Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə5/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

1.2.3.Jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, uning maqsadi o‘quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko‘nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.

1-chizma. Jismoniy tarbiya maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Jismoniy tarbiyaga tegishli o‘ziga xos vazifalardan kelib chiqib, uning jismoniy ta’lim berish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash kabi ikki tomonini qarab chiqish mumkin.
Jismoniy ta’lim o‘quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko‘zda tutadi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon bo‘lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko‘nikmalarini yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o‘zaro mustahkam bog‘langan, masalan, agar o‘quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o‘zlashtirish maqsadi bilan ko‘p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o‘zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko‘p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni shug‘ullanuvchilarga nafaqat jismoniy, balki ma’naviy ta’sir ham ko‘rsatadi. Buning oqibatida bu jarayon tarbiya vazifalarini echish uchun qulay sharoitlar yaratadi (1-chizma).


1.2.4. Jismoniy madaniyat


Jismoniy madaniyat – jamiyat a’zolarini jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, uslublar va sharoitlarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning yig‘indisidir.
Jismoniy madaniyatning vazifalari quyidagilardir:

  • faoliyatni oqilona me’yoriy mustahkamlash;

  • madaniy axborotni jamlash, aks ettirish va uni avloddan avlodga etkazish;

  • shaxslararo kommunikativ munosabat o‘rnatish, aloqa qilishga ko‘maklashish;

  • insonning biologik, sog‘lomlashtiruvchi ehtiyojini qondirish, uning jismoniy holatini yaxshilash va jamiyat a’zosi sifatida Vatan oldidagi majburiyatini bajarish uchun, kundalik hayot uchun zarur layoqat darajasini ta’minlash.


Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə