlantiruvchi harakatni o'rgatish nazariyasini motodologik asosini ilmiy elementlarini shakllantirish tarixiy nuqtai-nazardan tahlil qilish.
O'quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta'limi muhim o'rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma'lum bo'lagini bajarishga o'rgatiladi, jarayon mashq qilish- takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug'ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta'lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o'zlashtirish va uni o'quvchiga, shug'ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo'lga qo'yishdan iboratdir.
O'qitish amaliyotida "harakat faoliyati ta'limi", "harakatga o'rgatish", "harakat malakasi", "harakat ko'nikmasi", "nazariy bilim" kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma'lumot berish maqsadi amalga oshiriladi.
Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o'rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. Harakat faoliyatini o'rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo'lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo'llaniladi. Harakat faoliyatini o'qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko'nikma vujudga keladi, bir vaqtning o'zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo'g'imlar harakatchanligi rivojlanadi. Shu sababli pedagogik jarayonda e'tibor bir narsaga - ta'limga, ya'ni malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Harakat faoliyatini o'qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda hal qilinmay, sog'lomlashtirish xususiyatiga ega bo'lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech qaysi umumta'lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo'lmaydigan sog'lomlashtirish vazifasi harakat faoliyatini o'qitishda yorqin namoyon bo'ladi.
Harakat faoliyatini o'qitishda bilim berish vazifalari ham o'zining xususiyatlariga ega. O'quv materiallarini egallash jarayonining etakchi tarkibiy qismi o'quvchilarning faol harakat faoliyatidir. Ularning o'quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O'quvchining o'quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog'liq: ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to'plangan tajribalar va ma'lum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo'lsa, inson shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi.
Odatdagi sharoitda inson o'z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo'yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo'lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo'lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi.
Harakat faoliyatini o'qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o'quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa harakat faoliyatlari bilan ko'p marotaba bog'lanishlarga ega ekanligi ma'lum bo'ladi. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Bu faoliyatlarning ta'siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo'lishi mumkin.
Uchinchi xususiyati - ta'limni ikki yo'nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi:

          1. harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog'liqdir. eng avvalo, aynan o'sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;


          2. harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo'lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o'zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.


Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi.


Harakat faoliyatlarini o'rgatishning samaradorligi jismoniy bilim va jismoniy rivojlanganlik darajasi ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlari egallanishini to'g'ri tashkil etgan pedagogik jarayon, albatta, jismoniy rivojlanganlik ko'rsatkichlarining oshishiga olib keladi.
Bilim berish vazifalarining hal qilinishi tarbiyaviy vazifalarning amalga oshirilishi bilan birga yuz beradi. O'quv fani tarbiyaning umumiy vazifalarini hal etishga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi, ayni paytda jismoniy tarbiya uchun xos bo'lgan ayrim xususiy vazifalarni ham oldinga suradi:

Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishga odatlantirish. Bu odat, ayniqsa, hozirgi zamondoshlarimiz uchun zarur. U kam harakat qilish, organizmga jismoniy yukning kamligi, harakat tanqisligini engish muammosini hal qiladi, mustaqil jismoniy mashq bilan shug'ullanish mashg'uloti uchun vaqt topishga o'rgatadi.

Jismoniy qiyinchiliklarni engish qobiliyatini tarbiyalash. Ko'pchilik harakat faoliyatlarini o'zlashtirish ma'lum darajadagi tavakkalchilikni, maksimal jismoniy va psixik zo'riqishni talab qiladi, katta yuklamani organizm sarflagan quvvatini tiklab ulgurmagan sharoitda bajara olishga - chidashga o'rgatadi.

Gigienik malaka va odatlarni tarbiyalash. Jismoniy mashqlarning samaradorligi asosan gigienik omillardan to'g'ri foydalanish bilan bog'liq. Harakat faoliyatlarini o'rgatish jarayoni ish tartibiga, ovqatlanish, uyqu tartibiga rioya qilishni tarbiyalash, badanni parvarishlash va boshqalarni o'z ichiga oladi.
O'quvchilar orasida o'zaro munosabatlarni to'g'ri shakllantirishga erishish, harakat faoliyatlari davomida mustaqillikni tarbiyalashda umumiy va alohida tarbiyaviy vazifalarni hal qilish o'qituvchi bilan o'quvchining yuqori darajadagi va xususiy aloqasi sharoitida amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy vazifalarni ta'lim jarayonida to'laqonli amalga oshirish uchun uni tizimli ravishda bilim olish vazifalarini hal qilish bilan qo'shib olib borilmasa, kutilgan natijaga erisha olmaslik amaliyotda isbotlangan.
Sog'lomlashtirish vazifalari harakat faoliyatlarini o'rgatishda jismoniy tarbiyaning barcha vositalarini majmuali ravishda qo'llash orqali hal etiladi.
Ta'limning samarasiga tashqi omillar (sport anjomlari va jihozlarning soz bo'lishi), sog'lomlashtirish vazifalarining hal qilinishi (mashg'ulot joyining tozaligi, havo va boshqalar) ahamiyatli darajada ta'sir qiladi.
Harakat faoliyatlarini o'qitishning yuqorida qayd qilingan xususiyatlari o'qituvchidan psixologik-fiziologik bilimlarnigina talab qilib qolmay, yuqori darajadagi anatomo-fiziologik tayyorgarlikka oid bilimlarga ega bo'lishni taqozo etadi.
Harakat ko'nikmalari va malakalari
Jismoniy tarbiyaga xos bo'lgan ko'p qirrali vazifalarning barchasi harakatni bajara olish va harakat malakasining shakllanishiga bog'liqdir. Bu jarayonga xos qonuniyatlarni bilish harakat faoliyatlarini o'qitishning barcha bosqichlaridagi mazmunning to'g'ri va ratsional bo'lishini ta'minlaydi, harakat faoliyatlarini egallashdagi notekisliklarga barham beradi va ta'limda shaklni o'zgartirib yo'lga qo'yish uchun imkoniyat yaratadi, darslar tizimini talab darajasiga yaqinlashtirish, tayyorlov va yo'llanma beruvchi mashqlardan samarali foydalanib, malakani ijobiy va salbiy ko'chirishni ta'minlaydi. Harakat faoliyatlarini o'qitish jarayonida tananing u yoki bu qismida harakatni boshqarish xususiyati o'zgaradi, natijada harakat faoliyatini egallash darajasi ortadi. B.A.Ashmarin bu jarayonni quyidagicha ifodalagan:
Maxsus bilimlarga ega bo'lish
O'quvchi (shug'ullanuvchi) maxsus bilimlar bazasida va tizimli mashqlar natijasida harakat faoliyatini bajarish uchun belgilangan imkoniyatlar chegarasiga etadi, takomillashtirish uchun cheksiz imkoniyatlarga ega bo'ladi. Harakat faoliyatini egallashning uch bosqichga bo'linishi shartlidir. Bosqichlarning turg'un chegaralari mavjudligi bilim berish vazifalarini belgilash va uni hal qilish uchun qulaydir.
Eski tajribalar, bilimlarga tayanib bajara olishning shakllanishi harakat faoliyatini egallash jarayonidan boshlanadi.
Harakatni bajara olish - bu harakat faoliyatining har bir bo'lagiga o'quvchining diqqat-e'tiborini to'plash sharti asosida o'rganilayotgan harakat faoliyatidir.
Harakat alomatlari - to'la, bir butun harakat faoliyati tarkibidagi harakatlarni boshqarish avtomatlashmagan holda bajariladi. Natijada o'quvchining ongi harakatning har bir elementi qanday bajarilishini sintez qilish bilan o'ta band bo'lib, ish yuqori darajadagi quvvat sarflash hisobiga iqtisod qilinmay, ahamiyatli darajadagi charchashga dosh berish hisobiga bajariladi.
Harakat vazifasini bajarish usuli turg'un emas (takrorlashlarning maromi turlicha). Bu bosqichda harakat vazifasini oson, ko'p quvvat sarflamay hal etish usuli izlanadi.
Harakatni bajara bilish harakat faoliyatini birinchi o'rganayotganlar chetlab o'tadigan xatolardan xoli bo'lgan faoliyat emas.
Harakatni bajara olish asosan ijodiy izlanishlar orqali taqqoslash, solishtirishlar, harakatni bajarish usullarini baholash, ularni bir butun harakat faoliyatiga birlashtirish bo'lib, bilim berish uchun katta imkoniyatlarni ochadi. Harakatni bajara bilish harakat faoliyatini egallashning shunday darajasiki, xususiyatiga ko'ra u barcha yo'llanma beruvchi mashqlarga tenglashtiriladi.
Harakatli mashqlarni ko'p marotaba stereotip tarzida takrorlash ko'nikma hosil qilishga olib keladi. Bunga takrorlash vaqtida harakat tuzilishiga jiddiy o'zgarishlar kiritilmagan va harakat bir xil sharoitlarda bajarilgan taqdirdagina erishiladi.
O'rganilgan harakatning nisbatan doimiy sharoitda tizimli namoyon qila olinishi uning asta- sekinlik bilan malakaga aylanishiga olib keladi.
Harakat malakasi - bu faoliyatni shunday bajarish qobiliyatiki, unda diqqat faoliyatning natijasi va sharoitiga yo'naltirilib, uning tarkibiga kiradigan ayrim harakatlarni nisbiy e'tibor bilan bajara olishdir.
Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat malakalari harakat faoliyati jarayonida harakatlarni avtomatlashmagan holda boshqarish qobiliyatidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida ikki xil ko'rinishda bo'lgan harakat malakalari hosil qilinadi: a) yaxlit harakat faoliyatini amalga oshira olish; b) har xil murakkablikda bo'lgan alohida harakatlarni bajara olish malakalari.
Malakaning o'ziga xos belgilari:

            1. Harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi alohida harakatlarni bajarilishiga uncha e'tibor bermay bajarish. Bunga harakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanishi hisobiga erishiladi.


            2. Harakatni avtomatlashgan darajada bajarish o'rgatish natijasi yoki hayotiy tajriba amaliyoti natijasidir.


            3. Harakat faoliyatining avtomatlashgan holda bajarilishida ong etakchi o'rinni egallaydi. Harakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay, ayrim harakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim elementlar tuzilishi avtomatlashadi.


            4. O'quvchining ongi asosan o'zak tarkibiy qismlarga, sharoitning o'zgarishi hisobiga va harakat vazifasining ijodiy hal qilinishiga yo'naltiriladi.


            5. Harakat malakasi yuqori turg'unlikka ega. Bu shuni ko'rsatadiki, boshqa sharoitda harakat faoliyati bajarilishining buzilishiga oz imkoniyat bo'ladi (masalan, boshqa sport zali, boshqa jihoz, tomoshabinlar kuzatuvi).


            6. Harakat malakasi uchun harakatlardagi ma'lum tizimning mavjudligi va o'ziga xosligi. Bu alohida ajratilgan harakatlarni bir butun harakat faoliyatiga birlashtirishda ifodalanadi. Harakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomillashadi, bir butun faoliyat ko'rsatishning vaqti qisqaradi.


            7. Harakat malakasining shakllanishi analizatorlar funksiyasini qayta taqsimlash bilan kuzatiladi. Harakat analizatorining o'rni ortadi, harakat nazoratida mushak hissiyoti etakchi ahamiyat kasb etadi: suzuvchining suvni, futbolchining to'pni his qilishi kabi.


Harakat malakasi shakllanib bo'lganidan so'ng, uning rivojlanishi davom etadi. Agar ratsional takrorlash davom ettirilsa, unda malakaning yana ham takomillashuvi sodir bo'ladi, uning barqarorlashuvi davom etadi. Malakani nisbatan moslashuvchanroq qilish uchun urinish davom etadi va afzal malaka deb qaraladigan turg'unroq, yuqori harorat, shovqin va hokazolarning ta'siriga etarli darajada moslashuvchan, kerak bo'lsa, o'zgaruvchan sharoitda qayta shakllantirish mumkin bo'lgan malakani yaratish imkoni yuzaga keladi.


Harakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida qator mayda yangilanishlar orqali vujudga keladi.
Notekis shakllanuvchi malakaning to'rt turi mavjud:
              1. Malakaning "salbiy tezlik" bilan shakllanishi. Ta'limning birlamchi bosqichida harakat faoliyatini o'zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust boradi. Bu yo'sindagi malakaning shakllanishi harakat faoliyati texnikasini egallash uchun xosdir. O'quvchilar harakat faoliyatlari asosini oson o'zlashtiradilar, chunki maktab jismoniy tarbiya dasturiga oson harakatlar kiritilgan, uning detallarini o'zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi.


              2. Malakaning "ijobiy va zudlik" bilan shakllanishi. Ta'limning birinchi bosqichida malaka sifatining o'sishi ahamiyatli darajada bo'lmaydi. So'ng u keskin o'sadi.


              3. Malaka rivojlanishining sekinlashuvi. Malaka belgilangan mahorat darajasiga etganda, ikkala ko'rinishdagi tezlik bilan malakaning shakllanishi sodir bo'lishi mumkin. Malaka qancha takomillashmagan bo'lsa, o'z navbatida, uni yanada yaxshilash uchun shunchalar katta pedagogik mahorat va kuch talab qilinadi.


              4. Malaka rivojlanishining ushlanishi. Ushlanish ikki sabab orqali sodir bo'lishi mumkin:


  • vaqt o'tishi bilan organizmda malakaning sifat o'zgarishlariga olib keluvchi sezilarsiz moslashuv jarayonining borishi;


  • ta'lim usuliyatining noto'g'riligi yoki harakat sifatlarining etarli darajada rivojlanmaganligi orqali kelib chiqadigan sabablar.


Agar malakaning ushlanishi sababi to'g'ri aniqlansa, uni engish, tezroq o'tishini ta'minlash uchun birinchi sabab vaqt, ikkinchi sabab o'qitishning vosita va uslublari bo'lib, lozim bo'lsa ularni keskin o'zgartirish kerak.


Harakat malakasi barcha shartli reflekslar qatori, agar mustahkamlab turilmasa so'nadi. So'nish malakaning ketma-ketligiga o'xshash birin-ketin yoki unga teskari tartibida sodir bo'ladi. Harakat malakasi mashqni takrorlamay qo'yish orqaligina yomonlashmay, harakat sifatlari darajasining, organizmdagi funksional imkoniyatlarning pasayishi orqali ham sodir bo'lishi mumkin. Masalan, yoshi o'tgan gimnastikachilar siltash bilan bajariladigan texnik jihatdan engil mashqlarni juda osonlik bilan qo'shpoyada bajarsalar, halqada kuch bilan bajariladigan mashqlarni uddalay olmaydilar.
2.Shakllantirishni uch bosqichi haqida ma'lumotlarga ega qilish.
O'rgatish jarayonining umumiy yo'nalishi mashq texnikasi negizini va uning variantlarini (mashq negizi puxta egallangandan keyin) mustahkam o'zlashtirishdan iboratdir. O'rgatish jismoniy sifatlarning, avvalo, chaqqonlikning rivojlanib borishi bilan bir vaqtda davom etadi.
Harakatli mashqlarga o'rgatishning uzoq davom etishi va qiyinligi ko'p jihatdan mashq tuzilishining qay darajada murakkabligiga bog'liqdir. Mashq tuzilishining murakkabligi, o'z navbatida, uni tashkil etuvchi harakatlarning miqdoriga, ularning masofa hamda vaqt jihatidan aniq bajarilishiga, mushaklarning zo'r berib aniq harakat qilishiga, shuningdek, ularning o'zaro aloqada bo'lishiga va harakat aktining umumiy ritmiga ham bog'liq bo'ladi.
O'rgatish vaqtida murakkab harakat aktlari - tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalar o'rtasidagi o'zaro aloqalarning xususiyatlari ham hisobga olinadi. Bo'lib yuborish uslubidan foydalanish harakatni o'rganishning izchilligini belgilash uchun, shuningdek, tayyorgarlik mashqlarini tanlash uchun muhimdir. O'rganishni ba'zi hollarda, asosiy fazadan - harakat faoliyatining asosiy mexanizmidan boshlash mumkin (masalan, granata uloqtirishdan, yugurib kelib sakrashdan va b.). Boshqa hollarda, asosiy fazani bajarish tayyorgarlik fazasiga, ayniqsa, kuchli bog'liq bo'lganda, birinchi navbatda, tayyorgarlik fazasini o'zlashtirish maqsadga muvofiqdir (masalan, qo'shpoyada siltanib orqaga ko'tarilishdan avval gavdani qo'l barmoqlari tomon siltab tortish); ba'zida shikastlanishning oldini olish maqsadida avval yakunlovchi fazani o'rganish ma'quldir (masalan, sakrashda to'g'ri tushish).
Ayrim harakat faoliyatiga o'rgatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iboratdir:


    1. Dastlabki o'rgatish. Bu o'rgatish jarayonida harakatning asosiy variantini umumiy tarzda bajarish malakasi tarkib topadi.


    2. Chuqurroq o'rganish. Bunda harakatni zarur darajada aniq bajarish malakasi hosil bo'ladi.


    3. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish. Bu harakat ko'nikmasining paydo bo'lishi, shuningdek, undan har xil sharoitlarda foydalana olish bilan bog'liqdir.

O'rgatishning bu bosqichida maqsad harakat faoliyatini uning asosiy variantida umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir. O'rganuvchilar yangi harakat texnikasining negizini o'zlashtirib olishi kerak. Ayrim hollarda, bunday malakalar umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida hosil qilinganda, mustaqil ahamiyatga ega bo'lishi va texnika batafsil takomillashtirilmagan holda ko'nikmaga aylanishi mumkin. Boshqa hollarda bu malakalar harakatlarni bajarishning ustasi bo'lish yo'lida dastlabki bosqich hisoblanadi, bu sportchilar uchun, ayniqsa, xosdir.


Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihatidan shu bilan xarakterliki, bu bosqich davomida miya po'stlog'idagi dinamik stereotipning asosi yaratiladi. Bunda yaroqli tug'ma va orttirilgan reflekslarni tanlash, shuningdek, o'rganuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarida bo'lmagan reflekslarning yangilarini barqaror etish sodir bo'ladi. Natijada bosqich oxirida o'rganiladigan faoliyat texnikasining asosiga mos keluvchi harakat reflekslari tizimi tarkib topadi. Bu bosqichning o'ziga xos xususiyatlari: a) harakatlarning fazo va vaqt jihatidan etarli darajada aniq bo'lmasligi, mushak harakatlarining aniq emasligi; b) harakat akti ritmining barqaror emasligi; v) keraksiz qo'shimcha harakatlarning mavjudligi; g) murakkab harakat fazalari o'rtasida yaqinlikning yo'qligidir.
Asosiy darsliklar va o'quv qo'llanmalar
      1. Саломов Р.С. Спорт машгулотнинг назарий асослари - Тошкент., Уз ДЖТИ, 2005 йил - 238 б.


      2. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., "Iqtisod -moliya" 2008 yil - 300 b.


      3. Матвьев Л.П. Теория и методика физического воспитание Москва - 2005 г. Qo'shimcha adabiyotlar


        1. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний кобилиятларини ривожлантириш Тошкент., Уз ДЖТИ, 2005 й - 171 б.


        2. Махкамджонов К, Туленова Х.Б. Мактабгача таълим муассасалари учун умумий ва кенгайтирилган «Жисмоний тарбия» дастури. Илм-зиё Тошкент., 2006 й


        3. Холдоров Т., Туленова Х.Б. Жисмоний маданият, жисмоний тарбия, спорт, туризм, халк миллий уйинларининг назарий ва амалий асослари. ТДТУ босмахонаси, 2007 й


Xorijiy adabiyotlar


          1. Bcunen G., Claessens A., Lefere J., Ostyn M, Reuson R., Simons J. So-matotype as related to age peak velosity in height, weight and static strength in boys // Hum. Biol.- 1987.- №4.- P.


          2. Campboll S.B. Benaviour problems in preschool children: clinical and developmental issues. New York: Guilford Press, 1990.





Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə