Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


Tarbiyaning turli tomonlari yagonaligiga qat’iy rioya qilish



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə12/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

Tarbiyaning turli tomonlari yagonaligiga qat’iy rioya qilish. Jismoniy tarbiya tufayli erishiladigan natijalar odamning mehnatga va Vatan himoyasiga g‘oyaviysiyosiy tayyorgarligini ifoda etmaydi. Har bir fuqaroning yuksak darajada rivoj topgan jismoniy sifatlari va ko‘nikmalari, uning sportda erishgan rekordlari, agar ularning shakllanish jarayoni sportchining aqliy, ma’naviy, estetik va g‘oyaviy-siyosiy tarbiyasi bilan birga borgan bo‘lsa, shu taqdirdagina ijtimoiy ahamiyat, chuqur mazmun kasb etadi.
Sportchilar mehnatning ilg‘or pozitsiyalarida bo‘lishlari, jamoa uchun kurashishlarining hal qiluvchi garovi dastavval ularning shu jamiyatning peshqadam kishilari sifatidagi ijtimoiy ongliligidan iboratdir.
Keng umumiy jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash. Har qanday ijtimoiy foydali faoliyat konkret va ma’lum ma’noda ixtisoslashtirilgan xarakterga ega. Bu dastavval ishlab chiqarish mehnatiga va harbiy faoliyatga taalluqli. SHu narsa ravshanki, u yoki bu ishda ixtisoslashtirishning muvaffaqiyati oldindan umumiy ta’limga va jismoniy tayyorgarlikka bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Har taraflama umumiy jismoniy tayyorgarlik talablari inson kamolotining asosiy qonuniyatlaridan biriga – tizim va organlarning o‘zaro chambarchas aloqasiga tayanadi. Insonning kuchi, chidamliligi, tezligi, epchilligi qancha yuksak darajada kamol topsa, harakat ko‘nikmalarining zahirasi qancha boy bo‘lsa va kishining salomatligi qancha mustahkam bo‘lsa, uning maxsus tayyorgarligini, shu jumladan, sport tayyorgarligini amalga oshirish shu qadar yuksak bo‘ladi. Rang-barang jismoniy tayyorgarlikning mustahkam poydevoriga qurilgan sportning muayyan turiga ixtisoslashtirish har taraflama jismoniy tarbiya sifatini yaxshilashning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib qoladi.
Sport mashqlari jarayoni sport shuhratparastligiga qaratilgan bo‘lib, ko‘r-ko‘rona rekordga ishqibozlikdangina iborat bo‘lib qolsa va har taraflama kamolot tamoyili shuhratparastlik uchun qurbon qilinsa, sportchining mehnat faoliyati to‘g‘risida, uning aqliy va ma’naviy tarbiyasi to‘g‘risida unutib qo‘yilsa, bu erda, odatda, rahbarlarning xohishiga qaramay, qo‘pol, o‘jar, mehnat hayotiga moslashmagan, sportda chala bilag‘onlar – chinakam sport madaniyatidan yiroq, jamiyatga manzur tushmaydigan kishilar tayyorlanadi.
Har taraflama tayyorgarlik faoliyatning har qanday turida kamolotning buzilmas negizini tashkil etadi, inson ma’naviy va jismoniy kuchlarining bitmas-tuganmas manbai bo‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə