Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Qadimgi Ustrushona tarixi va madaniyati



Yüklə 458 Kb.
səhifə10/17
tarix31.12.2021
ölçüsü458 Kb.
#81421
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Ахмедов Салим (1)

Qadimgi Ustrushona tarixi va madaniyati mavzusini qaysi usulda o‘tish o‘quvchilarining bilim ko‘nikmalarini tezroq egallashlari uchun qulay va samaraliroq bular edi. Ma’lumki dars ishlanmalari uchun tayyor qoliplar yo‘q. CHunki jonli dars jarayonini hech qanaqa qolipga solib bo‘lmaydi. U turli xil sharoitlarda tuzilishi mumkin107. Bunda asosan interfaol usullardan foydalanish zarur.

Har qanday ta’lim, o‘quvchi shaxsiga, uning qiziqish, xoxish istagiga, ehtiyojiga qaratilmogi kerak. YA’ni ta’limni individuallashtirishga qaratilmog‘i talab etiladi. Ta’limni individuallashtirish esa:

- bunda har bir o‘quvchi o‘quv jarayonida faol ishtirok etib, o‘quv-biluv jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shishi hisobga olinadi;

- ta’lim jarayonini tashqil eishda o‘qituvchining uslubiy yondashuvi, tezkorligi, o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi;

- o‘quv-metodik, psixologik, pedagogik tashqiliy boshqaruv ishlarini olib borishda o‘quvchi shaxsi o‘quv-biluv markazida bo‘ladi.

Individual yondashuv nima?

1. Guruhlarda ishlaganda, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashqil etganda har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlaganda ularning shaxsiy xususiyatlari doimo o‘qituvchi diqqat markazida turmog‘i hisobga olinmog‘i kerak.

2. O‘quvchi bilan muloqot olib borganda ham, uning o‘ziga xosliklari diqqat e’tiborda to‘tilishi kerak.

3. Ta’lim jarayonida ham, uning qobiliyati, imkoniyatlari nazarda to‘tilishi kerak.

4. Pedagogik psixologik jarayonlarni olib borishda o‘quvchining shaxsiy rivojlanish darajasini ko‘zda to‘tish zarur.

Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol usulda o‘qitish nima uchun zarur? Bu usul qachondan o‘quv jarayoniga kirib kelgan? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni o‘quv jarayoniga qanday olib kirish kerak, uni avvalgi usullardan farqi nimada kabi savollarga duch kelamiz.

Buning uchun shu kunlarda maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba eslab o‘tish joizdir. An’anaviy o‘qitish XVII asrda CHex pedagogi YAn Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan. U o‘qitishning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf-dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng tarqalgan. An’anaviy maktab sinf-dars tizimi nomini olish u quyidagicha o‘ziga xos an’analarga ega:

• Taxminan bir xil yoki yaqin yoshli bolalar tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfini tashkil etadi.

• Sinf yagona reja, dastur, dars jadvali asosida ishlaydi.

• Asosan mashg‘ulot turi yagona dars hisoblanadi.

• Dars ma’lum o‘quv predmeta, temaga bir xil material ustida ishlaydi.

• O‘quvchilar faoliyatini o‘qituvchi boshqaradi, har bir o‘quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida o‘quvchini sinfdan-sinfga ko‘chirishni ham u hal qiladi.

• Darsliklar asosan uy ishini bajarishda, uyda qo‘llaniladi108.




Yüklə 458 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə