Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi fani bo'yicha ma' ruzalar matni


Mavzu. Sport jihozlari va nostandart sport inshootlarini tashkil qilish



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/26
tarix23.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#157567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi-fayllar.org

Mavzu. Sport jihozlari va nostandart sport inshootlarini tashkil qilish.
Reja:

            1. Nostandart sport jihozlari va inshootlarini ta'lim muassasalarining ichki imkoniyati doirasida qurish.


            2. Turnik, brusiya, kon, kozel, yakkacho'p, past-baland brus, dastakli kon, sport maydonchasini nostandart asbob va anjomlar bilan jihozlash haqida ma'lumotlarga ega qilish.


1.Nostandart sport jihozlari va inshootlarini ta'lim muassasalarining ichki imkoniyati doirasida qurish.


Spоrt inshоatlarini lоyiхalashtirish va qurilish ishlarini tashkillash.
Rеspublikamizda kurilayotgan yangi spоrt inshоatlari qurish va ularni jiхоzlash ishlarini amalga оshirishda ko'pgina lоyiхalashtirish insitutlari faоliyat ko'rsatadi, chunki har bir kurilayotgan spоrt qurilmalari bеlgilangan tartibdagi nоrmalarga ega bo'lish bilan birga shaxar, vi^a^am go'zalligiga ko'rk qo'shish kеrak.
Rеspublikamizning qishlоqlarida, шуоп va shaxarlarida kurilayotgan spоrt inshоatlari aхоlini sоniga xamda u yoki bu spоrt turlari bo'yicha extiеjlarga qarab qurish ishlarini rеjalashtirish va ularni toyixasini tuzish amalga оshiriladi.
Qurilish kеrak bo'lgan spоrt inshоatlari shu jоylardagi оb-xavоni iklimiga, еr sharоitiga va extiеjlarini xisоbga о^п xоlda qurilish ishlari rеjalashtirib lоyixalashlari maxsus mutaxasislar tоmоnidan amalga оshiriladi.
Qurilish ishlarini amalga оshirishda kuyidagilar xisоbga оlinadi.

              1. Qurilish bоshlanishda shug'illanuvchilar sоni.


              2. Shu spоrt turi bilan shug'illanishga katnashayotganlar sоni.


              3. Shu yеrda yashayotgan kishilarni extiеjlarni (shug'illanishga) xisоbga оlinadi.


Spоrt inshоatlarini lоyixalashtirish mеtоdlarida uni sxеmasi (chizmasi) gоrizоntal va vеrtikal umumiy xajmi ko'rinishi xisоbga оlinadi.


Undan so'ng kurilayotgan Ыпош tеxnik va tеjamkоrlik tоmоnlarini (har bir kvadrat mеtrga kеtayotgan qurilish matеriallarni xajmi, sоni va unga sariflanadigan sarif xarajatlarni mikdоri xisоblanadi.)

Ekspеrеmintal lоyixalashtirish usuli shu qurilayotgan spоrt inshоatga va qurilishga qulayliklarni xisоbga оlinib, lоyixasi tipоvоy xisоblanib tasdiqlanadi.


Individual (yakka tartibda) lоyixalashtirish bu bir yo'nalishda foydalanishga mo'jallangan spоrt binоsi xisоblanadi.
Bundan maxalliy jоyni sharоitidan yoki shu spоrtni turini rivоjlantirish va оmmalashtirish maqsadida. Masalan: Vifoyatlarda yakka tartibda qurilayotgan tеnnis kоrtlari, suzish xavzalari va kurash zallari shu jumlasidandir.
Qurilish ishlarini rejalashtirish ^оЛ inshоatlarini qurish ishlariga jоy ajiratish) shaxar, rayоn, Vitoyat va maxaliy tashkilоtlarni ruxsatnоmasi. Arete^r - rеjalashtirish bоshkarmasi (ARB) xamda (APZ) ya'ni nеcha kavat fasadi va jixоzlash xamda оbоdоnlashtirish ishlariga ruxsat va ko'rsatma bеradi. Buyurtmachi tashkilоt quruvchi tashkilоt bilan xuquqiy shartnоma ya'ni qurilish mudati va sarif xarajatlarni kеlishib оladilar. Qurilish toyixasida spоrt inshоatlarini qisimlab va tula chizmasi, tеxnik xоlati,fundamiti, dеvоri, tоmi, elеktr tarmоklari, vеntilatsiya, suv bilan ta'minlashi, radiо-tеlеfоn barcha spоrt jixоzlari o'rnatish tartiblari mujassamlangan bo'lishi kеrak. Qurilish ishlari tayyorlanishi xujalik ishlarini tashkillash.
Qurilish mоntaj ishlarini bоshlashdagi buyurtmachi va bajaruvchi tashkilоtlar o'rtasida tuzilgan va xuquqiy tartibda tasdiqlangan shartnоma asоsida bоshlanadi.
2.Turnik, brusiya, kon, kozel, yakkacho'p, past-baland brus, dastakli kon, sport maydonchasini nostandart asbob va anjomlar bilan jihozlash haqida ma'lumotlarga ega qilish.
Umumta'lim maktablari uchun Rеspublika xalq ta'limi Vazirligi va O'zbеkistоn Rеspublikasi jismоniy tarbiya va spоrt davlat qo'mitasi tоmоnidan tasdiqlangan мJismоniy tarbiya" o'quv dasturida bеlgilangan, o'quvchilarni sоgligini xar tоmоnlama mustaxkamlash, ularni yеtuk kamоl tоptirishda xayotda muxim bo'lgan harakat ko'nikma va mamlakatlarni egallashda, o'quv jarayonida, sinfdan tashkari vaqtda jismоniy mashqlar xamda xar-xil spоrt turlari bilan muntazam shug'illanishga maktab spоrt inshоat qurilmalari va spоrt jixоzlarini talab darajasida bo'lishi va ulardan tug'ri foydalanish darajasi Davlat tоmоnidan bеlgilangan dasturni bajarishda xal qiluvchi vоsitalardan xisоblanadi.
Oxirgi 3 yil ichida Tоshkеnt, Fargоna, Samarkand, Andipn va Namangan vilоyatlarida musоbaqa o'tkaziladigan "Tеnnis" kоrtlarini qurilganligini xamda mazkur tertla^a xоrijiy mamlakatlar spоrtchilari o'rtasidagi Osiyo musоbaqalarini o'tkazish markaziga aylanishi barchamizni quvоntirdi.
Umumta'lim maktablari uchun spоrt kurilmalarini lоyiхalashtirish, kuri va fоydalanish.
-Spоrt zallari, spоrt maydоnlari va bоshka ko'shimcha spоrt inshоatlarini qurishni o'rgatish
-Nоstandart trеnajоrlar va spоrt jiхоzlarini tayyrlash xamda ulardan foydalanish.
Asоsiy va nоstandart qurilmalarni spоrt zallariga, spоrt maydоnlariga jоylashtirish xamda ulardan
foydalanish tеxnоlоgiyasi bilan tanishtirish.
-Spоrt inshоatlariga qo'yilgan asоsiy nоrmalar ularni tеxnik, sanitariya-gigiеnik va pеdagоgik talab mеyorlari yo'nalishidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan studеntlarni qurallantirish spоrt inshоatlari fanining asоsiy vazifasidir.
Mamlakatimizda bunday qator spоrt inshоatlarini kеng ko'lamda qurilishi kishilarni, ayniqsa, yoshlarni jismоniy tarbiya va spоrtni xar-xil turlari bilan faоl shug'ullanuvchilarga kеng imkоniyat yaratish va Rеspublikamiz spоrtni va O'zbеk millatini dunyoga tanishtirishga оlib chikishga kеng imkоniyatlar yaratmоkda.
Shuning uchun xam Jismоniy madaniyat fakultеtlarida bo'lajak mutaxassislari umumta'lim maktablarida оdiy spоrt qurilmalarni qurish va ulardan to'g'ri foydalanishga оid bilimlari bеrildi.
Asosiy darsliklar va o'quv qo'llanmalar

                1. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., "Iqtisod -moliya" 2008 yil - 300 b.


                2. Матвьев Л.П. Теория и методика физического воспитание Москва - 2005 г.


Qo'shimcha adabiyotlar


1. Махкамджонов К, Туленова Х.Б. Мактабгача таълим муассасалари учун умумий ва кенгайтирилган «Жисмоний тарбия» дастури. Илм-зиё Тошкент., 2006 й

                  1. Туленова Х.Б. Малинина Н.Н., Умумривожлантирувчи машкларни ургатиш методикаси, ТДПУ, 2005 й


                  2. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Тошкент., УзДЖТИ, 2005 йил - 300 б.


Xorijiy adabiyotlar


                    1. Bcunen G., Claessens A., Lefere J., Ostyn M, Reuson R., Simons J. So-matotype as related to age peak velosity in height, weight and static strength in boys // Hum. Biol.- 1987.- №4.- P.


                    2. Campboll S.B. Benaviour problems in preschool children: clinical and developmental issues. New York: Guilford Press, 1990.


Mavzu. Bolalar sport mashg'ulotlari. Reja:


l.Sport, sport mashg'ulotlari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi va uning tizimi, sport mashg'ulotlari va sportchini tayyorlash.
2. Sport bilan chiniqqanlik, tayyorgarlik darajasi, sport ko'rsatkichlari va natijasi, sportchini tasnifi haqida ma'lumotlarga ega qilish.
l.Sport, sport mashg'ulotlari, sport harakati, sport faoliyati, sport tayyorgarligi va uning tizimi, sport mashg'ulotlari va sportchini tayyorlash.


Sport - qisqa ma'noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma'noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.

Sport mashg'ulotlari - bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport mashg'ulotlari maxsus jarayonni o'z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo'yicha, sportchini yuqori ko'rsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.
- sport mashg'ulotlari pedagogik xodisa bo'lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo'nalti-rilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.


"Sport mashg'ulotlari" atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi ham qo'llaniladi.

Sport harakati - ijtimoiy harakatning maxsus shakli bo'lib, tuzish, rivojlanish, saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi xamda, Vatanni faol himoyachilarini tayyorlaydi. O'zbekistonda sport harakati - g'oyaviy kurashning kerakli sohasi bo'lib, ommaga ta'sir ko'rsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchi tomonla-ridan biridir. Sport harakati tarixan quyi-dagi shakl-larni: ommaviy, havaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chiqaradi.

Sport faoliyati - harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo'lib, inson faoliyati jarayonining ko'p qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivoj-lanishi hamda takomillashuvini jamiyatning talabiga nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo'linadi.
Insonning sport faoliyati ikki bir-biriga bog'liq: qayta tashkil topish va tushunib etish (sportchini bilishi, ko'nikma, malakalarni yuqori sport ko'rsatkichlari) tomoni mavjud.
Funktsional atamalar guruhiga tayanch bo'lib, sport tayyorgarligi va sport mashg'ulotlari atamalari kiradi.

Sport tayyorgarligi - sportchilar mashg'ulotini qamrab oluvchi, ko'p omilli jarayon bo'lib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashg'ulot jarayonini va musoba-qani tashkil qilish, mashg'ulot va musobaqani ilmiy - metodik va material - texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart- sharoitni, sport ishlari mashg'uloti o'qish va dam olish bilan qo'shib olib borishini hisobga oladi.
Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyor-garligi tizimi va sport maktabi deb yuritiladi.


"Sport mashg'ulotlari tizimi" - bu sportchilar tayyorlashda beriladigan bilimlarni, tamoyillarni, uslub-lari va sport ko'rsatkichini, shuningdek mashg'ulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliya-tini bir butunligidir.

Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muxitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta'minlash, shuningdek sportchini tayyor-lashni amaliy faoliyatidir.

"Sportchini tayyorlash" - kengroq tushuncha bo'lib, u sportda yuksak ko'rsatkichlarga erishishga tayyor bo'lishi va uni amalga oshira borishni ta'minlovchi barcha vosita-lardan foydalanishni o'z ichiga oladi.
Umuman sport mashg'uloti sportchini tayyorlashda biologik va psixologik o'zgarishlarining murakkab majmua-sini yuzaga keltirib, natijada "mashq bilan chiniqqanlik', "tayyorgarlik', "sport formasida bo'lishlik" darajasini yaxshilanishiga olib keladi. "Mashq bilan chiniqqanlik' tushunchasi odatda mashg'ulot ta'siri ostida sportchi organizmida sodir bo'ladigan hamda uning ish qobiliyatini ortishida o'z ifodasini topadigan biologik (funktsional va morfologik) moslashuv o'zgarishlari ma'nosida anglanadi. Bular: umumiy va maxsus turga bo'linadi.
2. Sport bilan chiniqqanlik, tayyorgarlik darajasi, sport ko'rsatkichlari va natijasi, sportchini tasnifi haqida ma'lumotlarga ega qilish.

"Mashq bilan chiniqqanlik" - mashg'ulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.

"Tayyorgarlik darajasi" - atamasi, "mashq bilan chiniq-qanlik" atamasidan kengroq bo'lib, tayyorgarlikni qaysi darajada, ekanligini ko'rsatadi.

_ "Sport ko'rsatkichlari" - bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini qaysi darajada ekanligini ko'rsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq holda, tayyorlash tizimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport ko'rsatkichlari, sportchini iqtidorligini aniqlaydi. Yuqori sport ko'rsatkichi bo'lib, shu sport turida, maksimal imkoniyatlardan foydalanilganini ko'rsatadi.

"Sport natijalari" - sportdagi son va sifat darajasini ko'rsatkichidir.

"Sportchining tasnifi" - sportchini barqaror tas-nifi bo'lib, ma'lum vaqt ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.
O'zbekiston Respublikasida "yagona sport tasniff' mavjud bo'lib har to'rt yilda o'zgarib turadi. Sportni ijtimoiy xodisa sifatida o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u asosan jamiyatga insonning jismoniy sifat-larini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi, shu bilan birga, uning ma'naviy kamolatiga ham kuchli ta'sir ko'rsatadi. Mazkur xususiyati jismoniy tarbiyaning mushtarak belgisidir. Insonning ijtimoiy ongini rivoj topganligi jismoniy madaniyatni vujudga kelishidagi sub'ektiv omili deb hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi, fan sifatida, insonning jismoniy tarbiya va sport bo'yicha jamiyatda ko'rsatgan faoliyatini, yangi shaxsning mazkur faoliyat davomida, qonuniy tarzda shakllanishi va jismonan komil inson bo'lib etishishini o'rganadi va tadbiq qiladi.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiyligi uning oqibatlaridan samarali ravishda manfaatdordir deb hisoblaydi (O.A.Milshteyn ).
Bu oqibatlar majmui, sport bilan shug'ullangan har bir jamoa a'zosi, har bir ijtimoiy gurux uchun qanchalik foyda yoki ziyon keltirishini aniqlab beradi.
Bularga quyidagilar kiradi:

  • aholini barcha ijtimoiy guruh va tabaqalariga jismoniy tarbiya tizimining ijtimoiy ta'siri;


  • jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyat samaradorligi;


  • har bir jamiyat a'zosining ruhan va jismonan sog'lom bo'lishiga, uning ijodkor shaxs sifatida har tomonlama kamol topishiga, uning mehnat faoliyati, ijtimoiy siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan o'rniga sportning tarbiya, ta'lim va sog'lomlash- tirishga qaratilgan ta'sirining amaliy natijasi;


  • mashg'ulotdan bo'sh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam olishning ommaviyligi;


  • ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targ'ib qilishning samaradorligi;


-xalqaro sport harakatlari va olimpiya o'yinlarining rivojlanishiga, turli mamlakat xalqlari o'rtasida tinchlik - totuvlik va hamkorlikning rivojlanishiga, keskinlikni yumshatishga qo'shgan hissasining samaradorligiga bog'liq-dir.


Sport hamisha jamiyat oldida, bir qator muhim vazifalarni bajarib kelgan hozirgi kunda vazifalar bundan ham ko'paya boradi.
Sport shaxsning har tomonlama rivojlanishiga maxsus tarzda ta'sir ko'rsatadi, hayotiy ko'nikma va malakalarning shakllanishiga yordam beradi, ma'naviy, axloqiy va aqliy o'sishga, shaxsning mardlik, iroda, ruhiy tetiklik kabi xususiyatlarini chiniqtirishga ko'maklashadi,
insonlarda o'zaro hurmat, do'stlik-inoqlik hissiyotlarini tarbiyalaydi, o'zaro yordam, oliyjanoblik, halollik, baynalminallik ruhi va boshqalar sportning eng muhim fazilati hisoblanadi.
Sport ko'ngilxushlik va muxlislik bilan birgalikda sog'lomlashtirish vazifasini bajaradi, uning sog'lomlash-tirish turlari, dam olish, jo'shqin xordiq chiqarishga qaratilgan bo'lib, sog'lom hayotning asosi bo'lib, hisoblanadi.

Sport musobaqalari - ko'rsatish uslubi, sport yutuqlarini baxolash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurentsiyalarni o'ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo'lishni kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imko-niyatlarini anglab etish, etalon ko'rsatkichlarini tuzishga qaratilgan.
Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash, sport maxoratini takomillash-tirish, jismoniy madaniyat va sportni targ'ibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyatiga ob'ektiv baxo berishdir.


Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo'lib, bir guruh mutaxassislarni ijobiy izla-nishga asoslanadi.
Asosiy darsliklar va o'quv qo'llanmalar

    1. Саломов Р.С. Спорт машгулотнинг назарий асослари - Тошкент., Уз ДЖТИ, 2005 йил - 238 б.


    2. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., "Iqtisod -moliya" 2008 yil - 300 b.


Qo'shimcha adabiyotlar


      1. Туленова Х.Б. Малинина Н.Н., Умумривожлантирувчи машкларни ургатиш методикаси, ТДПУ, 2005 й


      2. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Тошкент., УзДЖТИ, 2005 йил - 300 б.


Xorijiy adabiyotlar


        1. Cratty B. Movement behavior and motor learning. Philadelphia. Lee and Febliger.- 1973.


        2. Domann G., Domann D., Hagy B. How to teach your baby be physically " supperb.- Garden City Park, New York.- 1994.


Elektron ta'lim resurslari


          1. www.tdpu.uz


          2. www.pedagog.uz





Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə