Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə7/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

1.2.8. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya

Jismoniy tarbiya tarkibiga davolovchi jismoniy tarbiya ham kiradi. U organizmning vaqtinchalik yo‘qotilgan funksional imkoniyatlarini tiklashga ko‘maklashadi.


Kundalik turmush va dam olish tartibi, ish kuni doirasiga kiritiladigan jismoniy tarbiya gigienasi organizmning joriy holatini yaxshilashga xizmat qiladi, ya’ni asosiy hayot faoliyati uchun qulay funksional “fan” shakllanishiga ko‘maklashadi.
Jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lgan jismoniy tarbiya ko‘pchilik aloqalarning boshqa qismlari bilan birlashgan, chunonchi jismoniy tarbiya va ommaviy tayyorlangan tomosha tutashgan joyda jismoniy tarbiya paradlari va namunali chiqishlar vujudga keldi.
Jismoniy tarbiya turlarining tasnifi katta amaliy ahamiyatga ega, u jamiyatda jismoniy tarbiyadan maqsadga muvofiq foydalanish yo‘nalishini ko‘rsatadi. CHunonchi, agar maktabda bazali jismoniy tarbiya vazifalari echilayotgan bo‘lsa, u holda jismoniy ma’lumot va umumiy jismoniy tayyorgarlik amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning barcha boshqa turlari bu vazifalarni echishga ko‘maklashishi mumkin, ammo bazali jismoniy tarbiya o‘rnini bosishga qodir emas.
Jamiyatda jismoniy tarbiyaning rivojlanish darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:

  • jamiyat a’zolari turmushiga jismoniy tarbiyaning tatbiq etilishi;

  • jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorlik va sog‘liq darajasi;

  • jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining moddiy-texnika ta’minoti sifati va borligi;

  • jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlikni amalga oshiruvchilar, jamoa faollari va shtatdagi xodimlar malakasi;

  • jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga ilmiy-texnika taraqqiyoti so‘nggi yutuqlarining tatbiq etilishi darajasi;

  • jamiyat a’zolarining sportda erishgan yutuqlari.




  1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi

Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o‘quv fani sifatida mutaxassislar oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bilimlar, professional faoliyat jarayonida zaruriy ko‘nikma va bilimlar bilan qurollantiradi.


Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining vujudga kelishi va rivojlanishida jamiyat taraqqiyoti va ayrim insonlarning yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj tug‘ilishini anglaganliklari turtki bo‘ldi. Bu ehtiyoj qonuniylikni o‘rganishga intilishni talab qiladi, uning asosida harbiy ish va mehnatda yuqori natijalarga erishish uchun insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish yotadi.
Amaliyotning rivojlanishiga qarab muayyan nazariy holatni vujudga keltiruvchi maxsus fan yuzaga keldi. Bu fanni ikki bo‘limga ajratish mumkin:

  • jismoniy tarbiyaning ijtimoiylik predmeti, jismoniy tarbiyani tashkillashtirishning qonuniyligi tarix, sport psixologiyasi va boshqalarning qonuniyligini o‘rganuvchi maxsus gumanitar harakterdagi fandir.

Jismoniy tarbiya sharoitida (dinamik anatomiya, fiziologiya, biokimyo va biomexanika, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizmning rivojlanishi va ishlab turishining qonuniyligini o‘rganuvchi biologik xarakterdagi fan. Bu fanlardan olingan umumlashtirilgan ma’lumotlar va ular asosida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatini bilish bilan jismoniy tarbiya nazariyasi shug‘ullanadi.
SHunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik jarayon sifatida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatini o‘rganishga qaratilgan. Bu qonuniyat teng darajada aholining har qanday kontingentini jismoniy tarbiyasiga ham tegishlidir.
Jismoniy tarbiya uslubiyatining o‘rganish predmeti shug‘ullanuvchilarning aniq yoshiga yo‘naltirilgan, ularning kasbiy faoliyati, sport ixtisosligiga ega bo‘lgan jismoniy tarbiyaning xususiy qonuniyatini o‘rgatishdan iboratdir. Binobarin, jismoniy tarbiyaning uslublari ko‘p. Pedagogik tavsiya ko‘rinishida umumiy qonuniyatni amalga oshirishda uslubiyatning bu qonuniyatlari shug‘ullanuvchilar va jismoniy tarbiya rahbarlari harakatlarini tasvirlashga aylanib qoladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati barcha sport-pedagogika fanlari bilan mustahkam bog‘langan holda ishlab chiqilgan umumiy qonuniyat nazariyasiga tayanadi, sport-pedagogik fanlaridan olingan aniq ma’lumotlar esa nazariyaning kelajakdagi umumlashtirish predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Nazariya va uslubiyatning pedagogika bilan aloqasi jismoniy tarbiyaning birlamchi vazifasidir. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘sib kelayotgan avlodning bilim va tarbiyasi sohasida psixologiya va umumiy pedagogikaning yutuqlaridan ijodiy foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya jarayoni samarali boshqarilishini faqat shug‘ullanuvchilar organizmi ishlab turishining biologik qonuniyatini muntazam hisobga olgan taqdirdagina bilish mumkin.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining mazmunini quyidagi masalalar tashkil etadi:
Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqasi, jismoniy tarbiyaning tamoyillari, umumiy vazifasi, maqsadi bilan aniqlanadi.
Mazmunida talaygina o‘rinni jismoniy tarbiyaning vositalari tavsifi, uslubiy tamoyillar va harakatlarni o‘rgatish uslublari, jismoniy sifatlarning rivojlanishi, jismoniy mashqlar bilan o‘rgatish jarayonining tuzilishi, shuningdek, jismoniy tarbiya uslubining xususiyati, jumladan, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar sport mashqlari egallaydi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə