Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o


Darslarda  o`quvchilarning  o`quv-biluv  faoliyatini  guruhlarda  tashkil



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

Darslarda  o`quvchilarning  o`quv-biluv  faoliyatini  guruhlarda  tashkil 

etish:

 

Interfaol darslarda o`quv-biluv faoliyatni guruhlarda tashkil etishning o`ziga 



xosliklari  mavjud.  Bu  shaklda  sinfdagi  o`quvchilar  guruhlarga  bo`linib,  har  bir 

guruhga aniq, alohida vazifalar beriladi. Har bir guruh alohida (ya’ni bir xil yoki 

tabaqalashgan)  topshiriqlar  ustida  ishlaydi.  Topshiriq  o`zaro  muloqotga 

asoslanadi yoki biror yetakchi rahbarligida tashkil etiladi. 

Guruhlarda topshiriq shunday amalga oshiriladiki, mashg`ulot yakunida har 

bir  ishtirokchi  yoki  guruh    a’zosining  qanchalik  hissa  qo`shganligi  hisobga 

olinadi.  Guruhlar  tarkibi  doimiy  bo`lmasligi  mumkin,  ular  shunday  tartibda 

shakllantiriladiki, topshiriqni bajarishda har bir guruh a’zosiga o`zining maksimal 

hissasini qo`shish imkoniyati, muhiti yaratiladi. 

Guruhlar  turli  kattalikda  shakllantirilishi  mumkin.  Odatda  guruhlarda  4-6 

nafar a’zo ishtirok etadi. Uning tarkibiga beriladigan topshiqlarning mazmuni va 

xarakteriga  qarab  o`zgartirishlar  kiritilishi  mumkin.  Guruhni  shunday 

shakllantirish  kerakki,  har  bir  guruh  tarkibida  mustaqil  ishlash  ko`nikmalariga 

ega bo`lgan o`quvchilarning bo`lishi kutilgan natijalar beradi. 

Guruhli  o`quv-biluv  ishlarini  tashkil  etishda  ayrim  o`quvchilarning 

individual  yordamga  muhtojliklari  seziladi.  Shunday  vaziyatlarda  o`qituvchi 

tayyorgarlik  darajasi  yuqori  bo`lmagan  o`quvchilarga  yordam  berib  borishi 

maqsadga muvoffiq. 

Guruhli  o`quv-biluv  faoliyati  labaratoriya  ishlari,  amaliy  mashg`ulotlar, 

tabiiy  fanlardan  tashkil  etilgan  amaliyot,  nutq  o`stirish  mashg`ulotlari  (dialog) 

matnlarni o`zlashtirish, tarixiy  materiallarni  o`rganish va  mehnat darslarida  juda 

qo`l keladi.  Bu holatlarda guruhlarda  o`zaro  muloqot o`rnatish,  mustaqil  ishlash 

yaxshi natija beradi. 



 

31 


Guruhli  o`quv-biluv  faoliyati  yana  o`quv-mavzuviy  konferensiyalar, 

munozara,  mushoira,  debat,  savol-javob,  ma’lum  mavzudagi  kichik  ma’ruzalar, 

qo`shimcha  mashg`ulotlar,  o`quv  dasturlaridan  tashqari  mavzularni  o`rganishda 

ham juda qo`l keladi. 

Bunday o`quv-biluv faoliyatida guruh a’zolari juda faollik ko`rsatadilar, o`z 

fikr,  pozisiyalarini  himoya  qilish  ko`nikmalari  shakllanadi.  Guruhdagi 

hamkorlikda,  kuchli  o`quvchilar  kuchsiz  o`quvchiga  yordam  berish  bilan  ularni 

qo`llab quvvvatlaydi, guruhda hamijodkorlik vujudga keladi. 

Guruhli  o`quv-biluv  faoliyatini  tashkil  etishda  guruh  a’zolari  orasida 

vazifalar  aniq  taqsimlansa,  o`zaro  hamkorlik  to`g`ri  yo`lga  qo`yilsa,  samarali 

natijalar beradi. 

O`quvchilarning  o`quv-biluv  faoliyatini  guruhli  tashkil  etishda  quyidagi 

elementlar hisobga olinmog`i zarur; 

-  O`quvchilarni  guruhlarda  ishlashga  tayyorlash,  o`quv  topshiriqlarini  aniq 

qo`yish, guruhda ishlash bo`yicha tushuncha berish, reglament o`rnatish. 

-  O`quv  topshiriqlarini  bajarish  bo`yicha  reja  tuzish,  uni  muhokama  etish. 

Uni  hal  etish  yo`llarini  aniqlash  va  ishni  olib  borish  bo`yicha  o`zaro  vazifalarni 

taqsimlash. 

- O`quv topshiriqlarini bajarish bo`yicha ishni tashkil eta olish. 

Guruhdagi  ishni  tashkil  etishda  ish  jarayoni  va  a’zolar  ish  jarayonini 

kuzatish va zarur hollarda yordamga kelish. 

Guruhda  topshiriqlarni  bajarish  jarayonida  o`zaro  tekshiruv  va  nazorat  olib 

borishni yo`lga qo`yish. 

Guruhlarda  topshiriqlarni  bajarish  natijalari  bo`yicha  axborot  berish,  sinfda 

munozaralar  o`tkazish,  ish  jarayonining  borishiga  qo`shimcha  va  tuzatishlar 

kiritib  borish.  O`qituvchi  tomonidan  ishning  natijalari  bo`yicha  xulosalar 

chiqarish va yakun yasash. 

Har  bir guruhning ish natijalariga, sinf ishiga tahliliy baholar berish. 

Guruh  ishining  muvaffaqiyatli  chiqishi  o`qituvchining  o`quv  faoliyatini 

tashkil eta olish harakati, mahoratiga bog`liq. 

Ya’ni  o`qituvchi  guruhda  ishtirok  etayotgan  har  bir  o`quvchining  shaxsiy 

faoliyatini tashkil eta olishi, har bir o`quvchi o`qituvchi ko`magini olishi ishning 

borishi bilan pirovard natijani muvaffaqiyatli ko`rsata olishiga bog`liq. 

Guruhlar ishini o`quv biluv jarayonida tashkil etishda bir kator kamchiliklar 

sodir  bo`lishi  mumkin.  Qiyinchiliklardan  biri  guruhlarni  to`g`ri,  maqsadli 

shakllantira olish va unda ishni tashkil eta olishdir. 

Guruhlarda  ishlash  jarayonida  o`quvchilar  ayrim  qiyin  topshiriqlar 

yechimini  mustaqil  yechishga  qiynaladilar.  Shu  sababli  guruhlarda  ishni  tashkil 

qilishda  umumiy  ishni  tashkil  etish  bilan  bir  vaqtda  individual  ishlarni  ham 

tashkil  etishga  to`g`ri  keladi.  Bunday  hollarda  ko`pincha  yaxshi  natijalarga 

erishish 

mumkin. 


Umuman 

o`quv 


predmetlari 

bo`yicha 

beriladigan 

topshiriqlarning  qiyinchilik  darajasiga  qarab  guruhda  ijodiy  muhit  yaratiladi. 

Guruhlarda  ishlash  davrida  o`qituvchi,  o`quvchi-o`quvchi  orasida  o`zaro 

hamkorlik,  o`zaro  yordam  muhiti  o`rnatilsa,  guruhlar  ishi  kutilgan  natijalarni 

beradi. 



 

32 


 


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə